Abdusamad Do'rmonov: "Neftchi"ning maqsadi har bitta o'yinda g'alaba qozonish va Superliga yo'llanmasi uchun kurashish"
03 iyu 2020 23:03
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/578681_original.jpg)
![](/upload/storage/578681_220.jpg)
Abdusamad Do'rmonov: "Neftchi"ning maqsadi har bitta o'yinda g'alaba qozonish va Superliga yo'llanmasi uchun kurashish"
PRO liganing 1-turidan o'rin olgan "Neftchi" - "Dinamo" (1:0) uchrashuvidan keyin mezbonlar bosh murabbiyi Abdusamad Do'rmonov o'z fikrlarini bildirdi.
"CHempionatdagi birinchi o'yin bo'lgani uchun hayajon bo'ldi. Startdagi uchrashuvlarda kimda xohish kuchli bo'lsa va xarakter ko'rsata olsa o'sha jamoa g'olib bo'ladi. Mazkur bahsga tayyorgarlik ko'rish jarayonida reja ishlab chiqqan edik. O'ylaganlarimiz qaysidir manoda o'xshadi. Futbolda xohish, shijoat va istak kuchli bo'lmasa qiyin. Futbolchilarga rahmat. Muhimi birinchi uch ochkoni qo'lga kiritdik va g'alaba qozondik.
Maqsadimiz har bitta o'yinda g'alaba qozonish va Superliga yo'llanmasi uchun kurashish",- deydi Abdusamad Do'rmonov.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar