So’nggi yangiliklar

21:59Суперлига. "Бунёдкор" мавсумдаги иккинчи ғалабасини "Андижон" билан ўйинда қайд этди  40 21:56Ўртоқлик ўйини. "Атлетико" "Ювентус"ни ишончли ҳисобда таслим этди, Феликс яна гол урди  2 21:15Туркия Суперлигаси. "Сивасспор" ўз майдонида "Трабзонспор"ни қабул қилмоқда, Турғунбоев илк дақиқалардан майдонда (онлайн ҳисоб)  2 21:09Суперлига. "Сўғдиёна" — "Металлург" 2:2  0 20:56Суперлига. "Сўғдиёна" ва "Металлург" учрашувида жанговар дуранг қайд этилди  10 20:51"Наполи" Осимхен бошқа клубга қўйиб юборишларини сўраганини маълум қилди  1 18:50Мозийга қайтиб... Эркаклар йиғлаганда...  2 18:25"Сўғдиёна" — "Металлург". Таркиблар маълум  1 18:08"Пахтакор-79" авиаҳалокатининг янги тафсилотлари  2 17:38"Барса" Рокени ижарага бермоқчи. Форвард ёки қолмоқчи, ёки тўлақонли трансферни хоҳламоқда  4 17:24"Отам СССР миллий терма жамоаси сафида АҚШ сафаридан қайтганида, отамни оиламиз билан аэропортда кутиб олган эдик. Ўша воқеани яхши эслайман" – афсонавий Михаил Аннинг ўғли Дмитрий Ан билан интервью  7 16:44"Ювентус" Копмейнерснинг трансфери амалга ошмаган тақдирда Николас Гонсалес ва Галено билан шартнома имзолаши мумкин  2 16:16Ҳожиакбар Алижонов: "Пахтакор-79"га бўлган халқнинг муҳаббати абадийдир"  11 15:51"Барселона" "Реал" билан Александер-Арнольд учун курашиши мумкин  5 15:25“Пахтакор-79” хотирасига бағишланган шеър  3

Abror Pirriev: "Ramazon oyi munosabati bilan PFLga o'yin payti futbolchi almashtirishni 5-6ta qilib belgilashni taklif qilaman" Yangiliklar

Abror Pirriev: "Ramazon oyi munosabati bilan PFLga o'yin payti futbolchi almashtirishni 5-6ta qilib belgilashni taklif qilaman"

O'zbekiston milliy terma jamoasi va "Lokomotiv" futbol klubi shifokori Abror Pirrievdan intervyu oldik.

Intervyu mobaynida Abror Pirriev ro'zador futbolchilarning kun tartibi qanday bo'lishi, ular ko'proq nimalarga etibor qaratishi lozimligi, shuningdek mashg'ulot va o'yinlarni boshlash vaqti va boshqa savollarga javob oldik. 

- Abror aka, mana muqaddas Ramazon oyi ham kirib keldi. Turli sohalarda faoliyat olib borayotgan xalqimiz qatori sportchilar, xususan futbolchilar ham muqaddas oyda ro'za tutishadi. Albatta, bunda sharoit hammada bir xil bo'lmaydi. Masalan, kimdir ertalabdan kechgacha salqin xonada o'tirib ro'za tutishi mumkin. Kimdir kun bo'yi ko'chada yurib, kimdir haydovchilik, kimdir o'qituvchilik qilib farz amalni bajarishga harakat qiladi. Bu o'rinda futbolchilar holatini to'g'ri tushunamiz. Ular har kunlik mashg'ulotlarda qatnashadi, o'yinlarda maydonga tushadilar. Ro'za tutish farz bo'lgani uchun futbolchilar ham bir oy mobaynida shunga amal qilishga harakat qiladilar. Tabiiyki bu o'rinda sportchilar ro'za tutmasa bo'ladimi degan savol ortiqcha bo'lsa kerak?

- Avvalo shuni aytish kerakki, dinimizda tabobatga, insonlar salomatligini o'ylaydigan shifokorlarga katta masuliyat yuklangan va shu bilan birga hech bir soha vakiliga berilmagan huquq berilgan. Masalan, tabib o'z xulosasi bilan hatto farz amal ro'za tutishda ham kimgadir istisno qilishi mumkin. Lekin muqaddas Islom dinimizda ro'za tutish har bir voyaga etgan, sog'lom musulmon uchun farz deb belgilangan. Bilasiz, istisno tariqasida keltirib o'tilgan holatlar ham mavjud.

SHu o'rinda aynan futbolchilarning ro'za tutishi bilan bog'liq savollar ko'p berilmoqda, o'zimga ham bir necha bor shu savol bilan murojaat qilishdi. Masalan, "Hozir bizda ob-havo nisbatan yaxshi, ammo bu o'rinda o'yinlar boshlanadigan vaqtni ham inobatga olmoqlik durust. "Paxtakor" va "AGMK" klublari OCHL sabab arab davlatlarida bo'lib turishibdi va bizga nisbatan ancha issiq bu mamlakatlarda ro'za tutish futbolchilarga salbiy tasir qilmaydimi, axir ular juda ko'p suv yo'qotadi va bu hol sog'likka jiddiy zarar etkazishi mumkin" kabi savollar ko'p berilyapti. 

SHuningdek, Ramazon oyi boshlanishi bilan bazi murabbiy va mutasaddilarimiz xavotirga tushib qolishlari ham bor gap. CHunki ular ham futbolchilarning to'laqonli jismoniy holatda maydonga tushishi haqida qayg'uradi. Sababi malum. Hatto menga "Siz shifokor sifatida futbolchilarga ro'za tutmasliklarini aytishingiz kerak" degan holatlar ham bo'ldi. To'g'ri, shifokor sifatida men uchun futbolchilarning salomatligi birinchi o'rinda.

Ammo gap dinimizdagi farz amalni bajarish haqida borar ekan, har qanday holat chetga surilishi turgan gap. SHu zaylda o'yin kuni ro'za tutish-tutmaslik haqidagi gaplar ko'paygach, ayrim klub shifokorlari, mutasaddilardan menga yo'nalgan savol-u so'rovlar ko'payavergach bu masalani uzil-kesil ochiqlash uchun diniy idoraga murojaat qilishga qaror qildim. CHunki tib ilmini egallagan har bir tabib-shifokor uchun insonlar sog'ligi haqida qayg'urish ham vojib-farz amalga aylanadi. SHu sabab men futbolchi sog'ligi nuqtai nazardan bazi bir jihatlarni etibordan qoldirib, qiyomatda javob berib yurmay degan manoda yana bir bor ilm ahli bilan maslahatlashib olishga qaror qildim.

Mavzuga javob topish uchun diniy idoraga ikkita savol bilan murojaat qildim. 1. Ro'za tutishi farz bo'lmaganlar ichida og'ir mehnat qiluvchi insonlar ham bor deb o'qiganmiz. Ichki chempionat yoki xalqaro rasmiy o'yinlarda maydonga tushgan futbolchi ishi mehnatning og'ir turiga kiradimi va shu sabab bilan ular ro'za tutmasligi mumkinmi? 2. Jamoa shifokori o'yin kunlarida futbolchilar sog'ligi nuqtai nazaridan ularga ro'za tutmaslikni, buning evaziga boshqa kun qazo qilib ushlashgani maqulligini aytib tavsiya berishi mumkinmi?

Professional futbolning o'ziga xos jihatlarini tushuntirarkanman, diniy iroda vakillari bu biroz nozik masala ekanligi, buni ustozlar bilan maslahatlashib keyinroq javob berishini aytishdi. Oradan uch kun o'tib diniy idora har ikki savolimga "yo'q" degan javobni berdi. Yani, ular aytishdi-ki, futbol o'yini uchun harqancha mehnat qilinmasin, u ro'za tutmaslik uchun sabab bo'la olmaydi. Klub shifokori futbolchilarga faqat: sog'liginga ziyon etkazmaydigan darajada harakat qil deb tavsiya berishi mumkin deyishdi. Safar o'yinlarida esa ro'za tutmaslik (safar 15 kundan oshmasa) mumkin, qazosini tutib berish sharti bilan deyishdi.

Xulosa qilindiki, biz asosiy qismi musulmonlar tashkil qiluvchi davlatda yashaymiz. Ro'za tutmoqlik Alloh Taolo buyurgan farz amal, demak, barcha faoliyat turi ro'za tutishga sharoit yaratish yo'lida moslanishi kerak. SHu jumladan futbol ham. Jamoalarda mutasaddilar bunga etarli sharoit yaratib berishlari kerak. SHunday ekan, men ham shifokor sifatida mutasaddilarimizdan Ramazon oyida ro'za tutmoqlikni niyat qilgan futbolchilar sog'ligini o'ylagan holda ularga sharoit yaratib berishlarini so'rab qolgan bo'lardim.

- Masalan, bu sharoitlarni nimalarda ko'rishni istardingiz?

- Masalan oddiygina koronavirusni deb chempionatimizdagi o'yinlarda futbolchi almashtirishni 5ta qilib o'zgartirdik. SHunday ekan, nima uchun dinimizning farz amalini ado etmoqlik uchun yana shu punktni kiritishimiz – Ramazon oyidagi o'yinlarda futbolchi alishtirishni 5 yoki 6 ta qilib belgilashimiz mumkin emas. Qolaeversa, aynan ushbu oyga Kubok o'yinlari to'g'ri kelmoqda, keling zaxirada o'tirgan, kuchga to'la yoshlarga ham imkon beraylik.

- Bundan oldingi yillarda Ramazon oyi ancha issiq mahalga to'g'ri kelgan. Nega hozirga kelib bu masalaga jiddiyroq yondoshilmoqda?

- Yaxshi savol. Ilgari jamoalarimizda hozirgidek ko'pchilik namoz o'qimasdi. Misol uchun MTJda faoliyatimni boshlaganimda bundan o'n yillar ilgari biror bir futbolchi namoz o'qiganini ko'rmaganman. Balki 1-2 tasi yashirib o'qigandir. Ancha vaqt o'tib 4-5 nafar futbolchi o'qirdi-yu, ammo buni jamoa sezmasdi ham.

Ammo bugunga kelib MTJga chaqirilayotgan futbolchilarning katta qismi besh mahal namozni kanda qilishmaydi. Klublarda, hatto MTJda kun tartibi namoz vaqtlarini inobatga olgan holda tuzila boshlandi. Bu albatta, quvonarli hol. Esingizda bo'lsa, ilgarilari mashhur futbolchilarning tungi klublarda ko'rishgani, bemahal ko'chada daydib yurishgani haqida turli gap-so'zlar quloqqa chalinardi. Hozir esa ularni majburlab ham bunday joylarga olib bora olmaysiz. Bir-ikkita keksa avlod vakillari qolmagan bo'lsa (kuladi).

Aytmoqchimanki, ko'z o'ngimizda futboldagi avlod almashib ulgurdi hamda bugungi yosh avlod futbolchilarimizning dunyoqarashi, manaviy tafakkuri umuman o'zgacha va bu holat muqaddas dinimizning tarbiyaviy mezonlari asosida shakllanayotgani quvonchli hol.

SHunday ekan, Ramazon oyida futbol o'yinlarini o'tkazish masalasini ko'taradigan, ro'zador futbolchilar uchun qulaylik yaratishning qandaydir mezonlarini ishlab chiqadigan vaqt keldi. Bu borada biz shifokorlarda alohida masuliyat bor. Agar men shifokor bo'la turib bu juda nozik masala, aralashmaganim maqul deb yursam-u, erta-indin maydonda ko'ngilsiz voqea ro'y bersa, barcha zarba bizga kelmaydimi? 

Bu o'rinda ro'zador futbolchilarning to'g'ri og'iz yopishlari hamda to'g'ri og'iz ochishlari uchun belgilangan kun tartibini yuzaga keltirish va imkon qadar mashg'ulot va o'yinlar paytini kechki salqinga qo'yish lozim bo'ladi. Va og'iz ochar mahal shunga moslab ovqatlanish tartibini tashkil qilish kerak bo'ladi. 

- Demak, bu oyda siz shifokorlarda masuliyat yanada ortarkan-da?

- Faqat bizda emas, masuliyat shu qatori ro'zador futbolchilarda ham ortadi. Aytmoqchi bo'lganim, ro'za tutish farz, ammo futbol ham ularning kasbi. Yani futbolchining maydonga chiqib o'z ishini qoyilmaqom tarzda bajarishi faqat o'zining emas, balki atrofdagi ko'pchilikning, xususan, butun klub xizmatchilarining, musulmon va musulmon bo'lmagan insonlarning oilasiga olib boruvchi rizqni, Vatan shanini, muxlislar ishonchini belgilab beradi.

SHu bois ham Ramazon oyida futbolchilarda bo'lgan masuliyat ikki hissa ortadi. SHu boisdan ro'zador futbolchi muborak oyda vaqti va kuchini huda-behuda sarflamasligi, zarur bo'lmaganda boshqa yumushlarga chalg'imasligi, kechki mashg'ulot yoki o'yinga yaxshilab kuch asrashi uchun tush mahali uxlab olishni kanda qilmasligi kerak. Bu o'rinda to'g'ri ovqatlanish ham muhim ahamiyat kasb etadi.

- G'arb davlatlarida odatda og'iz ochgandan keyin oradan ikki-uch soat o'tib futbol o'yinlari o'tkaziladi. Masalan, OCHLda AGMK ishtirokidagi bahslar Saudiya Arabistoni vaqti bilan 22:00da, Toshkent vaqti bilan 00:00da start oladi. Lekin bizda buning imkoni yo'q. Superliga bahslari boshlanish vaqtiga qarasak, aksar o'yinlarning birinchi taymidan so'ng og'iz ochar mahalga to'g'ri kelyapti. Biz hech qachon 19:00dan keyin og'iz ochib, 22:00dan so'ng ftubol o'ynay olmaymiz. Bunga qanday qaragan maqul? 

- Ramazon oyidagi o'yinlarni og'iz ochgandan so'ng boshlaganimiz maqsadga muvofiq, albatta. Agarda barcha o'yinlarni ushbu vaqtda boshlashning imkoni bo'lmasa, keling, mamlakatimizning nisbatan issiq hududlarida o'yinlar boshlanishini og'iz ochish vaqtiga mo'ljallab, salqin hududlarda hech bo'lmasa birinchi bo'lim tugashi bilan og'iz ochmoqlik mumkin qilib belgilansin. Na unisi, na bunisi to'g'ri kelmasa, u holda o'yin payti "Iftorlik taym" qilishimiz kerak. SHundoq ham kunning issiq kunida suv ichib olish uchun hakamlar bir muddat o'yinni to'xtatishlari mumkin-ku. SHuning o'rniga og'iz ochib olish uchun o'yin bir muddat to'xtatib turilsa kifoya, boz ustiga muxlislar ham o'yinga chalg'imay, bor narsalari bilan bemalol engil iftorlik qilib olishadi.

- Eng asosiysi og'iz ochib, biroz suv ichib olishsin demoqchisiz-da?

- Albatta. Maydonda 90 daqiqa yugurayotgan futbolchi sog'ligi uchun eng asosiy omil suv. Organizmda mudom etarli suv bo'lishi muhim omil. Qachonki organizmda suv yo'qolib uning o'rni to'ldirilmasa, bu holat birlamchi zararni keltirib chiqaradi. Masalan, Saudiya Arabistonida ro'za kunlari faqat professional futbolga ruxsat berilib, bolalarga tegishli barcha yosh toifasidagi musobaqalar vaqtincha to'xtatiladi. Nima uchun? CHunki bolalar tanasidagi suv miqdori juda katta, 80 foizgacha. Va bu o'rinda bolaning ko'p suv yo'qotishi og'ir holatlarga olib kelishi mumkin. SHu bois ham bejizga dinimizda balog'at yoshiga etganidan so'ng ro'za tutsin deyilmagan. Yoshi katta hamda yaxshi shakllangan organizmda ham suv inson tanasining ko'p qismini (65-70%) tashkil qilgani bilan suv qancha ko'p sarflansa ham uning o'rnini keyinchalik qoplasa bo'ladi va qoplash payti kelguncha organizm chidab bera oladi. Issiqlik yoki namlik juda yuqori bo'lib, suv va tuz almashinuvi buzilib, organizm chidamliligi pand berib, buning oqibatida futbolchi yiqilib yoki hushidan ketib qolmasin degan xavotir ham shunda. 

- Futbolchi og'iz ochishi bilan biror nima eyishi masalasi-chi?

- Eng muhimi, og'izni ochib olish hamda avvalo suv va engil hazm bo'ladigan mevalarning borligi etadi. Hech kim to'yib ovqatlanib olaylik, keyin maydonga chiqib yuguramiz demaydi. Asosiy maqsad qorni to'q holda maydonga chiqish emas, chunki eyilgan taom baribir birdaniga tanaga singmaydi, kamida to'rt soat vaqt kerak bo'ladi. Bu o'rinda futbolchiga iftorlik va saharlik payti egan ovqati kuch bo'ladi, xolos. Maqsad esa aytib o'tganimdek suv. Odam tanasi shunday yaratilganki, ochlikka uzoq muddat chidashi mumkin, lekin suvsizlikka emas.

Cuperliga 6-tur boshlanish vaqtlariga etibor bersak, Qo'qondagi "Qo'qon-1912" - "Metallurg" bahsi 16:15da boshlanar ekan. O'yin tugaganidan keyin og'iz ochish uchun hali bir soatcha vaqt bo'ladi. Lekin futbolchilar ikki taym yugurishini hisobga olsak, organizm bu paytda faqat suv talab qiladi. SHundan kelib chiqib mutasaddilar keyingi bellashuvlar vaqtini belgilashda mana shu jihatlarga etibor qaratishsa yaxshi bo'lardi.

Ro'za tutish qachon fazilatli bo'ladi? Masalan, ro'za tutib kun bo'yi kondicionerli xonadan chiqmasligingiz ham mumkin. Ro'za tutish qachonki doim qilib yurgan ishingizni ro'za tutib ham bir maromda davom ettirsangiz, ana shunda fazilatli bo'ladi. Inson tanasi har qanday sharoitga moslashuvchan murakkab va mukammal qilib yaratilgan. G'ayratli inson qanday ish bilan mashg'ul bo'lmasin, farz amal ro'zani tutish uchun o'zida iroda topa oladi. Bizni ham shunday irodalilar safida qilishini Yaratgandan so'rab qolamiz.

X.Xoliqov suhbatlashdi. 

Reyting: +14   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика