So’nggi yangiliklar

02:42Англия кубоги. "Манчестер Юнайтед" 1/32 финалда 4-лига жамоасига мағлуб бўлиб, турнирни тарк этди  3 02:22EЧЛнинг барча 36 иштирокчиси маълум: "Барселона" ва "Реал" 1-саватда, "Арсенал" ва "Ювентус" 2-саватда, "Тоттенхэм" ва "Наполи" 3-саватда, "Монако" ва "Қайрат" 4-саватда  0 00:18"Ал Ҳилол" А Сериядаги футболчи учун 35 млн евро таклиф қилди, аммо...  0 23:51Себальос "Марсел"га ўтишдан бош тортди. "Реал" хавбекни 11+4 млн еврога мажбурий сотиб олиш шарти билан ижарага беришга тайёр эди  0 23:25Равшан Ҳайдаров: "Ҳеч қачон рақибларга паст назар билан қараш керак эмас"  3 23:14Англия Лига Кубоги. ​"Гримсби Таун" – "Манчестер Юнайтед": Онана, Магуайр, Хевен, Амад ва Шешко бошланғич таркибда!  34 22:59Илёс Зейтуллаев: "Бу ўйин менга катта дарс бўлди"  5 22:39Виктор Карпенко: "Жамоамиз футбол ўйнашни билади"  9 22:12Ўзбекистон Кубоги ярим финалига қуръа ташланди  32 21:54Элдор Мойлиев: "Бугун энг ёмон ўйинларимиздан бирини кўрсатдик"  0 21:35Вадим Абрамов: "Динамо"нинг барча футболчилари терма жамоада ўйнашга лойиқ"  15 21:28Ўзбекистон Кубоги. "Бухоро" "Бунёдкор"ни енгиб, ярим финал йўлланмасини нақд қилди, Табатадзедан дубль!  101 21:11Голларга бой ўйинда ўзбекистонлик афсоналар жаҳон футболи юлдузларидан устун келди  14 20:52Отабек Шукуров: "Бундан буён ЖЧга чиққан жамоамиз, шунга яраша ўйнашимиз керак"  9 20:35Ўзбекистон Кубоги. "Динамо" "Шўртан" дарвозасига жавобсиз 3 та тўп йўллади ва ярим финалга йўл олди  9

Abramov: "Buxoro"day muxlislarga ega jamoa faqat yuqori o'rinlarda yurishi kerak" Yangiliklar

Abramov: "Buxoro"day muxlislarga ega jamoa faqat yuqori o'rinlarda yurishi kerak"

“Buxoro”-“Lokomotiv” (2:3) uchrashuvidan so'ng tashkillashtirilgan matbuot anjumanining dastlabki qismida mehmonlar bosh murabbiyi Vadim Abramov tashrif buyurdi.

“Uchrashuv boshida hammasi rejadagiday ketayotgan edi, lekin birinchi bo'lim oxiriga kelib juda og'ir ahvolga tushib qoldik. Xudoga shukur bugun g'alaba qozona oldik.”-deya gap boshladi Vadim Karlenovich.

-“Loko” juda ko'plab hujumlarni ko'kka sovurishni o'zining “uslubiga” aylantirib oldi...

-Juda to'g'ri aytasiz. Bizning eng og'riqli muammomiz ham shunga borib taqaladi. Men bu holatni shunday baholayman, ko'plab vaziyatlarni vujudga keltiryapmiz-mi, demak biz to'g'ri o'ynayapmiz. Lekin vaziyatlarni golga aylantirish bu boshqa masala. Bu ustida hali ishlash kerak.

-Raqib to'g'risida nima deyishingiz mumkin?

-Bizga qarshi barcha jamoalar ham ikkinchi raqam ostida o'ynashadi va qarshi hujumlarda bizni jazolashga harakat qilishadi. Bir narsani aytishim mumkin, “Buxoro”  o'z muxlislari va o'z uyida o'ynayapti, shunga yarasha ozgina ko'tarinki ruhda, kuchli shijoat va mativaciya bilan o'ynashlari kerak edi, lekin unday bo'lib chiqmadi va jamoada kayfiyat umuman yo'qday tuyuldi. Biz urgan gollarni ular o'zlari o'zlariga keltirishdi desak mubolag'a bo'lmaydi. Yaxshi hujum qilayotib nega orqaga yotib olishdi tushunmadim. SHuning natijasida bizga ikkita golni urish qiyinchilik tug'dirmadi. Lekin keyinchalik “Buxoro” o'ziga keldi va yana o'z o'yinini ko'rsata boshladi, natijada ikkita gol kiritishdi. “Buxoro”ning ushbu o'yini nimadan dalolat beradi?  Bu degani jamoaning ruhiy holati yaxshi va futbolchilar qiyinchiliklardan chiqa olishning uddasidan chiqishadi.

-Vadim Karlenovich, biz sizga “Lokomotiv” bosh murabbiyi sifatida emas, balki O'zbekistondagi etakchi mutaxasis sifatida murojaat qilmochimiz. Sizningcha “Buxoro”dagi ushbu inqiroz nima sababdan yuzaga keldi? Mochinov qaerda xato qildi?

-Bu savolga javob berish qiyin, chunki jamoa ichida nima bo'layotganidan xabarim yo'q. Bu holat kelib chiqishi uchun yoki jamoada moliyaviy tomonidan kamchilik bo'lishi kerak yoki jamoa rahbariyati va murabbiylari to'laligicha ushbu inqirozga sababchi bo'lishadi. Men bilishimcha jamoangizda moliyaviy ahvol ancha yaxshi, yomon emas. Yana bir sabab, jamoa bir-ikkita mag'lubiyatdan so'ng, futbolchilarda ruhiy pasayish kuzatiladi va bu holatdan chiqib ketish qiyin kechadi. Lekin men bugun futbolchilarning ruhiyati ham joyida ekanligini ko'rdim.

Umumiy qilib aytadigan bo'lsam, “Buxoro”jamoasi ancha yaxshi jamoa ekanligini ko'rdim. Bu jamoa boshqa o'ynagan jamoalarimizga nisbatdan kuchsizroq deya olmayman. Ancha-muncha jamoalardan yaxshiroq natijani qayt etadi deb o'ylayman. Faqatgina muammolarni yuzaga keltirayotgan omillar bartaraf etilsa bas. Muxlislaringiz-ku alohida mavzu. Bunaqa muxlislariga ega jamoalar faqat va faqat yuqori o'rinlarda yurishi kerak, hech bo'lmaganda muxlislar hurmati.

-Mochinov qaerda xato qildi?

-Bir narsa deyish qiyin, balki bu kasbni tanlab xato qilgandir. U yosh mutaxasis, unga oliy liga jamoasini ishonib topshirishdi, balki shuerda xato qilingandir. Agar u “sinib” qolmasa, balki boshqa jamoada ishi yurishib ketar.

-Birinchi tur yakunlanishiga 4 tur qoldi. Ikkinchi davra uchun jamoangiz yangi futbolchilar xarid qiladimi?

-Yo'q, bizni bugungi tarkib qoniqtiradi.

- “Traktor” jamoasidan keyin “Lokomotiv” jamoasini noldan tashkil etilishida sizning ham katta hissangiz bor. Aytingchi qanday qilib qisqa muddat ichida bu ishni uddaladingiz?

-Biz boshimizdan juda og'ir damlarni o'tkazgandik. Buning ustiga bizda mablag' ham yo'q edi. Futbolchilar 5 yil bepul o'ynashdi. Hozir-chi ? Qani bir oy maoshini olmasin, qancha gap-so'zlar bo'ladi. Avval bu ishlar yo'q edi. Futbolchilar bepul, futbolga sevgilari uchun,  faqat futbol o'ynash uchun jamoaga kelishgandi.

-Suhbatingiz uchun rahmat.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика