Afrika Millatlar Kubogi-2019. Barcha yarim finalchilar aniqlandi
12 iyu 2019 01:55
Yangiliklar


Afrika Millatlar Kubogi-2019. Barcha yarim finalchilar aniqlandi
Tunis ushbu bosqichning so'nggi ishtirokchisiga aylandi. Ular chorak finalda debyutant Madagaskarni yirik hisobda taslim etishdi.
Madagaskar – Tunis 0:3 (0:0, 0:3)
«Cairo Military Production Stadium»
Gollar: 0:1 – 52 Sassi, 0:2 – 60 Msakni, 0:3 – 90 Sliti.
Madagaskar – Adrien, Mombris, Metanir, Fonten, Razakanantenaina (Morel, 66), Ilaymaxaritra (Rakotoxarimalala, 77), Abel, Nomendjanaxari (Voavi, 66), Andriacima, Andriamacinoro, Amada.
Tunis – Assen, Bronn, Merya, Xaddadi, Keshrida, SHalali (Dreger, 75), Sassi (Auadxi, 83), Xazri, Skiri, Msakni (Sliti, 66), Xenissi.
Ogohlantirishlar: Abel (86).
Demak juftliklar bilan tanishing (Toshkent vaqti bilan):
14 iyul, 21:00
Senegal – Tunis
15 iyul, 00:00
Jazoir – Nigeriya
Eslatib o'tamiz, musobaqaning uchinchi o'rin uchun bahsi 18 iyul sanasiga, hal qiluvchi uchrashuv esa 20 iyul kuniga belgilangan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar