Aduris uchun 2019/2020 yilgi mavsum futbolchilik faoliyatidagi so'nggisi bo'ladi
09 avg 2019 20:50
Yangiliklar


Aduris uchun 2019/2020 yilgi mavsum futbolchilik faoliyatidagi so'nggisi bo'ladi
"Atletik" hujumchisi Aris Aduris kelayotgan yangi mavsum uning professional futbolchi sifatida oxirgi yili bo'lishini aytib o'tdi.
"Bu mening so'nggi mavsumim. Uni imkon qadar yaxshiroq o'tkazishga harakat qilamiz", - deydi 38 yoshli o'yinchi.
Aduris 11 yildan beri Bilbaoning "Atletik" klubida to'p tepmoqda. U hozirga qadar jamoa safida 390 ta o'yin o'tkazgan va 171 ta gol urgan. Bu "Atletik" to'purarlar tarixida oltinchi natija sanaladi. To'puparlar poygasida Montoyya etakchilik qilmoqda (335 ta gol). Umumiy ro'yxat bilan ushbu havolada bilib olishingiz mumkin.
SHuningdek, Aduris Ispaniya terma jamoasi safida 13 ta o'yinda maydonga tushgan va 2 ta gol urgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar