So’nggi yangiliklar

01:45А Серия. "Интер" "Аталанта"ни "аямай савалади"  2 01:39Расман: "Манчестер Юнайтед" 60 миллионлик трансферни эълон қилди  1 01:00Расман: Шомуродовнинг рақобатчиси "Рома"дан кетди  5 00:46Расман: МЮ футболчиси Конте жамоасига ўтди  5 00:27Сергей Лушчан: "Қизил карточка, хатолар ва амалга оширилмаган пенальти барчаси яхшиликка"   12 23:48Камолиддин Тожиев: "Бугун бизнинг кунимиз эмас экан"  14 23:26Александр Хомяков: “Бугун байрам... ”  5 23:18Эрон. Остон Ўрунов мавсумдаги биринчи голини Ўткир Юсуповга урган учрашув якунланди  8 23:03Февзи Давлетов: “Мағлубиятга лойиқ эмасдик”  8 22:53Ўйиндан ўқ чиқди, "Арсенал"нинг 3 кунлик футболчиси 3 ҳафтага сафдан чиқди  3 22:30Ўзбекистон кубоги. "Пахтакор" - "Навбаҳор", Ибрагимов ва Чераннинг хатоси қимматга тушди  21 22:11Ўзбекистон Кубоги. "Андижон" - "Сурхон" 0:0 (пенальтилар серияси 5:4)  8 22:04Ўзбекистон кубоги. Бир киши кам бўлиб қолган "Навбаҳор" пенальтилар сериясида "Пахтакор"ни мағлуб этиб, финал йўлланмасини қўлга киритди  391 21:55Ўзбекистон кубоги. "Андижон" тарихий оқшомда "Сурхон"ни мағлуб этиб финалга чипта қўлга киритди  52 21:34БАА. ОЧЛ амалдаги ғолибига қарши ўйинда Ғаниев жамоасидан супер камбэк!  1

"Abramov armiyasi", kamgap Muhitdinov va saqich chaynash taqiqlangan Singapur. Safardagi dastlabki kunimiz haqida Yangiliklar

"Abramov armiyasi", kamgap Muhitdinov va saqich chaynash taqiqlangan Singapur. Safardagi dastlabki kunimiz haqida

O'zbekiston terma jamoasining 14 oktyabr kuni kunduzgi soat 11da Singapurga uchib ketdi.

SHu kuni tonggi soat 9:30da "Islom Karimov nomidagi xalqaro aeroport"ning VIP kirish eshigi oldiga keldik. Terma jamoamiz avtobusi kelishidan avval charter reysda milliy jamoamizning bir qancha muxlislari, hamkasblar va ustozimiz Mirzahakim aka To'xtamirzaev uchishini bilib oldik. Soat millari 09:50ni ko'rsatganida MTJ avtobusi aeroportga etib keldi va undan Gollivudning jangari filmlaridagi bosh qahramonga o'xshash imijda Vadim Abramov tushib keldi. Murabbiy ortidan "Abramov armiyasi"ni ko'rdik.

Ro'yxatdan o'tish, pasport nazorati va shunga o'xshash jarayonlar yakunlanganidan so'ng samolyotga chiqish boshlandi. Uchoq havoga ko'tarildi va Singapur tomon yo'lga chiqdik. Bazilar tezda yostiqchalarni bosh tomonga qo'yib, uyquga ketishdi, boshqalar esa yaqinidagi hamkasbi, do'sti bilan suhbatni boshlab yubordi. Biz ham biroz mizg'ib olishga qaror qildik, chunki samolyot havoga ko'tarilish oldidan Championat.asia saytining boshqa xodimlariga kerakli malumot va fayllarni yuborib bo'lgandik.


Parvoz davomida Aziz Haydarov tez-tez futbolchilardan xabar olib turgan bo'lsa, O'FA media departamenti rahbari Davron Faziev bizdan hol-ahvol so'rab turdi. Aytgancha, terma jamoamiz futbolchilari bazi kishilar aytganidek masuliyatsiz emas, aksincha tartibli ekanligining guvohi bo'ldim. Ular tushlikni tanovul qilishi bilan o'rnidan turib, harakat qilishga, taomni hazm qilishga intilishdi. SHundaylardan biri Eldor Suyunov oldimizga kelib, biz bilan biroz suhbat qurishga qaror qildi.

Suhbatimiz davomida O'zbekiston terma jamoasi o'rin olgan guruhdagi vaziyatni, raqib bo'lmish Singapur o'yinlarini biroz tahlil qildik. Orada do'stimiz va hamkasbimiz bo'lgan SHahboz Beg'amov ham eslab o'tildi. Suhbat yakunlanganidan so'ng vaqtimizni yanada unumli o'tkazish uchun futbolchilar bilan intervyu uyushtirishga harakat qildik. O'rindiqlar oralab oldinga o'tayotganimda Odil Ahmedov yosh o'yinchilar bilan suhbatlashib, ularga ishonch bag'ishlayotganini, bazilar kitob o'qiyotganini, yana kimlardir musiqa tinglab, bor etiborni Singapurga qarshi bahsga qaratayotganini ko'rdim. Futbolchilar "o'yindan oldin emas, keyin intervyu beramiz" deya bizni o'z joyimizga qaytarishdi, lekin taslim bo'lmadik va MTJning yangi vakili, kamtar va kamgap SHarof Muhitdinov bilan suhbatlashishga muvaffaq bo'ldik.

Navbatdagi "nishonimiz" Davron Fayziev bo'ldi. Bu inson intervyu oluvchilarning orzusi hisoblanadi desak adashmaymiz. CHunki unga savolni chala bersangiz ham javob to'liq va undan ham ko'proq bo'lib qaytadi. Buning ustiga u adabiy gapirshi intervyuni "oqqa ko'chirish"da katta yordam beradi. Davron Fayziev bilan intervyu samolyot qo'nishiga yaqin yakunlandik.

Havo kemasi uchuvchilari say-harakatlari bilan samolyot Singapurga muvaffaqiyatli qo'ndi. Uchoq eshigidan chiqshimiz bilan xuddi saunaga tushib qolgandek bo'ldik. Meni ob-havo haqida gapiryapman. Bu er juda issiq va namlik yuqori darajada. Toshkent vaqti bilan 19:00, Singapur vaqti bo'yicha 22:00da futbolchilar alohida, jurnalistlar alohida avtobuslarda Holiday Inn mehmonxonasiga yo'l oldik. Hamkasbimiz iltimosi bilan jurnalistlarni manziliga eltgan haydovchi tezroq yurib, MTJni kutib olishimizga imkon yaratdi. Saytimiz orqali foto va videolarni ko'rgan bo'lsangiz kerak.


Mehmonxonada terma jamoani o'yindan oldingi matbuot-anjumanida ishtirok etgan Temur Kapadze kutib oldi. Bundan tashqari Odil Ahmedovning ashaddiy muxlisi uni "Holiday Inn"da kutib turgan ekan. Qizig'i, u o'zbekistonlik emas, balki Xitoy fuqarosi edi.

Terma jamoamiz sardori charchaganiga qaramasdan uzoq yo'l bosib kelgan muxlis bilan suratga tushdi va u ko'rsatga rasmlarga dastxat qo'yib, o'z futbolkasini sovg'a qildi. SHundan so'ng futbolchilar tezlik bilan xonalariga joylashtirildi va kechki ovqatga yuborildi. Biz ham kechki ovqatni yakunlab, futbolchilar kabi uni hazm qilish uchun biroz sayr qildik. Singapur ko'chalari toza, ozoda, binolari baland va chiroyli. Uchishdan oldin mamlakat qonunidagi bazi muhim malumotlar bilan qiziqqan edim. Bu erda jamoat joylarida tupurish, saqich chaynash mumkin emas. CHekuvchilar uchun maxsus yo'lakchalar ajratilgan. Soat 22:00dan so'ng ko'chada 2 kishidan ko'proq bo'lib sayr qilish taqiqlanadi. Haqiqatdan ham, Singapur aeroportidan to mehmonxonaga borgunimizcha ko'chada biror kishini ko'rmadim. Tungi sayrni yakunlab, mehmonxonaga qaytdik va mahalliy vaqt bilan tonggi soat 06:00da siz o'qiyotgan ushbu gaplarni yozib tugatdim.

Bizni bugun juda muhim bahs kutyapti, biroq Davron Fayziev aytganidek "xotirjamman"!

Jahongir Fayzullaev va Jasur Aslanov Singapurdan Championat.asia sayti o'quvchilari uchun maxsus

Reyting: +62   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика