Advokat JCH-2014da Braziliya - Kolumbiya uchrashuvidagi hakamlik uchun FIFAdan 1 milliard evro undirib olmoqchi
15 avg 2014 15:10
Yangiliklar
Advokat JCH-2014da Braziliya - Kolumbiya uchrashuvidagi hakamlik uchun FIFAdan 1 milliard evro undirib olmoqchi
Kolumbiyalik advokat Aurelio Ximenes JCH-2014 chorak finalidagi Braziliya va Kolumbiya o'rtasidagi uchrashuv hakamligidan qoniqmagani tufayli, FIFAdan manaviy zarar uchun 1 milliard evro undirib olmoqchi.
"Men o'zimni yomon his qildim. Yurak urish muvozanati buzilgan edi va yaqinlarim meni tez yordam bo'limiga olib ketishdi. Men FIFAni kolumbiya sudiga beraman, chunki ko'p jamoalar mundialda hakamlar qaroridan aziyat chekishdi, shu safda Kolumbiya ham. Hakamlar noholisligidan CHili, Kolumbiya, Urugvay, Angliya, Meksika va Kosta-Rika terma jamoalari katta zarar ko'rishdi. Menda qo'yidagi yulduzlarning guvohlik ko'rsatmalari bor: Pele, Maradona, David Ospina, Xames Rodriges va videoyozuvlarni o'rgangan xalqaro hakamlar" - deydi 74 yoshli Ximenes.
U shu bilan birga, kolumbiyalik hujumchi Mario Yepesning goli nohaqlik tufayli hisoblanmadi deya takidladi.
Advokat agar bu pullarni olsa, mablag'ni kolumbiyalik bolalar uchun ishlatadi.
U shu bilan birga, kolumbiyalik hujumchi Mario Yepesning goli nohaqlik tufayli hisoblanmadi deya takidladi.
Advokat agar bu pullarni olsa, mablag'ni kolumbiyalik bolalar uchun ishlatadi.
Fikrlar