Advokat yana murabbiylikka qaytdi
01 avg 2021 08:43
Yangiliklar
Advokat yana murabbiylikka qaytdi
Joriy yilning may oyida murabbiylikdan nafaqaga chiqqanini elon qilgan 73 yoshli niderlandiyalik mutaxassis Dik Advokat yana murabbiylikka qaytdi.
Tajribali mutaxassisning so'nggi ish joyi “Feyenoord” klubi bo'lgandi. 2021 yilning 23 may kuni “Feyenoord” Erediviziyaning so'nggi turida “Utrext”ni (2:0) taslim etib, mavsumni 5-pog'onada yakunlagan va shu uchrashuvdan keyin Advokat murabbiylik faoliyatini yakunlaganligini malum qilgandi.
Ammo murabbiyning nafaqadagi davri uzoq davom etmadi. Iroq futbol federaciyasining xabar berishicha, tajribali niderlandiyalik mutaxassis mamlakat terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlandi.
Murabbiyning shartnoma muddati va uning moliyaviy tomonlari hozircha ochiqlangani yo'q.
Fikrlar