Adebayor: "Rio haqiqiy jinni"
28 apr 2019 11:27
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/492580_original.jpg)
![](/upload/storage/492580_220.jpg)
Adebayor: "Rio haqiqiy jinni"
"Yunayted" va "CHelsi" nafaqat texnik, balki, jismoniy tomondan ham kuchli. Rio Ferdinand va Nemanya Vidich... Rio maydondagi barcha futbolchilarni so'kardi. U haqiqiy jinni!
Vidich esa juda qattiq o'ynardi, hujumchilar uchun eng yoqimsiz futbolchi bo'lgandi. U hujumchilarni bir barmog'i bilan yopa olardi. U oyog'ingni sindirsa, keyin uzr so'rardi. Oyog'ingni tepsa ham uzr so'rardi. U senga baqirganda, tupuklari uchib ketardi (kuladi). Bu yigit raqibni o'ldirishga ham tayyor edi.
Ulardan mag'lubiyatni odilona qabul qilib olganmiz. Men gol urgan o'yinlarda biz 2:1 hisobida yutqazardik. Men o'z ishimni bajardim deb o'ylardim, ammo yo'q. Rio oldimga kelib: "Xursand bo'lishni istasang, 3ta gol ur", derdi. U Runi va Giggz bilan qanday tortishgani esimda. Bu narsa bizda umuman yo'q edi", - dedi Adebayor.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar