So’nggi yangiliklar

17:05"Ювентус" "Интер" футболчисига қизиқмоқда, аммо...  0 16:40"Милан" 2024/25 йилги мавсум учун сафар либосини тақдим этди  1 16:15"Арсенал" "Реал Сосьедад"дан Меринони харид қилмоқчи  1 15:49Саудияликлар Рафинья учун 65 млн евро таклиф қилишди. "Барса" Уильямс ва Ольмо билан шартнома имзолаш учун ўйинчиларни сотишга тайёр  1 15:17Де Хеа "Женоа"га ўтмайди – унинг талаблари клуб учун жуда юқори. Дарвозабонда МЛС ва Саудия Арабистонидан вариантлар бор  1 14:49Артём Довбик "Рома"нинг таклифини қабул қилди ва клубга ўтишга яқин  1 14:21Ольмо "Барселона"дан ташқари барча клубларнинг таклифини рад этди  2 13:58Ихеаначо Ла Лига клубига ўтишга яқин  1 13:31Ашурматов: "Олимпиада олдидан Ўзбекистон терма жамоасининг плей-оффга чиқишига катта умид боғланганди"  7 13:02"Рома" "Ювентус" футболчиси билан шартнома имзолашга яқин  0 12:38Филлипс "Манчестер Сити"ни тарк этмоқчи  1 12:17ПСЖ ва АПЛ клублари Уильямснинг Испанияда қолишни афзал кўришини ҳис қилишмоқда. "Барселона" – фаворит  0 11:48Лондон клуби Ван-Биссака борасида МЮ билан музокаралар ўтказмоқда  1 11:25Шерзод Қодиров "Динамо"дан кетди?!  0 11:04«Бухоро» «Локомотив» футболчиси билан шартнома тузди  4

Afonin Moskvada "Spartak" mehmoni bo'ladi. RFPLning 21-tur prevyusi Yangiliklar

Afonin Moskvada "Spartak" mehmoni bo'ladi. RFPLning 21-tur prevyusi

Teglar :  Rossiya chempionati
Bugun Toshkent vaqti bilan 21:30da boshlanadigan "Anji" hamda "Ural" o'rtasidagi bahs Rossiya chempionatining 21-tur o'yinlariga start beradi.

"Anji" - "Ural"

31 mart. 21:30


"Anji" va "Ural" o'tgan turda kichik g'alabaga erishishdi, ikkala jamoa xavfli zonadan biroz uzoqda, ammo kichik xatolik hammasini o'zgartirib yuborishi mumkin. "Ural" o'z maydonida ochko to'plashni xush ko'radi, mehmonda esa ishonchsiz futbol namoyish etadi. Masalan, Tulada tuzukroq vaziyat yarata olmagan jamoa "Arsenal"ga mag'lub bo'lib, xavfli joyni tark etish uchun imkon berdi.

"Anji" o'z maydonida kamida mag'lub bo'lmasligi lozim. Aks holda turnir jadvalida raqib ularga etib oladi va jon saqlab qolish uchun kurash har doimgidan qiziqroq kechadi.


"Ufa" - "Lokomotiv"

1 aprel. 17:00


Ushbu jamoalar qisqa vaqt ichida ikki marotaba o'zaro bahs o'tkazishadi. Hozir - Rossiya chempionati doirasida, keyingi haftada esa Rossiya Kubogida. Ilk uchrashuv "Ufa" maydonida o'tadi.

"Lokomotiv" o'tgan turda chempionat etakchisi "Spartak" bilan ishonchli o'yin ko'rsatib, 1:1 hisobida durang o'ynadi. Vatandoshimiz Vitaliy Denisov hozircha yakka tartibda mashug'lot o'tkazmoqda. Semak qo'l ostidagi "Ufa" juda qiziq ko'rinmoqda. Ha, ularning uyda o'ynashi ham o'z rolini o'ynashi mumkin. Bu jamoalar o'rtasidagi bahslarda gollar ko'p bo'ladi. "Ufa" himoyadan o'ynay oladi, chempionatda kam gol o'tkazish bo'yicha uchinchi o'rinda. Sergey Semak shogirdlari irodali ekanligini ko'pchilik biladi.

"Ufa" bu bahsda ochkoga umid qilsa bo'ladi.


"Arsenal" - "Tom"

1 aprel. 19:30


"Arsenal" so'nggi turlarda turnir etakchilari va xavfli zonadagilar bilan to'qnash kelmoqda. Tula jamoasi faqat o'z maydonida gol urib, ochko olmoqda.

"Tom" o'tgan turda o'z maydonida "Amkar"ni mag'lub etib hayron qoldirdi. Bu o'yinni tahlil qilish qiyin, biroq bu jamoa inqirozdan chiqqanini bildirsa ajab emas.


"Amkar" - "Terek"

2 aprel. 15:30


"Amkar" o'z maydonida - xavfli raqib. Rossiya chempionatidagi so'nggi uchrashuv buning isboti, Perm jamoasi mehmonda qiyin ahvoldagi "Tom"ga mag'lub bo'ldi. Bu permliklar foydasiga ishlashi mumkin. CHunki "Terek" irodali jamoa va bunday raqiblarni jahl bilan mag'lub etish kerak.

"Terek" turnir jadvalining o'rtasida o'zini yaxshi his qilmoqda. Ammo ochiqchasiga aytish kerak, klubning evrokuboklarda ishtirok etish imkoniyati katta emas. Hamma mavsum oxirida bor kuchini ishga soladi, biroq "Terek" zaxirasi haqida bir nima deyish qiyin.


"Rubin" - "Zenit"

2 aprel. 16:00


Ikki yil avval ushbu bahs ko'plab muxlis va mutaxassislarning etiborini tortar edi. Hozir esa bunday deb bo'lmaydi. "Rubin" ko'pmillionli xaridlarga qaramay bu mavsumni muvaffaqiyatsiz o'tkazmoqda. Jamoaning hozirgi o'rni rahbariyat rejalashtirganidek emas. Nimanidir o'zgartiradigan vaqt keldi. Ammo hozircha "Rubin" o'z o'yinini izlashda davom etmoqda.

"Zenit" ham Xalk yo'qotishidan so'ng o'ziga kela olmayapti. Kokorin va Dzyuba braziliyalikning o'rnini bildirmaslik vazifasini eplay olishmadi. Dannining futbolga qaytishi butun jamoaning kayfiyatini o'zgartirdi, ammo hozircha "Zenit" chempionlik uchun kurashda "Spartak"ka etib oladigan jamoadek ko'rinmayapti.

"Zenit" o'yinini yanada yaxshilashi lozim. Ayni damda "Spartak"ni pastga tushirib yuboradigan jamoa - "Spartak"ning o'zi.


CSKA - "Krilya Sovetov"

2 aprel. 18:30


CSKA o'z maydonida chempionat autsayderlaridan birini qabul qiladi. "Krilya" ayni damda 14-o'rinni egallab turibdi. "Armiyachilar" o'z o'yinini topib oldi deyish qiyin, iroq ular asta-sekinlik bilan ochko to'plab borishmoqda. O'yinni unutishadi, hisobni esa yo'q.

"Krilya" "armiyachilar"ga qarshilik qilishi qiyin bo'ladi. Buni tushunish uchun turnir jadvaliga qarashning o'zi kifoya. Boshqa tomondan bir necha tur oldin "Krilya" "Spartak"ni jazolagan.


"Rostov" - "Krasnodar"

3 aprel. 21:30


Turning muhim uchrashuvi Rostovda bo'lib o'tadi. Rostovliklar Krasnodar "buqalari"ni qabul qilishadi. Evropada shovqin ko'targanlar Rossiya chempionatida shpagalarini ishga solishadi.

Terma jamoada o'ynagan rostokliklar natijalarga qaramay, yaxshi kayfiyatda bo'lishi kerak. Ammo "Krasnodar" ham tajribali jangchi va bu bahs qanday ahamiyatga egaligini yaxshi tushunadi.

Mezbonlar uy jamoasi sifatida yaxshi tanish. Xatto "Manchester Yunayted" ham Angliyaga durang bilan qaytdi. "Rostov" o'z maydonida gol o'tkazmaslikni va tezkor qarshi hujumlar qilishni xush ko'radi.

"Krasnodar" - chempionatning eng hujumkor jamoasi. Tez, sifatli! Smolov jangga tayyor, Klesson o'yinini kuchaytirib bormoqda, jarohatlanganlar asta-sekinlik bilan safga qaytishmoqda. Jamoa barcha frontlarda kurash olib bormayapti, bu "buqalar"ga mavsum oxirida yaxshi o'yin ko'rsatishga imkon beradi.

"Rostov" uyidagi gol o'tkazmayapti va mag'lub ham bo'lmayapti. Boshqa tomondan "Krasnodar" maydonni golsiz tark etayotgani yo'q. Natija qanday bo'ladi?


"Spartak" - "Orenburg"

3 aprel. 21:30


"Orenburg" Moskvada Rossiya chempionati etakchisi "Spartak" mehmoni bo'ladi. Moskvaliklar "Lokomotiv"ga qarshi bahsda ochko yo'qotganidan g'azabda. Ammo ular uchun xavf tug'diruvchi hech narsa sodir bo'lgani yo'q.

Jamoa o'z yo'lidan ketishi, bo'shashmasligi va mavsum yakunlanmasidan medallarni taqib olmasligi kerak. G'alabaga erishish uchun o'tgan mavsumning so'nggi turidagi CSKA - "Rubin" uchrashuvini ko'proq tomosha qilish zarur.

"Orenburg"ning holati havas qilarli darajada emas. Ular 13-o'rinda va xavfli zonaga juda yaqin. Qatar terma jamoasiga qarshi bahsda ishtirok etgan Vadim Afonin o'z jamoasiga g'alaba qozonish yoki hech bo'lmasa 1 ochko ishlashda yordam berishiga ishonamiz.

"Spartak" mag'lub bo'ladigan yagona jamoa bu - "Spartak". "Orenburg" saviya borasida "qizil-oqlar"ga teng kela olmaydi. Ammo aynan shu jihat mezbonlarga salbiy tasir qilishi mumkin. Bahsga yaxshi tayyorgarlik ko'rmagan jamoa ochko yo'qotishi aniq.

Rossiya chempionati turnir jadvali.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика