So’nggi yangiliklar

15:47Эрон терма жамоаси мураббийи: "Бош ҳакамнинг қарорлари фақат Эрон зарарига бўлди. Қирғизистон ҳам ҳакамдан жабр кўрганди"  10 15:19Меҳди Тареми: "Ёмон воқеалардан сабоқ олиш сизни ривожлантиради"  7 15:00U-23 Осиё Кубоги саралаш босқичи. Ўзбекистон Фаластин билан муҳим ўйинда қатнашмоқда (онлайн ҳисоб)  21 14:51Тонали Гаттузо ҳақида: "У менга айтган ҳамма нарсани қадрлайман"  1 14:23Ла Лигада август ойининг энг яхши мураббийи маълум  0 13:40"Атлетик" футболчиси антидопинг қоидасини бузгани учун 10 ойга дисквалификация қилинди  1 13:11Инфантино Эрон АҚШдаги ЖЧда қатнашишига кафолат берди  3 12:45Эшитдик-да! "Бунёдкор" "Олимпия" стадионида ўйнайди  9 12:21"Истиқлол" бош мураббийи Ашурматов ва Машариповнинг жароҳати ҳақида тўхталди  1 11:52Жанни Инфантино: "Шавкат Мирзиёевнинг футболга бўлган муҳаббати сўнгги икки йил ичида янада кучайганини кўриб хурсанд бўлдим"  4 11:25Эронлик эксперт: "Юсуфи майдондан тўғри четлатилди, Алижонов ва пенальти бўйича қарор ҳам ўринли, бироқ..."  44 10:41Испания терма жамоаси ҳужумчи бир ойга сафдан чиқди  1 10:05Луис Суарес Лига кубоги финалида рақибига тупургани учун МЛСда учта ўйинга дисквалификация қилинди  5 09:38Расман. АПЛдаги илк истеъфо содир бўлди  9 08:55Бугун U-17 терма жамоамиз Марокашга қарши майдонга тушади  5

"Metallurg" bilan amaldagi shartnomasi, jarohatdan so'ng tiklanish jarayoni, mundialda qaysi terma jamoaga muxlislik qilayotgani haqida - yosh hujumchi Asilbek Qayumov bilan suhbat Yangiliklar

"Metallurg" bilan amaldagi shartnomasi, jarohatdan so'ng tiklanish jarayoni, mundialda qaysi terma jamoaga muxlislik qilayotgani haqida - yosh hujumchi Asilbek Qayumov bilan suhbat

2022 yilgi mavsumni Bekobodning "Metallurg" klubi safida o'tkazgan yosh hujumchi Asilbek Qayumov bilan saytimiz muxbiri intervyu tashkilladi.

- Asilbek, ortda qolgan mavsum siz uchun qanday o'tdi?

- Jarohat tufayli mavsumni ikkinchi qismidan boshlab futbolga qaytdim. Yozgi tanaffus vaqtida menga "Metallurg" klubidan chorlov bo'ldi va jamoa safiga qo'shildim. Klub murabbiylari menga U-21 jamoasida imkoniyat berishdi. Ilk o'yindayoq gol kiritganim menga qo'shimcha kuch berdi. Yangi jamoa, yangi muhitga moslashib ketish jarayoni qiyin kechmadi, juda tez kirishib ketdim. “Metallurg" (U-21) jamoasi bilan mavsumni 4-o'rinda yakunladik. Men maydonga tushgan barcha o'yinlarimda jamoa uchun borimni berib harakat qildim. Aynan yoshlar jamoasidagi o'yinlar jarohatdan so'ng tiklanib olishimga katta xizmat qildi.

- Siz mavsumning bir qismini jarohat bilan o'tkazdingiz. Davolanish va katta futbolga qaytish. Bu jarayonlar qanday kechdi?

- Jarohatdan so'ng davolanish, tiklanish jarayoni oson kechmadi. Bilasizmi, xatto og'riq nima sababdan kelib chiqayotganini aniqlash uchun ko'p vaqt ketib qoldi. 5-6 oy davomida mendagi jarohatning asl sababi malum bo'ldi. SHundan so'ng 15 kun davolanish kurslarini oldim va mashg'ulotlarga qaytdim. Mening xolatimni to'g'ri tushungan "Metallurg" klubi rahbariyatiga va murabbiylar shtabiga o'z minnatdorchiligimni bildiraman. Ular menga to'g'ri yo'l ko'rsatishdi va shu orqali katta futbolga qaytdim. 

Ortda qolgan tiklanish davri davomida ota-onam va yaqinlarimning menga bo'lgan ishonchini yanada ko'proq his qildim. Ularning ishonchlari menga dalda bo'ldi. Hozir yangi mavsumni sabrsizlik bilan kutyapman. Nasib bo'lsa yangi mavsumda "Metallurg"ning g'alabalariga o'z hissamni qo'shmoqchiman.

- Mundialda qaysi terma jamoaga muxlislik qilayapsiz?

- Bu yilgi jahon chempionati nazarimda avvalgilaridan ham qiziqarli o'tayapti. Men ushbu mundialda Angliya terma jamoasiga muxlislik qildim. 

- Sobiq jamoangiz "Turon" joriy mavsum yakunlariga ko'ra Superliga yo'llanmani qo'lga kiritdi. Yangi mavsumda Yaypan klubidan qanday natijalarni kutayapsiz?

- "Turon" uchun juda ham xursand bo'ldim. Ular o'z oldidagi vazifani qiyinchilik bilan bo'lsa ham uddalashdi. Klubda futbol uchun yaratilgan sharoit alo darajada. Men bularning barchasini yaqindan bilaman. "Turon" professional klub sifatida meni katta futbolga olib kirgan. Yaypanda 4 yil davomida o'ynadim va o'z uyimdek bo'lib qolgan. "Turon"ga yangi mavsumda omad tilayman va sovrinli o'rinlarni qo'lga kiritishlariga tilakdoshman.

- "Metallurg" bilan qancha muddatlik kelishuv shartnomasi imzolagansiz?

- Klub bilan bir yarim yillik muddatga mo'ljallangan shartnoma imzolaganmiz.

- Yangi mavsumda o'z oldingizga qo'ygan maqsadlaringiz qanday?

- Yangi mavsumda bajarishim lozim bo'lgan ko'plar maqsadlarim bor. Nasib bo'lsa Superliga o'yinlarida maydonga tushib jamoamiz g'alabasi uchun gollar urmoqchiman. Menga ishongan yaqinlarim va klubimiz murabbiylarining ishonchlarini oqlashni maqsad qilganman. 

- Sizningcha, hozirda o'zbek futbolida eng kuchli hujumchi kim?

- Hozir O'zbekiston milliy chempionatlarida ko'plab nomlar, iqtidorli va mahoratli hujumchilar bor. Men bu borada Temurxo'ja Abduxoliqovni ko'rsatgan bo'lardim, undan o'rgansa bo'ladigan jihatlar ko'p.


Bekzod Tolibov yozib oldi

Reyting: -1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика