Adriano "Gavr"ga o'tishi mumkin
16 okt 2014 09:22
Yangiliklar


Adriano "Gavr"ga o'tishi mumkin
"Inter" va Braziliya terma jamoasi sobiq futbolchisi Adriano faoliyatini Franciyaning ikkinchi ligasida ishtirok etuvchi "Gavr" jamoasida davom ettirishi mumkin.
Yaqin vaqt ichida 32 yoshli futbolchi Gavr shahriga etib keladi.
Adriano shu yilning aprel oyidan beri klubsiz hisoblanadi. Uning so'nggi jamoasi "Atletiko Paranaense".

Fikrlar