Adama Traore "Vulverxempton" bilan shartnomasini uzaytirib, haftasiga 110 ming evro maosh oladi
19 okt 2020 11:00
Yangiliklar


Adama Traore "Vulverxempton" bilan shartnomasini uzaytirib, haftasiga 110 ming evro maosh oladi
"Vulverxempton"ning 24 yoshli ispaniyalik hujumchisi Adama Traore klubi bilan yangi shartnoma imzolashga yaqin.
"Vulverxempton" o'yinchiga yangi 4 yillik shartnoma taklif qilmoqda, unga ko'ra futbolchining maoshi ikki baravar oshadi - haftasiga 110 ming evro.
Eslatib o'tamiz, oldinroq o'yinchiga "Liverpul" va "Barselona" klublari qiziqish bildirayotgani xabar qilingan edi.
Adama Traore 2018 yilda "Vulverxempton"ga "Midlsbro"dan 2018 yilda 20 mililon evro evaziga o'tgandi. U shu paytgacha 95ta o'yinda maydonga tushib, 7ta gol va 15ta assist qayd etdi.
Futbolchining "Vulverxempton" bilan tuzgan shartnomasi 2023 yilning iyuniga qadar mo'ljallangan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar