Afrika Millatlar Kubogi g'olibi "Monako"ga o'tdi
21 avg 2019 12:14
Yangiliklar
Afrika Millatlar Kubogi g'olibi "Monako"ga o'tdi
"Monako" "Lester" forvardi Islom Slimanini ijaraga oldi.
Jazoir terma jamoasi hujumchisi "Monako"da 1 yil davomida ijarada o'ynaydi.
Slimani yakunlangan mavsumni ijara asosida "Fenerbaxche"da o'tkazgan va Turkiya chempionatida 15ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol urishga erishgan edi.
Futbolchi shuningdek 2012 yildan beri terma jamoa sharafini himoya qiladi.
Eslatib o'tamiz, 31 yoshli o'yinchi shu yili terma jamoa bilan Afrika Millatlar Kubogida zafar quchgan edi.
Fikrlar