Abidal: Maqsadim - JCH-2014da ishtirok etish
15 mar 2014 21:45
Yangiliklar

Abidal: Maqsadim - JCH-2014da ishtirok etish
"Monako" jamoasining 34 yoshli sardori Erik Abidal Franciya terma jamoasi bilan JCH-2014da qatnashishni istashini tan oldi.
"Mening asosiy maqsadim - jahon chempionatida ishtirok etish. Ishonamanki, bu amalga oshadi. So'nggi o'rtoqlik o'yinidan oldin menga bosh murabbiy Dide Desham qo'ng'iroq qilgan edi. Men esa unga yaxshi formada emasligimni aytib o'tgan edim. U o'shanda mening rostgo'yligimni yuqori baxolagan edi.
Endilikda, terma jamoa safida maydonga tushish uchun qo'limdan kelganicha xarakat qilmoqdaman. Men o'ziga hos qiyin davrni boshdan o'tkazdim", - deb aytib o'tdi Abidal.
Eslatib o'tamiz, bir necha yil oldin shifokorlar futbolchiga jigar saratoni tashhisini qo'yishgan edi va futbolchida transplantaciya amalga oshirilgan edi.

Fikrlar