So’nggi yangiliklar

11:00“Милан“ юлдузини “Ливерпул“га битта шарт билан сотишга тайёр  0 10:48Аброр Пирриев допинг текшируви ўтказиш учун допинг офицерларини жамоамиз истиқомат қилаётган меҳмонхонага ташрифи борасидаги саволга жавоб берди  5 10:36“Ал Ҳилол“ ТОП форвардга йига 40 миллион евро таклиф қилди  0 10:11Халқаро спорт тадқиқотлари маркази (CIES) энг қиммат футболчилар рейтингини янгилади  4 09:44Ўтган мавсум А Серияда 11 та гол урган ҳужумчи фаолиятини “Рома“да давом эттириши мумкин  0 09:17УEФА Чемпионлар Лигасининг янги мавсумида “Барселона“ни очколардан маҳрум қилиши мумкин  18 08:50Goal «Олтин тўп»ни ютишга даъвогарлар рейтингини янгилади. ПСЖнинг уч нафар футболчиси ТОП-10 га илк бор киришди  11 08:23“Реал Мадрид“ яна бир трансфер бўйича ишни якунлади  14 07:56Бугун Ўзбекистон ОТЖ Францияга қарши баҳс олиб боради  9 07:23БАА Спорт вазирлиги "Ҳаммамиз оқлар тарафидамиз" кампаниясини ўтказмоқда: Спорт федерацияларига бепул чипталар тарқатиляпти  31 00:44Сон Хён Мин "Тоттенхэм"ни тарк этиши ва Саудия клубига ўтиши мумкин?!  1 00:19Лука Модрич янги клуби билан қачон шартнома имзолайди?  1 23:44"Тоттенхэм" янги уй либосини тақдим этди  2 22:42Инзаги "Ал Ҳилол"да қанча маош олади?  3 22:07ПСЖ украиналик футболчини ўз сафига қўшиб олмоқчи, аммо...  2

Abdusamad Do'rmonov: “Bu yil oliy ligaga to'g'ridan-to'g'ri “Obod” chiqsa kerak” Yangiliklar

Abdusamad Do'rmonov: “Bu yil oliy ligaga to'g'ridan-to'g'ri “Obod” chiqsa kerak”

Teglar :  Abdusamad Do'rmonov
Birinchi liga o'yinlarining ham poyoniga etishiga ikkita tur o'yinlari qoldi. Aniqrog'i 7 noyabr kuni barcha masalaga oydinlik kiritiladi.

Muxlislarga yaxshi malumki bu yil 1-o'rinni egallagan jamoa to'g'ridan-to'g'ri elitaga yo'l oladi. 2-o'rin sohibi esa reglamentga ko'ra oliy liganing 15-o'rindagi jamoasi bilan pley-off bahsida maydonga tushadi. Ayni damda birinchi liganing ikkita klubi 1-o'rin uchun jiddiy kurashmoqda. “Oq-tepa” va “Obod” o'rtasidagi ochkolar farqi 1tani tashkil etmoqda. Xo'sh, 1-o'ringa bo'lgan imkoniyat kimda yuqoriroq? SHu va boshqa savollarga javob olish maqsadida o'z vaqtida birinchi ligada faoliyat yuritgan Abdusamad Do'rmonov bilan suhbatlashdik.

- Abdusamad aka, birinchi liga o'yinlari ham hademay poyoniga etadi. Nima deb o'ylaysiz, 1-o'rin qaysi jamoaga nasib etarkin?
- Avvalo birinchi ligada ham huddi oliy ligadagi kabi intriga avj olgani ijobiy xol ekanligini takidlab o'tgan bo'lardim. Haqiqatdan ham 1-o'rin egasi katta extimol bilan so'nggi turda aniq bo'ladi. “Oq-tepa” va “Obod” o'zi ishtirok etayotgan chempionatning haqiqiy top klublaridir. SHaroit va tarkib jihatdan ular boshqalardan bir pog'ona ustundir. Savolingizning asosiy qismiga keladigan bo'lsak, menimcha “Obod” bu yil oliy ligaga to'g'ridan-to'g'ri yo'l olsa kerak. Uning qolgan ikki raqibi bu – “Xotira-79” bilan “Kosonsoy”dir. “Oq-tepa” esa “Mashal-2”ni qabul qilib, so'ngra “Xorazm” maydoniga safar uyushtiradi. Urganchliklar ham yaxshi jamoa. Ular ham bejizga 4-o'rinda borayotganini isbotlash uchun so'nggi turda jiddiy qarshilik ko'rsatadi deb o'ylayman. Yana kim biladi deysiz. Bu – futbol. Unda hamma narsa bo'lishi mumkin.

- Poytaxtning ushbu ikki klubini joriy mavsum kuzatdingizmi? O'yin borasida ular qanday?
- Yo'q, unchalik ko'p ham kuzatish imkoni bo'lmadi. “Yozyovon-Lochinlari” jamoasini boshqarayotganimda o'z maydonimizda “Oq-tepa” bilan o'yinda ko'rgandim bu jamoani. “Obod” bilan esa qishda sinov-nazorat bahsida maydonga tushgandik. O'shandayoq bilgandim ularning jamoaviy o'yini yaxshi shakllanganligini.

- Agarda “Oq-tepa” siz aytgandek 2-o'rinni egallasa ular keyin oliy liganing 15-o'rindagi jamoasi bilan pley-off bahsida ishtirok etadi. Bu borada ularning imkoniyati qanday deb o'ylaysiz?
- Elita bilan birinchi liganing farqi bor. To'g'ri, “Oq-tepa” tarkibida ham ilgari bir necha yil oliy ligada o'ynagan yigitlar jamlanishgan. Ammo bugungi kunda oliy liga klublari baribir kuchliroq.

- Umuman olganda bu yilgi birinchi liga chempionati haqida fikringiz qanday?
- Bu erda ham 4ta klub jiddiy kurashmoqda. Yuqorida nomlari keltirib o'tilgan Toshkent klublaridan tashqari “UzDongJu”, “Xorazm” va “NBU-Osiyo” ham yaxshi jamoalardir. SHuningdek “Zomin” ham. “Bankirlar”ning oldiga elitaga chiqish vazifasi qo'yilmagan bo'lsada, ular doim etakchilarga jiddiy qarshilik ko'rsatib keladi. Qolgan klublarning saviyasi deyarli bir xil deyish mumkin.

- Sobiq jamoangiz “Yozyovon-Lochinlari”ning o'yinlarini kuzatib boryapsizmi?
- Deyarli yo'q. Birgina “Mashal-2”ga qashi o'tkazgan bahsiga borib ko'rib keldim. Jamoa debyutant sanaladi. Yigitlar ikkinchi bosqichda yanada o'sishga erishdi deb o'ylayman. Birinchi mavsumidayoq 8-o'rinni egallash menimcha yomon natija bo'lmasa kerak. Mavsum boshida bir qator muammolar yuzaga kelgandi. Endilikda esa hammasi iziga tushib borayotir. Nima bo'lganda ham bu jamoaga omad tilayman.

- Ayni dam o'zingiz qanday yumushlar bilan bandsiz?
- Uydaman. Dam olyapman. Yashirishni keragi yo'q, takliflar bo'lishini kutyapman. Qaysidir jamoa xizmatimga extiyoj sezsa, yordam berishga tayyorman. Murabbiyning qismati shu ekanda, bugun kimgadir keraksan, ertaga esa aksincha.


Islombek Rustambekov suhbatlashdi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика