So’nggi yangiliklar

00:21Райан Гравенберх АПЛнинг энг яхши ёш футболчиси деб топилди  1 23:50Элдор Мойлиев: "Иккинчи дақиқадаёқ қизил карточка билан жазоландик ва режамиз ўзгариб кетди"  0 23:31Германия кубоги финали. "Арминия" ва "Штутгарт" ўзаро баҳс олиб бормоқда (онлайн ҳисоб)  2 23:17Эрон кубоги. "Истиқлол" "Санат Нафт"ни мағлуб этиб, финалга чиқди, Машарипов захирада қолдирилди  4 23:11ПСЖ — "Реймс". Франция кубоги финали учун таркиблар маълум  3 23:09Виталий Левченко: "Жокич ва Йовович касал. Кўплаб позицион ҳужумлар уюштирдик"  6 23:05"Милан" — "Монца". Таркиблар маълум  0 23:02Суперлига. "Сўғдиёна" ва "Бухоро" муроса кўчасини танлади  29 22:45Та "Бавария" билан шартнома имзолайди. "Байер" ҳимоячини компенсация эвазига КЖЧга қўйиб юбориш таклифини кутмоқда  0 22:30ОПЛ. "Сабаҳ" ўз уйида ғалабага эришди, Раҳмоналиев захирадан ўйинга қўшилди  0 22:25CAFA U-17 Championship 2025. Ўзбекистон бир киши кам бўлиб Қирғиз Республикасини йирик ҳисобда мағлуб этди  4 22:00"Краснодар" ўз тарихида илк бор Россия чемпиони бўлди  4 21:21Аморим Гарначога янги жамоа қидиришни айтди. Футболчи Европа лигаси финалидан кейин МЮ устозидан норози бўлганди  11 21:10Ла Лига. "Реал" сўнгги ўйинда Мбаппенинг дубли эвазига "Реал Сосьедад"ни мағлуб этди, "қироллик клуби" мавсумни иккинчи ўрин билан якунлади  31 20:59Суперлига. "Нефтчи" ўз майдонида бир киши кам "Шўртан"ни йирик ҳисобда енгди  29

Abduvohid Nematov: “Oldimizda turgan asosiy vazifa Olimpiadaga yo'llanmani qo'lga kiritish” Yangiliklar

Abduvohid Nematov: “Oldimizda turgan asosiy vazifa Olimpiadaga yo'llanmani qo'lga kiritish”

Yakunlangan futbol mavsumi omma etiboriga o'ziga xos iqtidorli va yosh futbolchilarni havola etdi.

Yangi istedodlarni kashf qilish bo'yicha “Nasaf” va “Bunyodkor” klublari boshqalarga qaraganda faolroq ko'rindi. Buning yagona sababi ularda tizimli futbol akademiyasi ishlayotgani. xususan, joriy yilda “Ajdarlar”ning asosiy posboni Umidjon Ergashev mavsum o'rtasida jarohatga olgach, murabbiy jamoadagi eng yosh kiper Abduvohid Nematovga ishonch bildirdi. Yaqinda mazkur darvozabon bilan suhbatlashib, o'zimizni qiziqtirgan savollar bilan murojaat qildik.

- Mana Abduvohid mavsum ham yakunlandi. Bu yil siz uchun ajoyib o'tgani shubhasiz. Boisi, yosh bo'lsangizda asosiy tarkib azosiga aylandingiz. Olimpiya terma jamoasida ham raqobatda ustun keldingiz. Bu boradagi taassurotlaringiz bilan o'rtoqlashsangiz...

- Men uchun joriy yil yaxshi o'tdi desam mubolag'a bo'lmaydi. Bundan ham yomon o'tishi mumkin edi. Yaratganga shukur, hammasi alo darajada o'tdi. Umuman, bunday bo'lishini kutmagan edim. Taqdir taqozosi bilan shunday bo'ldi. Lekin, hamma narsaning ortida katta mehnat yotadi. SHuningdek jamoadoshlarimning qo'llab quvvatlashi va oilam, ustozlarimning ishonchi menga qo'shimcha kuch berdi. Ularning umidini so'ngdirmaslikka harakat qildim. SHuningdek jamoamizni muntazam qo'llab quvvatlagan muhlislarimizga minnatdorchilik bildiraman. Futbol avvalo ular uchun, ularga xursandchilik ulashish uchun o'ynaladi.


- Debyut mavsumingizni o'tkazdingiz. Xo'sh debyut uchrashuvdagi hayajon , hissiyotlarni enggib o'tish qanday bo'ldi?

- Bu haqida gapiradigan bo'lsam, murabbiyimiz Ro'ziqul Berdiev AGMKga qarshi o'yindan oldin oldilariga chaqirib o'z maslahatlarini berdilar. Eng muhimi qo'rqmasdan ishonch bilan to'p tepishimni aytdilar. Hamda, darvozabonlar murabbiyi Mixail Naumov qo'limdan ko'p narsalar kelishini, faqat buni maydonda isbotlashim kerakligini tushuntirdilar. Qo'llab quvvatladilar. Ularning ishonchini oqlaganimdan xursandman. Albatta, xato va kamchiliklar bo'ldi. Xato qilmaslikning iloji yo'q. Ish bor joyda albatta kamchiliklar bo'ladi.

- Bu yil ham yoshlar, ham olimpiya terma jamoasi sharafini himoya qildingiz. Raqobatda yutib chiqish qiyin bo'lmadimi?

- Yoshlar terma jamoasida ham iqtidorli darvozabonlar ko'p. Bu jamoa bilan maqsadlarimiz ko'p. Birinchi galda yurtimizda bo'lib o'tishi rejalashtirilgan Osiyo chempionatida g'oliblik uchun kurashmoqchimiz. So'ng jahon chempionatiga yo'llanma olishni maqsad qilganmiz. Undan avval esa, olimpiya terma jamoasi bilan Tokioda bo'lib o'tadigan olimpiyadaga chiptani qo'lga kiritish asosiy vazifamiz hisoblanadi. Menimcha, milliy va olimpiya terma jamoasi tarkibida o'ynash har bir futbolchining orzusi bo'lsa kerak. Mening orzuim milliy terma jamoada to'p tepish Maqsadim yo'lida mehnat qilishdan qaytmayman. O'z ustimda ishlashdan to'xtamoqchi emasman.

- Xo'sh bir vaqtning o'zida ham klub, ham ikkita terma jamoada o'ynash qiyinchilik tug'dirmadimi?

- Albatta. Biroz charchoq alomatlari sezildi. Lekin , har bir uchrashuvga yuz foiz kuch bilan chiqdim. Qo'limdan kelganicha jamoamga yordam berishga harakat qildim.


- O'zbekiston yoshlar terma jamoasi Saudiya Arabistoni mezbonlik qilgan Osiyo chempionati saralash bosqichida qatnashdi. Xo'sh, o'tkazilgan o'yinlar futbolchilarning asl darajasini ko'rsatib berdimi? SHuningdek o'yin yakunida kelib chiqqan mojaroga munosabat bildirsangiz...

- Menimcha har bir o'yinda bor kuchimiz bilan harakat qildik. Usha vaziyatda raqib darvozaboni bizning hujumchilarni kelib turtishdi, baqirishdi. Hammasini ularni o'zi boshladi. Bahs tasviri tushirilgan videoni ko'rsangiz yana bir bor bunga amin bo'lasiz. Biz bu uchrashuvga jangovar kayfiyatda tushgandik. Maydonning har qarich eri uchun kurashdik.

- Yaqinda O'zbekiston yoshlar terma jamoasiga Temur Kapadze bosh murabbiy etib tayinlandi. Mazkur tayinlovga fikringiz...

- Temur akani avvaldan, milliy jamoada to'p tepgan paytlaridan taniymiz. Ularning o'yinlarini ko'p kuzatganman. Maqsadimizga erishish uchun oldimizda bor to'siqlarni bartaraf etishimiz lozim.

Abdulaziz Iskandarov suhbatlashdi

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика