So’nggi yangiliklar

02:17Африка Миллатлар Кубоги. Осимхендан дубль, Лукмандан "гол+пас": Нигерия Мозамбикни тор-мор этди  1 01:13"Андижон" Абдуманнопов билан шартномани узайтирди  0 01:06"Челси" янги устози номи маълум. У шанба куни жамоани майдонга бошлаб тушади  2 00:14Африка Миллатлар Кубоги. Салоҳ гол урди, Миср эса қўшимча таймларда Бенин тўсиғидан ўтди  0 23:42"Барселона" "Ал Ҳилол"дан Канселуни сотиб олишга яқин  1 23:19Эндрик "Реал"даги ўйин амалиёти йўқлиги ҳақида: "Бу ҳаётимдаги энг яхши олти ой бўлди, уй қуришга улгурдим"  2 22:55Сульшер МЮга вақтинчалик мураббий сифатида қайтишга тайёр  11 22:12"Барселона" Канселу бўйича "Ал Ҳилол"га таклиф юборди  0 22:01МЮ Аморимга истеъфо учун 10,05 млн фунт тўлаб бериши керак  3 21:18РАСМАН: Беҳруз Асқаров — ОКМК футболчиси!  1 20:52"Интер" Канселу трансфери бўйича "Ал Ҳилол" билан келишувга эришди, аммо...  2 20:24"Ман Сити" Гвардиол ва Диашнинг жароҳати сабаб қишки трансфер ойнасида ҳимоячи сотиб олмоқчи  17 19:50"Бавария"нинг порлаб келаётган юлдузи "Реал"да ўйнашни орзу қилади  3 19:22Ашортиа: "Андроникашвили билан биргаликда "Андижон" яхши натижаларига эришиши учун ёрдам берамиз"  1 18:57Вадим Абрамов: "Аввал бизга етарлича баҳо беришмасди, энди эса даража кўтарилди"  5

"Abramov meni "Lokomotiv"ga olib o'tmoqchi edi" - Samir Bekrich bilan katta intervyu Yangiliklar

"Abramov meni "Lokomotiv"ga olib o'tmoqchi edi" - Samir Bekrich bilan katta intervyu

Superliganing ketma-ket o'yinlari, markazlashgan chempionat odamni biroz charchatdi. Endi kichik ananamizga sodiq qolamiz.

2014-2015 yillar "Bunyodkor" uchun qiyin o'tdi. Klubning kamtarona byudjeti OCHL o'yinlaridagi omadsizliklarga, milliy chempionatdagi beqarorlikka olib keldi. Lekin shunday bo'lsa-da, yosh futbolchilar asta-sekinlik bilan o'sishni boshladi va mana 2-3 mavsumdirki "Bunyodkor" hujumkor o'yin ko'rsatmoqda.

Yodingizda bo'lsa, o'sha yillarda yoshartirilgan tarkibga bosniyalik Samir Bekrich o'z tajribasi va yorqin o'yinlari bilan jamoaga katta yordam bergandi. Internet orqali futbolchi bilan suhbat uyushtirishga muvaffaq bo'ldik.

- Samir, salom. O'zbek futboli uchun begona emassiz. Ishlar qanday ketyapti, nimalar bilan bandsiz?
- Salom, rahmat. Ayni damda Saraevoda o'z uyimdaman. O'zimning jonajon jamoam "Jeleznichar" tarkibida harakat qilyapman. Mamlakatdagi holat oldingidan yaxshi, barchasi asta-sekinlik bilan o'ziga kelmoqda. Yaqin vaqtlar ichida oldingidek hayot kechirishimiz mumkin.

- Koronavirus mamlakat hayotiga qanchalik tasir qildi? O'zingiz koronavirusdan qo'rqmaysizmi?
- Albatta, barcha qatori Bosniya ham koronavirus davrida qiyin davrlarni o'tkazdi. Ko'p sohalarda pasayishlar sezildi. SHifokorlarning ajoyib faoliyati va ishiga jonkuyarligi bizni katta hayotga qaytarmoqda. O'zim ham karantin qoidalariga rioya qilyapman. Bunday pallada barchamiz o'z sog'lig'imizni o'ylashimiz kerak.

- Futbolga kirib kelishingiz haqida gapirsangiz. Qanday qiyinchiliklar bo'lgan...
- Futbol bilan shug'ullanishni 5 yoshimdan boshlaganman, otam ham futbol o'ynagan va shu sababli meni ham futbolga jalb qilgan. SHukurki, faoliyatim davomida jarohatlar bo'lmagan, asosiysi, doimo sog'lom bo'lganman va bundan keyin ham shunday bo'lib qoladi.

- Qaysi jamoaga muxlislik qilasiz?
- Bolaligimdan "Barselona"ga muxlislik qilaman. Ronaldo Nazario de Limaning kataloniyaliklar tarkibidagi super o'yinlari meni ham jalb qilgan.

- "Bunyodkor" va o'zbek futboli haqida gapirsangiz.
- "Bunyodkor" menga yoqadi. Bo'yim pastroq bo'lgani sababli milliy chempionatga moslashish qiyin kechdi. Klubdagilardan, jamoadoshlarimdan, murabbiylardan, Toshkentdagi muxlislardan minnatdorman, ular doimiy ravishda meni qo'llab-quvvatlashgan. O'zbekiston chempionati yanada yuksaklarga ko'tarilishiga ishonaman. Lekin buning uchun to'g'ri yo'l va bir qancha vaqt kerak.

- SHu o'rinda solishtiruv: O'zbekiston chempionati kuchlimi yoki Bosniya?
- Menimcha, Bosniya futboli kuchliroq. CHunki bosniyaliklar jismoniy holat tomonidan o'zbeklardan anchagina kuchli va ularning o'yinga tayyorgarligi ham, mashg'ulotlar tempi ham yuqoriroq bo'ladi.

- "Bunyodkor"ning o'yinlarini kuzatib boryapsizmi? Klubning hozirgi holatini qanday baholaysiz?
- Jamoaning o'yinlarini doimiy ravishda kuzatib boryapman. Tarkib yildan yilga yosharmoqda, yoshlar ham har yili boshqa jamoalarga o'tib, klubga moliyaviy tomonlama foyda olib kelishmoqda. Menimcha, jamoaga ikki nafar tajribali futbolchilar kerak. SHu orqali "Bunyodkor"ni yana yuqori marralarga ko'tarilishiga ishonaman.

- Telefoningizga "Bunyodkor"dan qo'ng'iroq bo'lib, sizni yana jamoaga taklif etishmoqda. Qanday javob berasiz?
- Albatta, ha deyman. SHunchaki, "Bunyodkor"dan iliq taassurotlar qolgan. Agarda qo'ng'iroq qilishsa, bajonidil qabul qilaman. Jamoaning murabbiylar shtabi ajoyib ishlamoqda. Janob Abramovni qattiq hurmat qilaman. U meni o'sha vaqtlarda "Lokomotiv"ga olib o'tmoqchi bo'lgandi.

- Nega ushbu transfer amalga oshmagan?
- Bilmadim. Ancha vaqtlar o'tib ketdi. Nimalar bo'lgani yodimda yo'q.

- 2015 yili "Bunyodkor"dan ketganingizdan keyin O'zbekistonga keldingizmi? Ko'plab legionerlar faoliyatini yakunlaganidan keyin mamlakatimizga tashrif buyurmoqda.
- Ha, bilaman. Futbolchilarning asosiy vaqti maydonda o'tgani sababli ko'p ishlarga ulgura olmay qolaman. Vaqt yo'llarda o'tib ketadi. Ammo O'zbekiston, Eron, Qozog'iston kabi davlatlarga borib, sobiq klublarimdagi insonlar bilan suhbat olib kelish rejamda bor. Mavsum yakunlanganidan keyin buni amalga oshirishni niyat qilgandim. Pandemiya bunga imkon bermadi. CHempionat ham boshlanib ketdi. Nasib qilsa, O'zbekistonga boraman.

- Men ham O'zbekistonning barcha viloyatlarida bo'lganman, shu sababli har doim legionerlar bilan suhbatlarda O'zbekistonning eng chiroyli go'shalari haqida so'rayman.
- O'zbekiston - chiroyli davlat. Viloyatlarga borganda futbol muxlislari bizni ko'rib, rasmlarga tushishardi, yosh bolakaylar esa dastxat ishqibozlari ekan. Muhimi, har bir viloyatning o'ziga xos futbol madaniyati, ovqatlarida farqini yaqqol sezish mumkin, bunga viloyatlarda qilinadigan oshlarni misol qilib keltira olaman. Samarqandning Registoniga, Buxoroning Labi Xovuziga yana bir bor borishga yo'q demasdim.

- Nima deb o'ylaysiz, nima sababdan Bosniya futbolida ham o'zbek futbolida ham xalqaro maydonda o'sish kuzatilmayapti?
- Buni izohlash juda qiyin. Ko'p narsa asos, yani, fundamentga bog'liq. Barchasi tuzilgan rejalar va sarflanadigan pullarga bog'liq. Har holda fikrim shunday. Klublar xususiy bo'lsa va ko'p narsa bir kishiga bog'liq bo'lib qolmasa, hamma o'z ishini bajarsagina maqsadga erishiladi. Umid qilamanki, ikki davlat futbolida ham o'sishni ko'ramiz.

- 2015 yil "Bunyodkor" OCHLda juda yomon o'yin ko'rsatgandi. Bunga nimani sabab qilib ko'rsatsa bo'ladi?
- Omad kelmagan. Agarda o'yinlar davomida yaratilgan vaziyatlardan foydalana olganimizda yaxshiroq natijalarga erisha olardik. Lushan yaxshi murabbiy, unga boshqacha vazifalar berilgandi. Agarda Lushan yig'gan tarkib bilan yana 2-3 mavsum o'ynaganimizda albatta, OCHLda uzoqroqqa bora olardik.

- SHu o'rinda yana bir savol: O'zbekiston termalari nima sababdan jahon chempionati, Olimpiya o'yinlarida qatnasha olmayapti:
- O'zbekistonda termalarga etibor yuqori. Termaga nomzodlar doimo ko'p bo'lgan, murabbiylar shtabi ham yaxshi saviyada. Mamlakat termalari ancha vaqtdan buyon jahon darajasidagi musobaqalarda ishtirok etmadi. Lekin ularni qo'llab-quvvatlayman va Qatardagi mundialda termaning ishtirok etishiga ishonaman.

- O'zbek futbolida ayni damdagi eng umidli murabbiy sifatida kimni ayta olasiz?
- Kapadze ajoyib futbolchi bo'lgan va uning murabbiylik ishida doimiy o'sishni ko'ryapmiz. Janubiy Koreyada o'ynab yurgan paytlarim u bilan tanishganman. Menimcha, o'zbek futbolining har bir muxlisi mamlakatda shunday inson ishlayotganidan faxrlanishi kerak. Timur Kapadzega futboldagi faoliyatiga va hayotiga omadlar tilayman. SHu o'rinda, "Bunyodkor"ning sodiq muxlislariga ham salom yo'llayman. "Bunyodkor"ning har bir o'yinini ko'rib boryapman va ishonamanki, ko'p o'tmasdan jamoaning xalqaro maydondagi natijalari ham yaxshilanishiga ishonaman.

Malumot uchun: Samir Bekrich 2014-2015 yillarda "Bunyodkor" tarkibida o'ynagan va 24 o'yinda qatnashib, 1 marta raqiblari postiga yo'l topgan. 2015 yilning yozida "Bunyodkor"dan ketgan Samir faoliyatini boshlagan "Jeleznichar"ga o'tdi. "Jrinski"va "Sloboda" jamoalari sharafini himoya qilgan 35 yoshli futbolchi 2 oy oldin yana "Jeleznichar"ga qaytgani rasman malum qilindi.

Mirjalol Normatov suhbatlashdi

Rasmlar uchun Hasanboy Pirmuhammedovga minnatdorlik bildiramiz

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика