Abdurahmon Yumangulov: “Bolalar murabbiylari juda kam maosh oladi”
08 jan 2014 15:09
Yangiliklar

Abdurahmon Yumangulov: “Bolalar murabbiylari juda kam maosh oladi”
Qashqadaryo futbolida o'ziga yarasha xurmat va extirom qozongan murabbiylardan biri Abdurahmon Yumangulov murabbiylik faoliyati orqali sezilarli natijalarga erishgan desak mubolag'a bo'lmaydi.
Bu yil 53 yoshini qarshi oladigan mutaxassis futbolning turli sohalarida ishlab ko'rdi. Ayollar futbolidan tortib, mini futbolgacha. Bugungi kunga kelib esa “Mashal”da mehnat qilmoqda. Muborakdagi safarimiz chog'ida Abdurahmon Rafaelovich bilan ham uchrashdik. Keng mulohazaga ega bo'lgan murabbiy bizni akademiyadagi o'z xonasiga taklif etdi va barcha savollarimizga javob berdi.
- Abdurahmon Rafaelovich, ayni paytda “Mashal” klubida faoliyat yuritib kelmoqdasiz. Bu erda sizning zimmangizga qanday vazifalar yuklatilgan?
- Hozir “Mashal” futbol akademiyasida direktor sifatida mehnat qilmoqdaman. Qo'l ostimda 5ta murabbiy bor va tabiiyki ularning barchasida tegishli licenziyalar mavjud. O'z navbatida o'sib kelayotgan yosh murabbiylarga ham bilganlarimizni o'rgatib bormoqdamiz. Bundan tashqari “Mashal” ayollar futboliga ham masul etib tayinlanganman. Qiladigan ishlarim ko'p.
- Kecha murabbiy sifatida ishlab yurgan mutaxassis bugunga kelib kresloda o'tirsa qanday bo'lar ekan?
- Hozirgi ishim o'zimga yoqadi. Ko'p yillardan buyon murabbiy sifatida bir nechta klublarda ishladim. Hozir esa bolalar futbolidaman. Bu erda ish u qadar og'ir emas. CHidasa bo'ladi. Balki menga shunday tuyulayotgandir. Ertalab ishga kelaman, murabbiylarga topshiriklar beraman. Yaqinda noutbuk oldim. Endi asta-sekin internetdan malumotlar olib, bilmaganlarimni o'rganmoqdamanman. SHuningdek akademiyaning tashkiliy ishlari bilan shug'ullanaman.
- “Mashal”ning birinchi ligaga tushib ketgani natijasida ko'pchilik akademiyaning ham reytingini pastlatib yubordi. Bu borada siz qanday fikrdasiz?
- Bilmadim, balki boshqalarga shunday tuyulayotgan bo'lishi mumkin. Lekin akademiyadan bir qator iqtidorlar etishib chiqmoqda. Buni o'smirlar va yoshlar terma jamoamizga jalb etilayotgan “mashalchilar”ning sonidan ham bilib olsa bo'ladi.
- Akademiyaning qanday ishlayotganini shundan ham bilib olsa bo'ladi?
- Albatta, barcha akademiyaning vazifasi bitta. U ham bo'lsa terma jamoalarga munosib nomzodlarni etishtirib berish. Bizning asosiy maqsadimiz shu.
- Siz rahbarlik qilayotgan akademiyadagi bolalarning eng yoshi nechchini tashkil qiladi?
- Bu yil eng yosh guruhni 2003-2004 yilda tavallud topgan futbolchilar tashkil etdi. Bilasizmi Muborakda qobilyatli yigitlar ko'p. Buni yaqin yillar davomida isbotlashimiz kerak.
- Akademiyada futbolchilarning mashg'ulot o'tkazish va ilmiy talim olishi qay tarzda yo'lga qo'yilgan?
- Biror guruh ertalab maktabdagi kabi o'qisa, tushlikdan so'ng mashg'ulotga chiqadi. Bu narsa guruhlarning dars jadvaliga bog'liq. Yakshanba kuni esa odatdagidek dam olish bo'ladi. CHorak dam olish kunlarida esa viloyatdan kelganlarga uyiga borib kelishi uchun tatil beramiz.
- Bugungi kunga kelib akademiyaga viloyatdagilarning qiziqishi qay darajada bo'lmoqda? Misol uchun vodiyda ilgari ko'pchilik Muborakdagi akademiyaga oshiqardi?
- Avvalgidek bo'lmasa ham qiziqish bor lekin. Biz oxirgi yillarda akademiyaning o'zagini qashqadaryolik bolalar tashkil etishini, keyinchalik muboraklik yosh futbolchilar taxsil olishini rejalashtirganmiz. Buni asta-sekin amalga oshirib boramiz. CHunki Muborakdek kichik shaharchada ham iqtidorlilar etishib chiqmoqda.
- Hozirgi kundagi bolalarning bor etibori faqat futbolga qaratilgan deyish mumkinmi?
- Yo'q, unday deb bo'lmaydi. Ilgari shunaqa edi. Futbolchi bo'lishni orzu qilgan bolakay maqsadiga etishish uchun faqat shu haqda o'ylardi. Sport bilan shug'ullangan. Hozirga kelib esa telefon va internetga berilib ketishgan. SHuning uchun ham oldingi bolalar jismonan baquvvat edi.
- Bolalar murabbiylari haqida qanday fikrdasiz?
- Bizda hozir bolalar futboli murabbiylari juda kam. Ko'plab murabbiylar xorijga ketishgan ishlagani. Endi esa yosh murabbiylar yo'q. Oldin bu borada tizim bo'lgan. Hozir esa hamma birinchi liga va oliy liga klublarida ishlashni istaydi. CHunki bolalar murabbiylari juda kam maosh olishadi. SHu sababli ham ular yuqorini ko'zlaydi. Avvalo shu murabbiylarga etarlicha sharoit bo'lishi kerak. CHunki futbolning eng boshi shu bolalar murabbiyidan boshlanishini unutmaslik darkor. Ko'pincha ota-onalar ham kelishadida o'g'limni bir yil ichida futbolchi qila olasizlarmi degan savol bilan murojaat qiladi. Agar bir yilda futbolchi qilib tarbiya qila olganimizda biz jahon chempion bo'lardik. SHuning uchun ular ham to'g'ri tushunishlari kerak deb bilaman.
- Sizda qanday murabbiylik licenziyasi bor?
- Men vaqtida “A” licenziyasi uchun maxusus kurslarda o'qib olgandim. U paytda Mirjalol Qosimov, Edgar Gess, Igor SHkvirin, Gennadiy Denisov, Vadim Abramov kabi murabbiylar ham tahsil olishgandi.
- Murabbiylik faoliyatingizga etibor qaratadigan bo'lsak, ilgari “Mashal”da bosh murabbiy sifatida ham ishlaganingizni ko'rishimiz mumkin?
- Ha, 1997-99 yillarda “Mashal birinchi liga ishtirokchisi bo'lgan. O'sha vaqtda jamoa sharafini asosan mahalliy yigitlar tashkil etardi. To'g'ri, o'zga viloyatdan kelganlar ham bo'lgan. Lekin u qadar ko'p emas. SHu paytda men ishga olgan bir qator xodimlar hozirgacha jamoada ishlab kelmoqda.
- Murabbiylikni avvalo bolalar futbolidan boshlagan Yumangulovni bugungi kunda ham o'z shogirdlari yo'qlab tursa kerak?
- Ha, qandaydir tadbirlarda yoki to'satdan uchrashib qolganimizda shogirdlardan minnatdorchiliklar bo'lib turadi. Muxlislarga yaxshi tanish bo'lgan Anvar Berdiev, Asror Aliqulov, Nurali Sultonov, Nasim SHoimov kabi shogirdlarim borligidan faxrlanaman. SHuningdek katta futbolga kechroq kirib kelgan Zafar Xolmurodov ham meni ustoz o'rnida ko'radi. Ayni paytda futbolchilik faoliyatini davom ettirib kelayotganlardan yana biri Otabek Narzullaev ham shogirdim bo'ladi.
- Siz bilan suhbat qilayotganda, ayollar futbolini ham nazardan chetda qoldirib bo'lmaydi. Bu borada boy tajribaga egasiz. Aytingchi ayollar futboliga kirib kelishingiz qanday sodir bo'lgan?
- Malum sabablarga ko'ra 1999 yili “Mashal”ni tark etganman. SHundan so'ng qisqa davr majburiy tatilda bo'ldim. 2001 yilga kelib esa O'zbekiston ayollar terma jamoasiga katta murabbiy sifatida ishga taklif etishdi.
- O'sha paytda ilojsizlikdan ayollar futboliga o'tganmisiz yoki bu o'zingiz uchun qiziq tuyulganmi?
- Murabbiyning ko'p vaqt ishsiz qolib ketishi bu juda yomon. Malum muddatlik tanaffusdan keyin taklfi olgach, unga darhol “labbay” deya javob berganman. O'sha paytda terma jamoada marhum Ravshan Usmonxo'jaev bosh murabbiy edi. Bir-birimiz bilan yaxshi tushungan xolda ishlardik.
- Keyin shu bilan bira to'la ayollar futboliga sho'ng'ib ketdingiz. “Sevinch”dagi faoliyatingiz uzoq davom etdi. To'g'rimi?
- Ha, 2003 yildan “Sevinch”da ish boshladim. U erda 2011 yilga qadar ishladim. Bu vaqt oralig'ida 9 marotaba O'zbekiston chempioni bo'ldik.
- O'sha paytlarda ayollar futboli mamlakatimiz uchun yangilik edi desa ham bo'ladi. Uning ommaviylashishini qanday yo'lga qo'ygansizlar? Har xolda qiyinchiliklar bo'lgandir?
- Albatta qiyinchiliklar bo'lgan. Biroq xomiylar ayollar futbolini targ'ib etish uchun qo'ldan kelganicha yordamlarini ayashmagan. Qizlarni futbolga bo'lgan qiziqishini ortishi uchun bir qator yangiliklarga qo'l urilgandi. Xattoki xorijga chiqib yig'in tashkil etib kelishimizda yordam berishgan.
- “Sevinch”ning qo'sh hokimlik paytlarini ko'pchilik moliyaviy jihatning baquvvat ekanligi bilan bog'laydi. Aslida ham shundaymi?
- Faqatgina iqtisodiyot sabab emas. U erda ish to'g'ri yo'lga qo'yilgan. “Sevinch”da moliyaviy holat hozirgacha bir maromda ushlab turilibdi. Jamoaning o'z yo'nalishi, infratuzilmasi bor. Albatta shuni saqlab qolish kerak.
- Ayollar futbolida “Mashal” klubi ham o'z jamoasini tashkil etganligini bilamiz. Aytingchi Muborakda ayollar futbolini izga solish uchun qancha vaqt ketadi?
- Muborakda ayollar futbolini tashkil qilish juda qiyin. Masalan tunda yosh qizlarni uzoq safarlarga hamma ota-ona ham yuboravermaydi. O'tgan yil davomida “Mashal-Ledi” jamoasida “Sevinch”dan ijara asosida olingan qizlar o'ynadi. Muborakda ayollar klubi tuzilganiga ko'p vaqt bo'lmadi. Balki kelajakda bu ham o'zini oqlar. CHunki bir yil davomida 10 nafar futbolchi qizlarni topdik, Muborak shahrining o'zidan. 1998 yili bu erda “Alanga-muborakneftgaz” ayollar jamoasi faoliyat ko'rsatgandi. Agarda shu klub saqlab qolinganida jadal suratda rivojlanish bo'lardi. Ayollar futboli ko'pincha mentalitetimizga ham bog'liqdir. Masalan Qarshidan kim o'z qizini Muborakka futbol uchun yuboradi. SHuning uchun ayollar jamoasini bitta qishloqdagi yoki shahardagi qizlardan iborat qilib tuzish osonroq kechadi. SHunda barchasi yaxshi bo'lardi.
- Ayollar futboli haqida gap ketganida ko'z o'ngimizda birinchilardan bo'lib “Sevinch” gavalanadi. Bu klub darajasiga etishish uchun qolganlar nima qilishi kerak?
- Boshqa klublar ham sevinchga etib olishsa rivojlanadi deb o'ylayman. Agar bizda qarorlar bajarilsa, klublarda professionallar ishlasa yaxshi bo'ladi. Etibor juda kata bo'lmoqda. 2012 yil dekabrda qaror chiqqan. SHuni bajarish kerak avvalo. Qolversa joylarda ularni tushuntirish kerak. Masalan “SHo'rtan”ning yigitlar jamoasi oliy ligadan tushib ketdi lekin ayollar jamoasi oliy ligada qolishi kerak.
- “Sevinch”dan tashqari yana qaysi ayollar jamoasini alohida ajratib ko'rsatgan bo'lardingiz?
- Masalan Bekobodda “Metallurg” hammasini noldan boshladi va jamoa bronza medalini qo'lga kiritdi. Bu jamoa vakillari qarorga professional tarzda etibor qaratishdi va sovrindor bo'ldi. O'tgan yili aynan shu erda ajoyib ishlashdi.
- Ayollar futbolidagi uzoq yillik faoliyatingiz va tajribangizdan kelib chiqib aytingchi, bundan keyin ham ayollar futboliga bo'lgan etibor va qiziqish ortadimi?
- Bunga ham qiziqish uyg'otishni bilish kerak. Agar o'yinlar qiziqarli bo'laversa tomoshabinlar ko'payadi. Tan olish kerak hozir hatto erkaklar futbolida ham tomoshabinlar kamayib ketgan.
-FIFA kutilmaganda JCH mezbonligini bizdan olib qo'ydi. Bu salbiy tasir o'tkazdimi yoki...?
- Agar FIFA ayollar jahon chempionatini bizdan olib qo'ymaganida albatta rivojlanish bo'lardi. Har qanaqa holatda ham. Menimcha biz bu JCHni o'tkazishga tayyor edik. Jamoamiz emas. Lekin 2012 yilgi qarordan so'ng ham rivojlanish bor deb bilaman.
- Ayollar futbolida ishlaganki murabbiy tabiiyki futzalga ham qandaydir aloqasi bo'ladi. To'g'rimi?
- Ha. Sizlarga shuni aytishim mumkinki, O'zbekistonda birinchi bo'lib futzal bo'yicha murabbiylik sertifikat olganman. 2001 yili Toshkentda o'tkazilgan FIFA seminarida qo'lga kiritgandim (suhbatdoshimiz shu payt bizga sertifikatlarni keltirib, ular bilan tanishtirdi - muallif).
- Demak futzalda ham etarlicha bilim va mahoratga ega ekansizda?
- Yurtimizda plyaj futboli va futzalni birinchilardan bo'lib biz boshlaganmiz. Keyinchalik esa bu ishni boshqalar davom ettirdi.
- Mamlakatimizda futzalni ommalashib borishi qanday kechgan?
- 2005 yil O'FFda ishlagan SHavkat Usmonovning yoniga borib, futzal chempionatini tashkil etish g'oyasini ilgari surganman. Rozilik berdi. O'sha yil chempionat boshladik va birinchi Osiyo o'yinlarida oltin medallarni qo'lga kiritdik.
- SHu kunga qadar bizda mini-futbol qay darajada takomillashdi?
- Futzal jamoalari ham huddi ayollar jamoasi singari oliy liga erkaklar klubi qoshida tashkil etilishi kerak. Ochig'ini aytganda, bizda futzal kuchaygani yo'q. Haligacha jahon chempionatiga chiqmadik. Oldin O'zbekiston kuchli oltilikda edi. Xitoy, KXDR, Janubiy Koreya, Avstraliya hamda Yaponiya oldinda edi. Hozir esa 11-12-o'ringga tushib qoldik. SHuningdek futzalda yoshlar kam. Yangi futzalchilar yo'q hisobi.
- Plyaj futboli haqida qanday fikrdasiz?
- Bu boradagi birinchi klub Qarshidagi “Geolog” jamoasi hisoblanadi. Hozirgi kunga qadar bitta stadion bor plyaj futboli borasida. Ammo u erda ham kerakli bo'lgan qum yo'q O'zbekistonda. Qarshidagi stadion yagona deyish mumkin. To'g'ri boshqa viloyatlarda bunday plyaj maydonlari quriladi deyilmoqda ammo fakt hozir yo'q! Alisher Sultonov boshchiligida qurilgan bu stadiondan joriy yil Muborakda ham qurishmoqchi. Bunga vada berishmoqda.
Islombek RUSTAMBEKOV, Narzulla SAYDULLAEV suhbatlashdi.

Fikrlar