Afg'oniston U-23 bosh murabbiyi: "O'zbekiston va Eron bir nechta taktikada harakat qiladi"
05 sen 2023 13:32
Yangiliklar
Afg'oniston U-23 bosh murabbiyi: "O'zbekiston va Eron bir nechta taktikada harakat qiladi"

"Barchaga salom. Musobaqa qiziq o'tadi, chunki yaxshi jamoalar jamlangan", – deya gap boshladi murabbiy Zahi Hasan.

"Bizda hammasi joyida. O'ylaymanki, yaxshi o'yin o'tkazamiz", – dedi futbolchi Hasibulloh Ahadiy.

- O'zbekiston bilan o'yinga tayyorgarlik qanday bo'ldi?
- SHuni aytmoqchimanki, bizda tayyorgarlik uchun kam vaqt bor edi. O'zbekistonga eng yaxshi 23 nafar futbolchini olib kelganmiz. Guruhimizda Osiyoning eng kuchli jamoalari yig'ilgan. Maqsadimiz – futbolchilarni o'sishiga xizmat qilish. O'zbekiston va Eron bir nechta taktikalarda harakat qilishadi.

- Guruhdagi favorit kim?
- Kimnidir ajratib ko'rsata olmaymiz. Kim yaxshi tayyorgarlik bilan maydonga tushsa va natija qila olsa, o'sha jamoa kuchli hisoblanadi.
Malumot uchun, O'zbekiston olimpiya terma jamoasi saralash bosqichi "E" guruhida Afg'oniston, Gonkong va Eron bilan bahs olib boradi. O'zbekistonning dastlabki turda ertaga Afg'oniston bilan o'ynaydi. Uchrashuv soat 19:00 da "Jar" stadionida start oladi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar