Abdusamad Do'rmonov: "Durang o'yinga mos bo'ldi"
28 okt 2020 18:59
Yangiliklar
Abdusamad Do'rmonov: "Durang o'yinga mos bo'ldi"
Pro liga 14-turdan o'rin olgan "Neftchi" - "Turon"(1:1) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Abdusamad Do'rmonov fikrlarini bildirib o'tdi.
"O'yinning umumiy suratini olib qarasak, ha og'ir bahs bo'lishini bilardik. "Turon" jamoasi ham Superligaga yo'llanma olish uchun kurashmoqda. Birinchi bo'limda o'ylaganlarimiz o'xshamadi, maydon markazida oddiy holatlarda to'pni yo'qotdik. Ikkinchi bo'limda o'yinni o'zgartirishga harakat qildik, kerakli zaxiralarni amalga oshirdik. Birinchi bo'limga qaraganda biroz bo'lsada yaxshiroq to'p tepdik. Oxirigacha kurashdik va yakunda hisobni tenglashtirdik. Durang o'yinga mos bo'ldi",- deydi Abdusamad Do'rmonov.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" бор аламини "Монако"дан олди
ЕЧЛ. "Барселона" бироз асабий ўтган ўйинда "Славия"ни мағлубиятга учратди
Саудиянинг "Ал-Аҳли" клуби Винисиус Жуниорга 1 миллиард евро миқдорида шартнома таклиф қилмоқчи
2024/2025 йилги мавсумнинг энг сердаромад 20 та футбол клуби эълон қилинди
Fikrlar