Abramovich Britaniya vizasi uchun arizasini qaytarib oldi

Aslanov Jasurbek
1 iyun 2018, 13:20
"Chelsi" egasi Roman Abramovich Isroil pasportini qo'lga kiritganidan so'ng Britaniya vizasi uchun topshirgan arizasini qaytarib oldi.

Ma'lumotlarga ko'ra, biznesmen Isroil pasporti bilan Buyuk Britaniya hududida yilda 6 oy bo'lishi mumkinligi tufayli investitciya vizasini qaytarib oldi. Biroq Abramovich biznes yuritishini davom ettira olmaydi, chunki buning uchun alohida ruxsat kerak.

Oldinroq, Abramovichning Buyuk Britaniyadagi vizasi muddati uzaytirilmagan edi. Shunday so'ng u Isroil pasportini oldi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: The Sun