Abdurauf Bo'riev: "Raqibning chuqur himoyaviy o'yin namoyish etishini kutgandik"
02 iyu 2022 13:04
Yangiliklar


Abdurauf Bo'riev: "Raqibning chuqur himoyaviy o'yin namoyish etishini kutgandik"
O'yindan so'ng jamoamiz o'yinchisi Abdurauf Bo'riev bahs haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
— Dastlabki o'yin har doim qiyin ruhda o'tgan. Turkmaniston yaxshi qarshilik ko'rsatdi. Biroz qiyinchiliklar bo'ldi, lekin muammolarni sekin-asta engib o'tamiz.
— Raqibning bu darajada qarshilik ko'rsatishini kutganmidingiz?
— Albatta, raqibning chuqur himoyaviy o'yin namoyish etishini kutgandik. SHunga yarasha tayyorgarlik ko'rdik.
— Bugun futbolchilar erkin o'yin namoyish etishdi. Jamoaviy kombinacion o'yindan ko'ra, o'yinchilarning o'zlari vaziyatlarni yakunlashga harakat qilishdi. Murabbiy shunday ko'rsatma berganmidi yoki raqib shuni taqozo etdimi?
— Raqib bizni shunga majbur qildi. Albatta, murabbiyning ko'rsatmalarini ham bajarishga harakat qildik. Lekin raqib qarshiligi tufayli o'zimiz kutgandek o'yin namoyish etolmadik.
— Bir vaziyatda to'pni oldirib qo'ydingiz hamda raqib darvozabon bilan deyarli birga-bir vaziyatga chiqib borib, zarba ham yo'lladi. Yaxshiyamki, vaziyat bartaraf etildi. Agar o'shanda gol o'tkazib, natija ko'ngilsiz yakunlanganda, tanqidlardan cho'chimasmidingiz?
— Tanqidlarga ahamiyat bermaslik lozim. Aks holda bu narsa psixologik jihatdan salbiy tasir o'tkazadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar