So’nggi yangiliklar

01:17Максим Шацких: “Трансфер ойнаси ёпилгунича 2-3 нафар янги ўйинчи оламиз”  0 00:55"Андижон" назорат ўйинида Тожикистон жамоасини мағлуб этди  1 00:41Футболга қайтиш муборак: "Байер" Эрик тен Хагнинг дебют ўйинида йирик ҳисобда мағлуб бўлди  4 00:21"Манчестер Сити" Траффорд билан шартнома имзолаши мумкин  2 23:59"Ақлдан озаётган" "Тоттенхэм" ўз тарихидаги энг қиммат трансферни амалга оширишга тайёрланмоқда  2 23:46Алишер Одилов "Навбаҳор"ни тарк этди  3 23:24Микель Артета: "Мадуэке - АПЛнинг энг яхши ҳужумчиларидан бири"  1 22:50Месси Ямалга қарши: Финалиссима қачон бўлади?  4 22:20Исак "Ал Ҳилол"га ўтиши мумкин  1 21:53"Милан" Спортьеллони собиқ жамоасига қайтариб юборди  0 21:33Гампер Кубоги учун ўйин қаерда бўлади?  4 21:14Расман: Нони Мадуэке - "Арсенал" футболчиси!  3 20:52"Насаф" назорат ўйинида "Машъал"дан устун келди  2 20:10"Милан" Модрич ёрдамида "Реал" аъзоси билан музокара ўтказмоқда  0 19:45Моуринью: "Португалияга қайтаман. Фаолиятим охирида эмас, чўққисида"  2

Abror Pirriev Ammanga uchib ketdi Yangiliklar

Abror Pirriev Ammanga uchib ketdi

"Lokomotiv" shifokori Abror Pirriev U-23 termalari ishtirokidagi Osiyo chempionati saralash o'yinlarida ishlaydi.

Osiyo futbol konfederaciyasi, milliy terma jamoamizning sobiq hamda “Lokomotiv” futbol klubining amaldagi shifokori Abror Pirrievni U-23 termalar o'rtasidagi Osiyo chempionati musobaqasining saralash bahslarida “Tibbiy Komissar” etib tayinladi. SHu munosabat bilan shifokorimiz Iordaniya poytaxti Amman shahriga uchib ketdi. Bunday faoliyat taniqli futbol tibbiyoti mutaxassisi uchun birinchisi emas. U yaqindagina poytaxtimizda bo'lib o'tgan Osiyo CHempionlar Ligasi guruh bosqichi o'yinlarida ham “OFK Tibbiy Komissari” mavqeida tashkilotchi – OFK nomidan ishtirok etgan edi.

"MTJ yig'inlariga jalb qilinmayotganim bois, faoliyatimdagi tig'izlik biroz yumshaganday bo'ldi. Bundan unumli foydalanib, mutolaa va ijodga etarli vaqt ajratish, shuningdek, shogirdlar tayyorlash uchun tanlov elon qilish imkoni tug'ildi.

SHu bilan bir qatorda, “Osiyo futbol konfederaciyasi” takliflarini qabul qilib, qitamizning nufuzli musobaqalarida OFK nomidan “Medical officer” – “OFK Tibbiy Komissari” mavqeida ishtirok etishdek masuliyatli va sharafli ishni davom ettirish barobarida, mana, Iordaniyaga ham otlandim.

Xullas, futboldagi hayotimning bir jabhasi boshqa o'zanga burildi, desam mubolag'a qilmagan bo'laman. Buyog'i, Yaratganga tavakkal... Siz qadrdonlardan esa duo ilinjidaman!" – deb yozadi u o'zining telegramm sahifasida.

Fursatdan foydalanib, Abror Pirrievga faoliyatida omad tilab qolamiz!

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика