Abdusamad Do'rmonov: "Durang o'yinga mos bo'ldi"

Aslanov Jasurbek
28 okt 2020
Pro liga 14-turdan o'rin olgan "Neftchi" - "Turon"(1:1) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Abdusamad Do'rmonov fikrlarini bildirib o'tdi.

"O'yinning umumiy suratini olib qarasak, ha og'ir bahs bo'lishini bilardik. "Turon" jamoasi ham Superligaga yo'llanma olish uchun kurashmoqda.  Birinchi bo'limda o'ylaganlarimiz o'xshamadi, maydon markazida oddiy holatlarda to'pni yo'qotdik. Ikkinchi bo'limda o'yinni o'zgartirishga harakat qildik, kerakli zaxiralarni amalga oshirdik. Birinchi bo'limga qaraganda biroz bo'lsada yaxshiroq to'p tepdik. Oxirigacha kurashdik va yakunda hisobni tenglashtirdik. Durang o'yinga mos bo'ldi",- deydi Abdusamad Do'rmonov.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia