So’nggi yangiliklar

00:48Виктор Гёкерешни яхшигина пулга сотган "Спортинг" 25 млн. еврога Луис Суаресни сотиб олди  1 00:27Равшан Эрматов: "Ўртоқлик ўйинлари ҳақида бир тўхтамга келганимиздан сўнг хабар берамиз"  5 00:10Уче Бриансео Нвадике: "Осиё кубоги саралаш босқичида нималарга қодир эканлигимизни кўрсатамиз"  0 23:44Мираброр Усмонов Кубоги-2025. Индивидуал совринлар кимларга насиб этди?  1 23:26Тимур Кападзе: "Аргентина ва Уругвай билан ўйин... Бу маълумот ҳақиқатга яқин"  18 23:00"Бавария" Риберининг учинчи ўринбосари учун 75 млн евро сарфлади. Бу сафар натижа қандай бўларкин?  3 22:53Тер Стеген ва "Барселона" ўртасидаги муносабатлар таранглашганми?  1 22:22"Нефтчи" уч нафар футболчи билан шартнома имзолади  2 22:10U-23. Ўзбекистон – Япония 0:2  4 21:55Мираброр Усмонов Кубоги-2025. Япония U-23 Ўзбекистонни мағлуб этди ва турнир ғолибига айланди  75 20:56ПСЖ Доннарумма борасида "Челси", "Галатасарой" ва бошқа клублар таклифларини кўриб чиқишга тайёр  4 19:57"Локомотив" Тожикистон жамоасидан енгилди  3 19:43"Эвертон" Кубога қизиқиб қолди  0 19:19Жака АПЛга қайтмоқда   1 18:39Гвардиола "Барселона"га қайтадими?  11

Abdurahmon Fozilov: “Xitoylik muxlislar qo'ldan kelganini qilsin, biz undan ham faol bo'lamiz” Yangiliklar

Abdurahmon Fozilov: “Xitoylik muxlislar qo'ldan kelganini qilsin, biz undan ham faol bo'lamiz”

14 yanvar kuni Brisben shahrida Osiyo Kubogi ikkinchi turi doirasidagi O'zbekiston va Xitoy o'rtasidagi o'yin bo'lib o'tadi.
Ushbu bahsga futbolchilarimiz bilan birga muxlislarimiz ham qizg'in tayyorgarlik ko'rishmoqda. Ayni paytda Avstraliyada bo'lib turgan O'zbekiston muxlislar klubi boshlig'i Abdurahmon Fozilov Xitoyga qarshi bahsdan oldin o'z fikrlarini bildirdi.

“Osiyo Kubogidagi dastlabki o'yinda g'alabaga erishdik. Bundan juda xursandmiz. Ikkinchi o'yin Brisben shahrida bo'lib o'tadi. Barcha muxlislarimiz bir jamoa bo'lib ushbu shaharga uchamiz. To'g'ri bu erda xitoylik muxlislar juda ko'p, lekin biz kam bo'lsak ham sifat borasida ulardan ustun bo'lishga urinamiz. Qisqa qilib aytganda xitoylik muxlislar qo'ldan kelganini qilsin, biz undan ham faol bo'lamiz. Xudo xohlasa o'yin davomida bizning ovozimiz ulardan balandroq chiqadi. SHuni takidlashni istardimki Xitoy bilan o'yinga faqat Brisbendagi emas balki butun Avstraliyadagi yurtdoshlarimiz tashrif buyurishlari kutilmoqda. Kuni kecha Mirjalol Qosimov yana bir nabiralik bo'ldi. Nasib qilsa Xitoyni mag'lub etsak ushbu g'alaba chaqaloqqa bag'ishlanadi”, - deydi Abdurahmon Fozilov.

Narzulla Saydullaev
Sidney
Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика