Abraham Instagramda Zanoloni tabriklagan xabar joyladi va keyinroq uni o'chirib tashladi
04 iyu 2022 19:54
Yangiliklar
Abraham Instagramda Zanoloni tabriklagan xabar joyladi va keyinroq uni o'chirib tashladi
Bir necha kun ilgari Zanolo 23 yoshga qadam qo'ydi va ko'plab do'stlaridan ijtimoiy tarmoqlar orqali tabriklar oldi, jumladan, "bo'rilar" forvardi Temmi Abraham ham birinchilardan bo'lib futbolchini muborakbod etdi va "Tug'ilgan kuning bilan tabriklayman, uka" deya Instagram storisida xabar qoldirdi, keyin esa uni o'chirib tashladi. Ehtimol, bu oddiy xabar bo'lishi mumkin, balki Temmi o'z tilaklarini oshkor qilishni istamagandir. Ammo hozirda ommabop ravishda surat joylash, keyin esa uni olib tashlash muhokamalarga sabab bo'lib kelmoqda.
Keyinroq "Yuventus" hujumchisi Moyze Kin ham Zanologa o'z tabrik xabarini yo'lladi va tilaklarining so'ngida bir necha kulgichlar, yurakcha va birlashgan birmoqlardan iborat stiker qo'ygan. Balki "kesa senora" o'yinchisi do'stiga shunchaki omad tilagandir, biroq ko'pchilik bunda Zanoloning "Yuventus"ga o'tishi bilan bog'liq transferga ishorani sezishdi. Biroq kelgusida nima bo'lishi hozircha nomalum.
Eslatib o'tamiz, rimliklarning italiyalik futbolchisiga Turin klubi jiddiy qiziqish bildirmoqda, Nikoloning o'zi ham "Yuve" klubiga o'tishni istaydi.
Fikrlar