So’nggi yangiliklar

17:40Сайфиев ва Ҳамробековлар терма жамоа машғулотида иштирок этишмади  0 17:27Каннаваро: "Тимур Кападзе билан ўйин фалсафаларимиз ўхшаш"  4 17:23Ҳожимат Эркинов: "ОКМКда катта футболга мослашганман"  0 17:06Фабио Каннаваро Турғунбоев ва Эшмуродовнинг йиғинга чақирилишига изоҳ берди, МТЖда икки нафар футболчи жароҳат олган  8 17:03"Унда ўзбек футболчилари ҳақида кўп маълумот бор" - Фабио Каннаваро Тимур Кападзенинг ёрдамчи бўлиши ҳақидаги саволга жавоб қайтарди  7 16:40"Нефтчи" – "Андижон" ва "Бунёдкор" – "Насаф" учрашувларида пенальти ҳолатлари бўлганмиди? 24-турдаги ҳакамлик таҳлили  3 16:21"Реал" ТВ Родригонинг жарима майдонида йиқилиши ҳақида: "Трансляция контакт пайтида бошқа кадрга ўтиб кетди"  4 16:02Ҳожимат Эркинов: "Бундан футболчи чиқмайди, бўйи паст" деб айтганлар бўлган"  0 15:43"Наполи" Неймар билан шартнома имзоламоқчи бўлган экан  0 14:57Терма жамоага яна икки футболчи чақирилди  7 14:26Бугун Осиёда ЖЧ-2026 саралашининг тўртинчи босқичига старт берилади  12 14:02Оқ ёки кўк? Ўзбекистон терма жамоаси Кувайтга қарши қайси рангдаги формаларда ўйнаши маълум бўлди  7 13:26Жеррард Трентнинг "Реал"га кетиши ҳақида: "Мен бундай қилмаган бўлардим. Нималар қилаяпсан ўзи?"  13 12:54МЮ футболчиси жамоани тарк этмоқчи  1 12:25Жеррард: "Руни бир ўзи рақибнинг бутун бошли ҳимоясига босим ярата оларди"  2

Abdusamad Do'rmonov: "Bunday o'yinlarda ishtiyoq va xohish kuchli bo'lishi kerak" Yangiliklar

Abdusamad Do'rmonov: "Bunday o'yinlarda ishtiyoq va xohish kuchli bo'lishi kerak"

Pro liga 15-turdan o'rin olgan "SHo'rtan" - "Neftchi"(1:2) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Abdusamad Do'rmonov fikrlari bilan o'rtoqlashdi.




"O'yin qiyin bo'lishini oldindan bilgan edik. Bunga qadar uch marotaba "SHo'rtan" bilan to'qnash kelgan edik. O'yin sifatini olib qaraydigan bo'lsak koncentraciyani va to'pni yo'qotdik. Uchrashuvdan oldin yigitlarga barchasini tushuntirgandik. Bunday uchrashuvlarda ishtiyoq va xohish birinchi o'rinda turishi kerak. Urgan gollarimiz bizga biroz bo'lsada ishonch berdi. Oxirgi daqiqalarda darvozamizdan to'p olib chiqdik, kuchli bosim yuzaga keldi. Yigitlarni g'alaba bilan tabriklayman",- deydi Do'rmonov.

- "Neftchi" bu tarkibi va ko'rsatayotgan o'yini bilan Superligaga qayta oladimi?
- Oldinda yana beshta uchrashuv bor. Agarda shu zayilda davom eta olsak, xohish va ishtiyoq kuchli bo'lsa Superliga yo'llanmasini qo'lga kiritishimiz mumkin. Lekin oson bo'lmaydi. Jamoa oldiga maksimal vazifa qo'yilgan.

- Mansur Saidov bu yil faoliyatini tugatadimi yoki davom ettiradimi?
- Mansur Saidov tajribali futbolchi. Maydonda bo'lgan vaqtda tajribasidan kelib chiqib ko'p narsa bermoqda. Oldinda hamma narsa bo'lishi mumkin. SHuningdek uning xohishiga ham bog'liq.

- "Mashal" Superligaga qaytdi bu mavsum. Ammo oxirgi turlarga bora olmasligi haqida gaplar tarqalddi. "Neftchi" Superligaga aniq maqsad bilan qaytadi. Klubning hozirgi moddiy holati qanday?
- Muborak jamoasi haqida gapirish mening vakolatim emas. Men u erda nimalar bo'layotganini bilmayman. "Neftchi" Superligada ko'p yillar davomida ishtirok etgan. Jamoani Superligada ishtirok etishini istayotgan ko'plab muxlislar bor. Bu ham jamoaga motivaciya beradi. O'ylaymanki hammasi yaxshi bo'ladi. Qolganini vaqt ko'rsatadi.

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика