So’nggi yangiliklar

10:36Лунин "Манчестер Юнайтед"га ўтиши мумкин  1 10:19"Барселона" президенти: "Клуб ёзда бошқа футболчи олмайди"  4 09:57"Реал" Винисиусни сотмоқчи (Defensa Central)  7 09:16"Интер Майами" жаҳон чемпионини сотиб олди  6 08:43Ёзги трансфер ойнасида 300 миллион сарфлаб бўлган "Ливерпуль" "Ювентус" футболчига таклиф билан чиқди  3 08:08Эральдо Чинарига асосий даъвогар Ўзбекистон жамоаси маълум  5 07:35ПСЖ собиқ футболчиси Остон Ўрунов жамоадошига айланди  1 01:43Бельгия. "Антверпен" мавсумни дуранг билан бошлади, Ўринбоев майдонга туширилмади  4 01:19"Ювентус" собиқ футболчисини ортга қайтаришни истайди  1 00:55Маунт: "МЮ еврокубокларга қайтиши керак"  2 00:37"Челси" Стерлингни сотишни истайди, бироқ бир муаммо бор  0 00:14"Ньюкасл" Исакни сотмоқчи эмас  2 23:21Ўзбекистон U23 терма жамоаси Японияга қарши ўйин учун тайёргарликни давом эттирмоқда ГАЛЕРЕЯ  1 22:48"Хоразм" "Андижон" ҳимоячисини таркибига қўшиб олди  0 22:31Виктор Гёкереш Лондонга етиб борди  0

Abror Pirriev: "Sen jamoamizga Evropa iforini olib kira olgan haqiqiy professionalsan" Yangiliklar

Abror Pirriev: "Sen jamoamizga Evropa iforini olib kira olgan haqiqiy professionalsan"

"Temiryo'lchilar" shifokori Abror Pirriev telegramdagi sahifasida portugaliyalik mutaxassis Mikael Sekeyraning "Lokomotiv"dan ketganiga munosabat bildirdi.

"Qay murabbiyni bu tarzda, bunday muhitda kuzatganimizni, ochig'i, eslay olmadim. Xayrlashuv kechasi ehtiros, mehr va hayajonga boy bo'ldi. Kechada aytilganidek, Sekeyra jamoa uchun “bolshe chem trener” bo'la oldi.

Mika – sen doimo qalbimizda qolasan. Sen jamoamizga Evropa iforini olib kira olgan haqiqiy professionalsan. Sen shunchaki ajoyib insonsan. SHaxsiy futbol klubim bo'lganida, uning eng yuksak marralariga olib borish uchun boshqaruv rulini hech ikkilanmay senga topshirgan bo'lardim.

Jamoamizda vaqtinchalik “shoh” vazifasini bajaruvchi Korostichenkoga omad tilab, aytgan so'zlaring yodimda: "Men jamoani futbolning oliy matematikasi bilan etakchiga aylantirmoqchi edim. Maydonda yo'l qo'yilgan maktab o'quvchisi qiladigan xatolargina bizga pand berdi". 

Futbolimiz – sendek etuk mutaxassislar o'rgatmoqchi bo'lgan oliy matematikaga tayyor bo'lishini istab, senga faqat omad tilab qolamiz. 

Barchasi uchun rahmat!", – deya xabar qoldirdi jamoa shifokori Abror Pirriev.

Malumotlarga qaraganda, Denis Korostichenko "Nasaf" bilan o'yinda "Lokomotiv" bosh murabbiyi vazifasini bajarib turadi.

Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика