So’nggi yangiliklar

09:36«Андижон» икки нафар футболчини ижарага берди. Бири Қозоғистон чемпионатига йўл олди  0 09:01Гвардиола Ҳусановнинг ўйнига юқори баҳо берди  6 08:33АПЛнинг жорий турида ушбу кўрсаткич бўйича Ҳусанов тенгсиз!  2 08:00Гвардиола кечаги учрашувдан сўнг нималар деди?  4 07:18Sofascore. Ҳусанов ва унинг шериклари «Ливерпул»га қарши учрашувда қандай баҳо олишди?  6 07:02Бурчак зарбасидан гол ва ассистлар. Неймар «Сантос»га йирик ғалабани тақдим этди  4 02:43Лига 1. "Лион" ва ПСЖ ўртасидаги ўйинда 5та гол урилди, Хакимидан дубль  1 02:39А Серия. Влаховичнинг голи меҳмонда "Ювентус"га ғалаба тақдим этди  0 00:53Киммих "Бавария"да қолишга яқин  1 00:24Абдуқодир Ҳусанов бугунги ўйинда қандай статистика қайд этди?  8 00:15АПЛ. "Манчестер Сити" "Ливерпуль"га мағлуб бўлди, Ҳусанов ўйинда тўлиқ ҳаракат қилди  3 23:35Бундеслига. "Бавария" ўз уйида "Айнтрахт"га жавобсиз 4та гол урди, мюнхенликлар энг яқин таъқибчиларидан 8 очко илгарилаб кетишди  2 23:29БАА Про лигаси. "Ал Батаэҳ" кутилмаганда "Шаржа"дан устун келди, "Ал Ваҳда"дан йирик ғалаба  0 23:24АПЛ. "Манчестер Сити" ўз майдонида "Ливерпуль"га ютқазди. Ҳусанов ҳимоячилар орасида энг катта балл олди  181 23:00U-20 Осиё кубоги. Ўзбекистон ўз юришини чорак финалда тўхтатди  13

Abduxoliqov borgan va Ukrainaning "Krasnodar"iga aylanishni istayotgan "Rux" haqida qisqacha Yangiliklar

Abduxoliqov borgan va Ukrainaning "Krasnodar"iga aylanishni istayotgan "Rux" haqida qisqacha

Teglar :  RuxAbduxoliqov
Bobur Abduxoliqov ortidan "Rux" jamoasiga qiziqish ortdi. Ukraina Premer ligasining so'nggi pog'onalarida turgan "Rux"ning maqsadi nima?

Ko'rinishidan jarangsiz nomdek. O'z paytida Odil Ahmedov "Anji"ni tanlaganida mana shunday gap so'zlar bo'ldi. Ko'p o'tmay "Anji" Evropani o'ziga qarata oldi. Faqat u erda infrastrukturaga bo'lgan etibor katta emas edi. Ahmedovning Rossiyadagi ikkinchi klubi "Krasnodar"ga bir paytlar "Kuban" soyasidagi jamoasi sifatida qaralardi. Lvov xalqi jamoasi bo'lgan "Karpati" huddi "Kuban" kabiu bugun o'tmishga aylandi. Jamoa inqiroz tufayli kuchlilar safini tark etgan. Aksincha "Rux" 2021 yilgi mavsum yo'llanmasini qo'lga kiritgan holda Premer ligaga chiqdi.

Endi bevosita "Rux" prezidenti, sobiq futbolchi va ukrainalik millioner Grigoriy Kozlovskiyning futbolga yurishi haqida aytib o'tamiz. 


Jamoa uy o'yinlari Evro-2012 uchun Lvov shahrida 200 mln Evroga qurilgan "Arena Lviv"da o'tkazadi. Mazkur stadion UEFAning 4 yulduz maqomini olgan.



"Krasnodar" rahbari Sergey Galickiy kabi Kozlovskiy ishni akademiya qurishdan boshladi va u Lvov chekkasidagi Vinniki o'rmonzorlariga poydevor o'rnatdi. 2018 yil boshlangan qurilish ishlari ayni paytda yakuniga etib ulgurdi. Qizig'i, millioner tomonidan mazkur inshoot qurilayotgan paytda "Rux" Ukraina birinchi ligasining ham o'rtamiyona jamoasi edi. Hech kim bu maskan haqida bilmadi. Faqatgina qurilish ishlari o'z poyoniga etishiga yaqin bu saroy ochiqlandi va butun Ukraina, kerak bo'lsa Rossiyaning top klublarining "hasadi"ni keltirdi.


Demak, o'rmonzor va katta ko'l oldida quyidagi qurilish ishlari amalga oshirildi:


- 8ta standart maydon. 3 tasi suniy, 5tasi yarim suniy.

- 5000 kishiga mo'ljallangan usti yopiq manej.

- 2500 kishiga mo'ljallangan sport o'yinlari uchun zal.

- Basseyn, sport tibbiyotini o'z ichiga olgan tiklanish kompleksi.

- 400 nafar futbolchiga mo'ljallangan yotoq.

- Akademiya bilan hamkorlik o'rnatmoqchi bo'lgan klublar uchun 300 nafarga mo'ljallangan qo'shimcha yotoq.

- Turnirlar o'tkazish uchun 200 nafar kishiga mo'ljallangan xostel va mehmonxona.




Mana shu obektlarni o'z ichiga olgan "Rux" akademiyasi tadbirkorning shaxsiy kapitaliga qurildi va u "Rux"dan Ukrainaning "Ayaksi"ni yasamoqchi. Galickiyning orzusi, "Krasnodar" tarkibida akademiyaning 11 nafar futbolchisini bir vaqtda o'ynatish edi. Aynan shunday maqsadni bugun Kozlovskiy ham o'z oldiga yuqori cho'qqi sifatida qo'ydi. 




Lvov Kievdan 540 km, Doneckdan esa 1200 km uzoqlikda. Ukraina juda katta hudud. Bu akademiya o'zining 300 km radiusidagi istedod egalarini o'z akademiyasiga jalb qilmoqchi. Uning "Dinamo" Kievdan ustun jihati, Lvov viloyati g'arbiy Evropa tomonida ekanlida bo'ladi. Polsha bilan chegaradosh bu o'lka endi Evropaning eng yirik bolalar o'rtasidagi musobaqalarini o'tkazadi.


Bobur Abduxoliqov mana shunday ertani ko'rayotgan jamoa bilan 3 yillik shartnoma imzoladi. Biz uchun foydali jihati shunda bo'ldiki, Bobur Abduxoliqovning agenti, Gayrat Xasbiulin ayni paytda tez kunlarda ochilishi kutilayotgan "Rux" akademiyasi bilan kelishuvga erishdi. Ularning taklifiga ko'ra 14-16 yoshli istedod egalari akademiyaga taklif qilinadi. Ko'rikdan muvaffaqiyatli o'tgan futbolchilar Ukraina chempionati va Evropada bo'lib o'tadigan kuchli musobaqalarda ishtirok etadilar.


footboom.com malumotlari asosida tayyorlandi.

Reyting: +36   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика