So’nggi yangiliklar

13:59"Реал" ТВ ЧЛ 1/8 финали ҳақида: "Атлетико" - ВАР ишга тушганидан кейин ҳакамлар энг кўп ёрдам бераётган жамоа"  10 13:30Назорат учрашуви. "ФарДУ" Тошкентда "ОшМУ Алдаер"дан устун келди  2 12:58Неймар "Ал Ҳилол"да сотиб олган қиммат машиналарини Бразилияга олиб келолмайди  4 12:17"Тоттенхэм" медиа олами вакилларидан уларни "Тоттенхэм Хотспур" ёки "шпорлар" деб аташини сўради  3 10:57Баҳодир Қурбонов: "Биринчи қадамни футболни рақамлаштиришдан бошлаймиз"  9 10:50Футбол тарихидаги энг яхши ўнг қанот ҳимоячилар рейтинги тузилди (Топ-15)  25 10:21Расман: Баҳодир Қурбонов — Ўзбекистон футбол Ассоциацияси янги президенти  16 10:18«Нефтчи» мухлисларга қулайлик яратиш учун йиллик абонемент сотувини бошлади  9 09:50Гвардиола ҳимоячиларининг жароҳати ҳақида фикр билдирди  9 09:13Ислом Исмоилов: «Мақсадимиз ҳар бир футболчимизни Осиё кубогига оптимал ҳолатда тайёрлаш»  5 08:46Довбикнинг жароҳати ҳақида маълумот берилди  8 08:18Саудия клублардан бири Винисиус Жуниор трансфери бўйича аниқ сумма таклиф қилди  16 07:55«Челси» А Серия футболчиси учун 80 миллион евро тўлашга тайёр  3 07:29АПЛ. 26-турнинг илк баҳсида йирик ҳисоб қайд этилди  1 01:30"Goal" ЕЧЛ учун асосий даъвогарлар рейтингини тузди  15

Abdurashid Ismoilov: “Lokomotiv” bilan o'yinga ham jiddiy tayyorgarlik ko'ramiz” Yangiliklar

Abdurashid Ismoilov: “Lokomotiv” bilan o'yinga ham jiddiy tayyorgarlik ko'ramiz”

O'zbekiston Kubogining 1/16 final bosqichidan o'rin olgan “UzDongJu” – “SHo'rtan”(1:0) uchrashuvidan so'ng mezbonlar ustozi Abdurashid Ismoilov o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

- Bugun mana oliy liga jamoasiga qarshi o'ynadik. Uchrashuvdan oldin yigitlar yuqori suratda tayyorgarlik ko'rgandi. Natijada g'alaba qozondik. Albatta bundan xursandman. Bugungi g'alabada stadionga kelib bizni olqishlab turgan ishqibozlarimizning ham hissasi katta bo'ldi deb o'ylayman. Futbolchilarim “SHo'rtan”ga qarshi o'yin oldidan jismoniy va texnik tomonlama astoydil o'z ustida mashg'ulotlarda ishladi. SHuning uchun bugun ishonchli g'alabaga erishdik. SHogirdlarimga minnatdorchilik bildiraman.

- Raqib jamoadan bugun jiddiy qarshilikni kutgandim. CHunki “SHo'rtan” mamlakatimizda o'z o'rniga ega bo'lgan klublardan biridir. Qolaversa bu jamoada iqtidorli va mahoratli futbolchilar jamlanishgan. Yakunda shunday ham bo'ldi.



- Keyingi bosqichda “Lokomotiv” bilan o'ynaydigan bo'ldik. Bo'lajak bahsga ham astoydil tayyorgarlik ko'ramiz. Bu klub ham barchaga yaxshi malum mamlakatimizdagi grand jamoalardan biri. Jamoamiz uchun chempionat oldidan yana bir bor sinov bo'ladi. Bor kuchimizni ishga solamiz. Jamoamiz uchun daras bo'ladi deb o'ylayman. Albatta chempionat starti oldidan oliy liga klublari bilan tengma-teng o'ynash futbolchilarimga ruhiy ustunlikni taqdim etadi.

- Bugun Asror Rahmonov, Xayrullo Qodirov va Jahongir Dadaboev kabi yangi futbolchilar jamoamiz tarkibida debyutini o'tkazishdi. Albatta hamma ko'rdi ularning jamoamizning g'alabasiga o'z hissasini qo'shganini. Yangi futbolchilar jamoaga kirishib ketdi deya olaman.   

- Yangi mavsumga tayyorgarlik qoniqdim. 3 aprel kuni biz uchun chempionat boshlanadi. Unga qadar Kubok doirasida oliy liga klublariga qarshi o'ynamoqdamiz. Menimcha bu biz uchun foydali. Yigitlar o'zlariga bo'lgan ishonchni yanada his qiladi deb o'ylayman.

Islombek Rustambekov.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика