So’nggi yangiliklar

10:09ЎзФҲМ "Алё, рэф!"га қарши: ҳакамлар Суперлиганинг 14-туридаги учта ўйинда нечта хатога йўл қўйишди?  0 09:52«Бавария» футболчиси «Барселона»га ўтмоқда  2 09:23Марко Ройснинг янги жамоасининг номи маълум  1 08:50«Андижон» кечаги ғалабадан сўнг тарихий натижани қайд этди  4 08:21ЦСКА селекционер-мураббий Аббосбек Файзуллаевни Испаниянинг қайси жамоасида ўйнаб кетишини айтди  3 07:52Про лига. Бугун 15-тур баҳслари давом эттирилади  3 07:20Бугун Париж Олимпиадасида қайси спортчиларимиз иштирок этишади? (рўйхат)  4 04:28Футзал. ЖЧ-2004. Турнир остонасида қоқилган Ўзбекистон ҳамда бразилиялик футболчилар билан финалга қадар етиб борган Европа мамлакати ҳақида ҳикоя қиламиз  0 01:36Сергей Лушчан: "12 кунлик йиғин давомида футболчилар қулдек меҳнат қилишди. Бундай футболчилар билан ишлаш шунчаки ажойиб"  12 00:39Иван Бошкович: "120 дақиқа курашиш икки жамоа учун ҳам осон бўлмади. Ушбу таркибга ишонганим сабаб кўп трансферларга қўл урмадик"  5 00:32Сардор Рашидов жиддий жароҳат сабаб бир неча ойга сафдан чиқди  15 00:04Александр Хомяков: "Ҳар қандай жамоа кутилмаган сюрприз тайёрлаб қўйиши мумкин"  5 23:54"Ланс" назорат ўйинида "Версал"ни мағлуб қилди. Абдуқодир Ҳусанов бир тайм ўйнади  1 23:40Ўзбекистон Кубоги 1/4 финал. "Сўғдиёна" - "Навбаҳор" 2:3, Сайфиев сўнги дақиқада майдондан четлатилди  4 23:32Жамшид Саидов кубокдаги йирик мағлубиятдан сўнг: "Асосий мақсадимиз чемпионат ўйинларига қаратилган"  8

Abdurahmon Fozilov: "BAAda muxlislar jamoasi Qatardagidan kam bo'lmaydi" Yangiliklar

Abdurahmon Fozilov: "BAAda muxlislar jamoasi Qatardagidan kam bo'lmaydi"

Osiyo Kubogi-2019ga ham oz fursat qoldi. O'zbekiston muxlislari bu musobaqaga qanday tayyorgarlik ko'rayapti? Bu haqdagi savollarga Abdurahmon Fozilov javob berdi.

- SHu paytgacha uchta Osiyo Kubogida qatnashib qaytdingiz. SHubhasiz, ular orasida Qatar alohida ahamiyat kasb etadi. Muxlis sifatida navbatdagi musobaqadan nima kutayapsiz?
- Avvalgi musobaqalarda murabbiylarimizning barchasi mahalliy edi. Bunisiga esa argentinalik mutaxassis bilan boramiz. Haqiqatdan ham Qatardagi musobaqa zo'r o'tgan. Tashkilotchilikdan tashqari O'zbekiston milliy terma jamoasi ham muxlislarga yoqadigan o'yin ko'rsatgan edi. Umid qilamanki, BAAda ham shunday bo'ladi. Eng muhimi, bu safar har qachongidan ko'ra ko'proq muxlis bilan musobaqaga ketayotganimiz.

- Nechta muxlis to'plashga erishildi?
- Hozirgacha 180 nafardan oshdi. Lekin qolgan sayyohlik firmalari va o'zi bormoqchi bo'lganlarni qo'shganda menimcha, 400 nafardan oshamiz. Qolaversa BAAda istiqomat qilayotgan hamyurtlarimiz ham bizga qo'shilishlari aniq. Bu musobaqada O'zbekiston eng ko'p muxlislariga ega terma jamoalardan biri bo'lsa ajab emas.

- Yaqinda Avstraliyada tashkil qilingan ikkita o'rtoqlik uchrashuvida bo'lib qaytdingiz. Afsuski, terma jamoamizning o'yini ko'ngilni xira qildi.
- Ha, Avstraliyadagi yurtdoshlarimiz bilan o'yinlarni tomosha qildik. Afsuski, ikkita o'yin ham bizni xursand qilmadi. Lekin BAAda buning aksi bo'ladi deb o'ylayman. Yana shuni unutmaslik lozim, bular o'rtoqlik uchrashuvi edi.



- Osiyo Kubogiga qaysi viloyatdan borish ishtiyoqi katta bo'lyapti?
- Andijon! Osiyo Kubogida muxlislik qiladigan vodiyliklar 60 nafardan oshishgan. Xudo xohlasa, terma jamoamizning har bir g'alabasidan keyin andijoncha osh bor (kuladi). Qolgan shahar va viloyatlardan ham muxlislar juda ko'p va biz u erda bir jamoa bo'lamiz. Rejaga ko'ra, har bir o'yinda terma jamoani 2000 nafarga yaqin muxlis bilan qo'llab-quvvatlashimiz kerak.

- Muxlislar futboldan tashqari vaqtni qanday o'tkazadilar, ularga yaratilgan sharoitlar bo'yicha ham aytib o'tsangiz.
- Avvalo BAAda kishi zerikib qolmaydi. O'zbekiston milliy terma jamoasining o'yinlaridan tashqari muxlislar Yaponiya, Janubiy Koreya va Avstraliya kabi terma jamoalar bahsiga tashrif buyurib, kuchli beshlikda faoliyat olib borayotgan futbolchilarning o'yinlarini jonli ko'rishlari mumkin bo'ladi. Undan tashqari, plyaj, osmono'par binolarga sayr. Abu Dabidagi "Ferrari" bog'i, safari kabi sayyohlar ko'p boradigan joylar. Plyaj futboli bo'yicha muxlislar ishtirokida shou tashkil qilamiz. Bu borada Osiyo Kubogiga kelgan boshqa davlat muxlislari bilan bahslashamiz. Undan tashqari biz bilan safar qiladigan muxlislar uchun O'zbekiston ramzlari tushirilgan ko'plab sovg'alarimiz bor.


- Eng ko'p muxlis aynan siz tomoningizdan tashkil qilinayotgan guruhda yig'ildi...
- Sababi oddiy, hamkorlarimiz bilan 2007 yildan beri faoliyat olib borayotgan bo'lsak, 11 yil ichida bu yo'nalishda katta tajriba to'pladik. Natijada odamlarda ishonch paydo bo'ldi va eng muhimi mablag'ga emas, terma jamoamizni qo'llab-quvvatlashga etibor qaratganimiz. Biz bilan safarga chiqqan muxlis albatta keyingisiga ham kelyapti.

- SHu kungacha O'FF vakili sifatida muxlislar bilan safar qilayotgan edingiz, bir yil bo'ldi, tashkilotda ishlamayapsiz...
- O'FFda ishlagan paytimda ham, undan keyin ham o'zim yo'lga qo'ygan tadbirkorlik ishlarim bor. Sir saqlamayman, Surxondaryoda fermer xo'jaligim mavjud. SHu bilan birga sayyohlik firmam ham bor. Undan tashqari zanglamas temir mahsulotlari bilan ulgurji savdo va ishlab chiqarish bilan shug'ullanyapman. Muxlislar klubi rahbarligi men uchun lavozim emasdi. Bu ishni yaxshi ko'raman va muxlis sifatida faoliyat olib borishim uchun aniq bir joy kerak emas deb o'ylayman. "Fanatlik" bu kasb emas - kasallik. SHunga bizni davolab bo'lmaydi (kuladi). SHuning uchun tomirlarimda qon oqar ekan, Vatanimiz bayrog'ini jahon sport arenalarida hilpiratishda davom etaman. Yagona aytadigan gapim: Olg'a, O'zbekiston!

Xayrulla Xoliqov yozib oldi.


Batafsil: https://t.me/AsianCup2019Fans

Murojaat uchun: +998901759001

Reyting: +27   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика