So’nggi yangiliklar

16:59"Челси" 19 ёшли ҳимоячи - Хатони сотиб олмоқчи  1 16:11Уэсли Снейдер: "Салоҳни тарихдаги энг буюк футболчилардан бири деб ҳисоблаш мумкин"  2 15:49Жозе Моуринью: "Илгари кўпроқ пул топгани энг яхши мураббий деб ҳисобланарди, энди эса – энг яхши образга эга бўлгани. Бугун энг муҳими – юқори даражали пиарга эга бўлиш"  3 15:31Иванович ва Швайнштайгер тўққиз йиллик турмушдан сўнг ажрашишди  1 15:13Артета АПЛдаги рақобат ҳақида: "Лигада биздан бошқа яна 6-8 та клуб соврин учун бемалол кураша олади"  0 14:54Ўзбекистон U-23 - Саудия Арабистони U-23. Энг яхши уч футболчи ким бўлди?  1 14:26Исак унга бўлган қизиқишлар фонида "Ньюкасл"даги йиллик маошини сезиларли даражада ошириб олмоқчи, аммо...  2 14:00Снейдер Моуринью ҳақида: "2010 йилда Жозе бизни ҳар кимни мағлуб этишимиз мумкинлигига ишонтирган"  2 13:24ФОТОГАЛЕРЕЯ. Ўзбекистон U-23 – Саудия Арабистони U-23 3:1  0 13:23"Like Cup" якунланди: "Ал Бадр" - чемпион!   5 13:08Ўтган мавсум 1 та гол урган АПЛ футболчиси Шомуродов ўрнига "Рома" ҳужумчисига айланди  10 12:46Снейдер "Олтин тўп" ҳар доим ҳам муносибларга насиб этмайди деб ҳисоблайди  27 12:19"Бенфика" ўзи учун рекорд сумма - 27 млн. еврога футболчи сотиб олди  3 12:00"Тоттенхэм" "Реал" вингерини сотиб олмоқчи  0 11:37Мажед Абдуллаҳ: "Биз учун яхши тажриба бўлди"  2

Abror Pirriev: "Professional sport - bu sog'lik va umr evaziga biror natijaga erishish yo'lidagi mashaqqatdir" Yangiliklar

Abror Pirriev: "Professional sport - bu sog'lik va umr evaziga biror natijaga erishish yo'lidagi mashaqqatdir"

O'zbekiston milliy terma jamoasi hamda "Lokomotiv" klubi shifokori Abror Pirriev "Paxtakor" futbolchilarining yillik maoshi matbuotda elon qilinganiga o'z munosabatini bildirdi.

Hisob-kitobga usta xalqmiz. Mana, futbolchilar oladigan mablag'ini ham yil, oy, soat va daqiqasigacha hisoblab chiqdik. Gap bo'lishi mumkin emas. Faqat masalaning yana bir jihati bor.

Sport – bu sog'lik, lekin professional sport – bu sog'lik va umr evaziga biror natijaga erishish yo'lidagi mashaqqatdir. Deylik biznes qilishni niyat qilgan inson molini shu narsaga tikadi; sportda esa professionallikka intilgan inson marra uchun sog'ligini tikadi.

Ko'pchilik yoshlar haqiqiy sportchi bo'lishni orzu qiladi, ammo katta pul tikiladigan hamda obro' va shonli nuqtaga kelguniga qadar o'zida iroda va matonat topib, yil-o'n ikki oy yozning jaziramasi-yu qishning qahratonida jismoniy yuklama, raqobat va jarohatlar girdobidan eson-omon o'tib, tengqurlaridan farqli ravishda yoshlikning zavqli damlarini shu ishga qurbon qila olganlargina bu marraga etib keladi.

Umr va sog'lik talab qiluvchi ushbu marraga eltuvchi yo'l shunchalar uzun, qiyin va xavflarga boyki, yarim yo'lda barchasi chilparchin bo'lishi, umrning qaytarib bo'lmaydigan yoshlik onlari ortda qolgan,  boshqa bir sohaning boshini ushlash kech, hayot esa umuman boshqa izga burilib ketgan bo'lishi mumkin. Jarohati bois “endi sizga yurish ham mumkin emas” deb tashxis qo'yilganda oiladagi motamni bayramga, intihoni ibtidoga aylantira olgan Mirjalol Qosimovga o'xshaganlargagina nasib qiladi bu marra. Ushbu marra uchun sog'lik tikilgan ekan, pirovard mahsul ham qiymatda salmoqli bo'lishi tayin. 

Alqissa, professional futbolchilar – millionlab yoshlar ichida barcha mashaqqatu to'siqlarni engib marraga etib kelgan saralardir. Ularning “bozor”dagi qiymatini narxlovchilar esa xaridorlar. Talab va taklif; “tovar”ga qancha narx berish ularning ishi, bunda futbolchini ayblash..?

SHartnomadagi barcha narsa ochiqlanishiga qarshi emasman. Bu, futbolchi atrofidagi turli “o'yin”larga barham beradigan holat. Ammo futbolchi mehnati uchun o'ziga, oilasiga rizq bo'lib kiradigan mablag', u qancha bo'lishidan qatiy nazar – buyursin!

Reyting: -1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика