So’nggi yangiliklar

17:03Сергей Арсланов "Сўғдиёна"да иш бошлади  0 16:39"Атлетико" президенти: "Ишончим комилки, Симеоне билан EЧЛда ғалаба қозонамиз. Нега энди йўқ? Бизда яхши жамоа бор, бироз омад етишмаяпти”  1 16:36Бешариқ туманида футбол фахрийлари ўртасида шоу учрашуви ташкил этилди  0 16:15Кес Смит "Реал"га ўтишга қарор қилди  0 15:47Индонезия терма жамоасига бош мураббий тайинланди  4 15:06"Реал" Родрини сотиб олиши мумкин  4 14:36"Ливерпуль” Эквадор терма жамоаси ҳимоячисини сотиб олмоқчи  0 14:03Рики Пуч тиззасидан олган жароҳати туфайли 2026 йилни ўтказиб юбориши мумкин  3 13:20Фонсека: "Эндрик 90 дақиқа ўйнашга тайёр эмас"  0 12:41"Атлетико" футболчиси Италияга йўл олмоқда  0 12:20"Нидерландияга қарши ЖЧ-1998 ярим финалида 32 кг га озганман"  6 12:00Бугунги ўйинлар: Каталония дербиси, "Селтик" — "Рейнжерс" ва бошқалар  0 11:50Тонали АПЛнинг топ клубига ўтиши мумкин  1 11:22Канселу "Барселона"га қайтмоқчи  2 10:22"Ювентус" "Атлетико" ҳужумчисига қизиқиш билдирмоқда  2

Abdusapi Qayumov - O'zbekiston kiberfutbolining "Legenda"si Yangiliklar

Abdusapi Qayumov - O'zbekiston kiberfutbolining "Legenda"si

Red Pen nashri kiberfutbol bo'yicha bir necha bora O'zbekiston chempioni, jahon chempionati ishtirokchisi bo'lgan "Lokomotiv" azosi Abdusapi Qayumov bilan intervyu uyushtirdi.

"Ko'proq "Bavariya", "Yuventus" kabi jamoalar bilan o'ynayman, bazida "Real"ni ham olishim mumkin. Haqiqiy futbolda "Bavariya"ga ishqibozlik qilaman, bu klub - barqaror o'yin ko'rsatadigan nemis mashinasidir.

Kiberfutbol o'yinidagi ikki bo'lim odatda 15 daqiqa davom etadi. Bu 15 daqiqa ichida miya, qo'llar va tana faol harakatda bo'ladi. Etiborni susaytirish yoki boshqa chalg'ish mumkin emas. Sovuqqon va ruhan tayyor bo'lish lozim.


2 yil har kuni kamida 4-5 soat kiberfutbol bilan shug'ullanish bilan kerakli saviyaga etishish mumkin. O'yinni tushunish, strategiyalarni o'rganish kerak. Uslublarni yo'qotmaslik uchun albatta shug'ullanish kerak. To'g'ri, o'yin ko'proq omad va iqtidorga bog'liq.

Yurtimizda so'nggi 2-3 yil ichida FIFA bilan shug'ullanuvchilar soni ko'paydi. Istiqbolli o'yinchilar bor. Aprel oyida Toshkentda MDH Kubogi - 2016 turniri bo'lib o'tdi. Musobaqaga Rossiya va Ukraina chempionlarini taklif etdik va yigitlarimiz munosib ishtirok etishdi.

Haftada bir marotaba futbol bilan shug'ullanib turaman. Sportni yaxshi ko'raman. Kiberfutbol bo'yicha mavsumiy turnirlar o'tkazganimizda taqdirlash marosimiga Ravshan Ermatov va futbol sohasidagi yulduzlarni chaqirib turamiz.

70 yoshgacha kiberfutbol bilan shug'ullanish mumkin, ammo bir-ikki yil ichida professional faoliyatimni yakunlashim mumkin.


MDH Kubogi - 2016da uchrashuvlarni sharhlash uchun rossiyalik sharhlovchini taklif qilganmiz. Kelajakda o'zimizning sharhlovchilar bo'ladi degan umiddaman. Aytgancha, bazi o'yinlarni 3 mingga yaqin muxlislar tomosha qilgan.

Tez orada O'zbekistonda kibersport federaciyasi tashkil etiladi deb o'ylayman. Kelajakda bu sohaga katta pul tikiladi.

O'tgan yili Koreya elektron sport turlari associaciyasi bu borada katta ishlar amalga oshirdi. Ammo hozircha kibersport Xalqaro Olimiya qo'mitasigacha etib borgani yo'q. Hammasi endi boshlanmoqda. Yashasak - ko'rarmiz" - deydi Abdusapi Qayumov.

Reyting: +16   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика