Adidas Rossiya terma jamoasi bilan hamkorlikni to'xtatdi
01 mar 2022 23:11
Yangiliklar
Adidas Rossiya terma jamoasi bilan hamkorlikni to'xtatdi
Yirik kompaniya Rossiya futbol ittifoqi bilan hamkorlik tugaganini malum qildi.
Ukraina va Rossiya o'rtasidagi ziddiyatlar fonida yirik Adidas kompaniyasi ham Rossiya futbol ittifoqi bilan hamkorlikni to'xtatganini malum qildi. Kompaniya vakili bunga aynan shu kunlarda yuz berayotgan urushni sabab qilib ko'rsatdi.
Adidas 2008 yildan beri Rossiya terma jamoasi hamkori hisoblanardi. 2021 yilda ikki tashkilot 2026 yilga qadar mo'ljallangan yangi bitim imzolashgandi.
Eslatib o'tamiz, kecha FIFA va UEFA rus klublarini va termasini barcha xalqaro turnirlardan chiqarib yuborgandi.
Fikrlar