So’nggi yangiliklar

00:4437 ёшли Куадрадонинг янги клуби маълум  2 00:11Вирц "Ливерпул"да қайси рақамни олди?  0 23:42Отабек Нарзуллаев: "Менга ёққан томони - футболчиларимиз охиригача курашди"  0 23:22Камолиддин Тожиев: "Танаффусдан кейин тезда тонусга тушиб олиш осон эмас"  2 23:10Миржалол Қосимов: "Иккинчи даврани ғалаба билан бошлашни мақсад қилгандик"  1 22:55"Истанбул Башакшехир" ўртоқлик ўйинида "Истанбулспор"ни минимал ҳисобда мағлуб этди, Шомуродов ва Файзуллаев баҳсда иштирок этди  10 22:49Улуғбек Бакаев: "Футболда шунақа: сен урмасанг, сенга уришади"  6 22:20Manchester Evening News журналисти "Ман Сити"нинг Ҳусанов бўйича режаларини хабар қилди  5 21:58Суперлига. "Пахтакор" "Машъал" устидан минимал ғалабага эришди  37 21:55Суперлига. ОКМК Қаршида "Бухоро"дан устун келди   16 21:35Тадич янги клубга ўтди  0 21:05"Бавария" футболчиси Лондон клубига ўтади  1 19:53"Ливерпуль" келаси мавсум учун либосларини тақдим этди  12 19:27Сюрприз! Балотелли Испаниянинг 3-дивизион клубига ўтиш арафасида  4 18:34Исак "Ливерпул"га ўтишни истамоқда, "Ньюкасл" эса қарши  6

Abduvohid Nematov: “Xitoyga qarshi o'yinda chiroyli g'alaba bilan 3 ochko qo'lga kiritishga vada beramiz” Yangiliklar

Abduvohid Nematov: “Xitoyga qarshi o'yinda chiroyli g'alaba bilan 3 ochko qo'lga kiritishga vada beramiz”

SHu kunlarda Tailandda futbol bo'yicha U-23 Osiyo chempionati bo'lib o'tmoqda.

O'zbekiston Olimpiya terma jamoasi mazkur qita birinchiligining ikkinchi tur uchrashuviga qizg'in hozirlik ko'rmoqda. Eronga qarshi ortda qolgan o'yin ko'p jihatdan yigitlarimizni xushyorlikka chaqirgani tabiiy. Etiboringizga jamoamizning eng yosh vakili (18 yosh) bo'lishiga qaramasdan asosiy tarkib darvozaboni bo'lishga ulgurgan Abduvohid Nematov bilan o'tgan suhbatni havola qilamiz:

– Birinchi o'yindan jamoaning ko'ngli to'ldimi?

– Dastlabki o'yinni durang bilan boshladik. Sezib turibmiz, butun xalqimiz bizdan bu o'yinda g'alaba kutishgan edi. Ammo o'yin ancha qiyin kechdi. Yopiq o'tgan o'yin sabab o'zimizning 100 foizlik o'yinimizni ko'rsata olmadik. Endi ikkinchi o'yinda bor kuchimizni ko'rsatishga harakat qilamiz.

– Xitoy bilan o'yinga tayyorgarlik qanday ketmoqda?

– Alo darajada. Hamma yigitlarning kayfiyati yaxshi. Har kuni videotasvirlar orqali raqibning ojiz va kuchli tomonlarini tahlil qilib chiqyapmiz. Xitoyga qarshi o'yinda chiroyli g'alaba bilan 3 ochko qo'lga kiritishga vada beramiz.

– Yigitlarda sharoitlar, oziq-ovqatlar bo'yicha kamchilik bo'lmayaptimi?

– Aslo. Yaqin 1 hafta ichida bunaqa tomondan sira kamchilik ko'rmadik. Bizni qo'llab-quvvatlashga kelgan hamyurtlarimiz o'zlari bilan bizga milliy ovqatlarimizni olib kelishgan. Qolaversa, har kuni o'zbek taomlarini ham tayyorlab berishmoqda.

Eslatib o'tamiz, mazkur Osiyo chempionati Tokio Olimpiadasi uchun yo'llanma berishi unga bo'lgan etiborni yana bir karra oshirmoqda. Ertaga guruh bosqichi doirasida Xitoyga qarshi kechadigan o'yinimiz Toshkent vaqti bilan 18:15 da start oladi. Eslatib o'tamiz, “S” guruhidan joy olgan jamoamiz dastlabki tur eronlik tengqurlariga qarshi bahsda 1:1 hisobidagi durang natijani qayd etgan. Xitoyliklar esa Janubiy Koreyaga 0:1 hisobida imkoniyatni berishgan.


Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика