Abraxam avtofalokatga uchradi
03 jan 2022 21:10
Yangiliklar
Abraxam avtofalokatga uchradi
"Roma" hujumchisi Temmi Abraxam mashg'ulotlarga ketayotgan paytida avtofalokatga uchradi.
24 yoshli ingliz futbolchisi o'zining Porsche Cayenne mashinasi bilan boshqa avtomobilga borib urilgan. Voqea oqibatida hech kim jabrlanmadi. Policiya aralashuviga ham hojat qolmadi, shu bois futbolchi mashg'ulotlarga jo'nab ketdi.
Eslatib o'tamiz, avvalroq ingliz OAVlari Abraxam Lamborghini rusumli avtomobilida tezlikni belgilangan meyordan oshirib haydagani uchun 980 evroga jarimaga tortilgani haqida xabar berishgandi.
Abraxam joriy mavsum A Seriyaning 18 ta o'yinida maydonga tushib, 6 ta gol urdi. Hujumchi 2021 yilning avgustida "CHelsi"dan "Roma"ga o'tgandi, uning transfer summasi taxminan 40 million evroni tashkil etgandi.
Fikrlar