So’nggi yangiliklar

13:06"Спортинг" Гёкерешни Суарес билан алмаштирмоқчи  0 13:05U-16 халқаро турнири. Ўзбекистон Японияга қарши баҳс юритмоқда (онлайн ҳисоб)  1 12:39Файзуллаевнинг мураббийи: "Аббос ўзи учун тўғри қарор қабул қилади"  1 12:18Марко Верратти Қатарда жамоасини ўзгартирди  0 11:50"Комо" таркибни кучайтиришда давом этади. А Серия клуби "Селтик" юлдузини 19 млн еврога сотиб олмоқчи  4 10:50Ўзбекистон МТЖ аъзосига Туркия клуби қизиқиш билдирмоқда  4 10:24Мусиала операция қилинди  7 09:53“Навбаҳор“ футболчиси ОКМКга ўтди  2 09:22“Пахтакор“ вингери фаолиятини “Андижон“да давом эттиради  9 08:51Ўзбекистон U-16 терма жамоаси Японияга қарши баҳс олиб боради  6 08:20“Пахтакор“ Муҳаммадали Ўринбоевнинг трансферидан қанча ишлаб олди?  9 08:00Суперлига-2025. “Нефтчи” - “Хоразм” 2:0  0 07:48Анхель Ди Мария янги жамоаси билан шартнома имзолади  0 01:12Суперлига-2025. Биринчи давранинг эсда қоларли лаҳзалари  1 00:45IBA раҳбари Кремлёв Смоловнинг жанжали ҳақида: "Футболчиларнинг интизоми билан боксчилар шуғулланиши керак"  0

Abdusamad Do'rmonov: “Pley-offda menimcha “So'g'diyona” g'olib chiqadi” Yangiliklar

Abdusamad Do'rmonov: “Pley-offda menimcha “So'g'diyona” g'olib chiqadi”

Xabaringiz bo'lsa kerak, bugun Olmaliq shahrida kelasi yil oliy ligada ishtirok etuvchi huquqni beruvchi pley-off bahsi o'tkaziladi.

Unda oliy liganing 15-o'rindagi jamoasi “So'g'diyona” bilan birinchi ligada 2-o'rinni band etgan “Oq-tepa” kuch sinashadi. Bo'lajak bahs oldidan taniqli mutaxassis Abdusamad Do'rmonovga murojaat qilgan xolda fikrlarini bilishga qiziqdik.

- Har ikki jamoa uchun g'alaba ilinjida maydonga tushishi aniq. “So'g'diyona” so'nggi yillarda elitada ishtirok etib kelmoqda. Ularda raqibga nisbatan tajriba katta. SHuning evaziga ham jizzaxliklar katta extimol bilan g'alaba qozonadi deb o'ylayman.  

- Bu ko'proq ruhiy xolatga ham bog'liqdir. Sababi “Buxoro”dan o'z uyida uchralgan alamli mag'lubiyatdan so'ng istaysizmi yo'qmi yigitlarda ruhiy “sinish” bo'ladi. Bosh murabbiy Davron Fayziev bu tomondan jamoasini qay tariqa tayyorlay olganini o'yin ko'rsatadi.

- “Oq-tepa”ga keladigan bo'lsak, ularda o'yinga qadar puxta tayyorgarlik ko'rish uchun etarlicha vaqt bo'ldi. Jamoa safida ilgari oliy ligada o'ynagan futbolchilar bo'lsada, ularning vaqti o'tgan menimcha. Tarkibdagi ko'p yigitlar yoshlarni tashkil etadi. Lekin tajriba qo'l kelishi ham mumkin. Boz ustiga jamoa oldiga kuchlilar safiga chiqish vazifasi qo'yilgan. Astoydil o'ynashi turgan gap.

- Fikrimcha jizzaxliklarning imkoniyati yuqori. Qolganini vaqt ko'rsatadi.


Islombek Rustambekov suhbatlashdi.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика