Afrika Millatlar Kubogi-2019. Kot-dʼIvuar – Jazoir bahsi g'olibi penaltilar seriyasida aniqlandi
12 iyu 2019 00:00
Yangiliklar


Afrika Millatlar Kubogi-2019. Kot-dʼIvuar – Jazoir bahsi g'olibi penaltilar seriyasida aniqlandi
Bahsda hisob jazoirliklar xavbeki Sofian Feguli tomonidan ochildi. Bog'dod Buneja 48 daqiqada penaltini noaniq bajarib, hisobni oshirish imkoniyatidan foydalana olmadi. Ikkinchi taym o'rtalarida Jonatan Kojia raqib darvozasini ishg'ol etib, o'rtadagi farqni tikladi va asosiy bo'lim durang natija bilan yakunlandi. Qo'shimcha bo'limlarda ham hisob o'zgarmadi. O'yindan keyingi futbol lotereyasida esa Jazoir omadli chiqdi. Endi ularning yarim finaldagi raqibi Nigeriya termasi bo'ladi.
SHuningdek, bugun Toshkent vaqti bilan 00:00da ¼ finalning so'nggi bahsi debyutant Madagaskar hamda Tunis o'rtasida o'tkaziladi.
Kot-dʼIvuar – Jazoir 1:1 (0:1, 1:0, 0:0, 0:0)
«As-Suwais Stadium»
Gollar: 0:1 – 20 Feguli, 1:1 – 62 Kojia.
Penaltilar seriyasi – 3:4
Kot-dʼIvuar – Gbouo, Bagayoko, Traore, Kulibali, Kanon (Komara, 54), Die, Kessie, Zaa (Korne, 94), Sangare (Gbamen, 78), Gradel, Kojia (Boni, 96).
Jazoir – Mboli, Bensebayni, Attal (Zeffan, 30), Benlamri, Mandi, Bennaser, Feguli (Delor, 120), Gediura, Marez (Una, 86), Buneja (Slimani, 78), Belaili.
Ogohlantirishlar: Zaa (29), Bensebayni (29), Bennaser (39), Bagayoko (43), Gbouo (46), Kessie (88), Komara (120).
O’xshash yangiliklar

Fikrlar