Abduqaxxor Xojiakbarov: “Har bir murabbiyning o'ziga yarasha uslubi bor”
25 fev 2017 15:38
Yangiliklar
Abduqaxxor Xojiakbarov: “Har bir murabbiyning o'ziga yarasha uslubi bor”
“Konchilar” fevral oyining so'nggida “Paxtakor” klubi bilan tayyorgarlikdagi so'nggi nazorat uchrashuvini o'tkazadi va shu bilan chempionat bahslariga kirishadi. “Olmaliq” jamoasining tayyorgarligi va o'rtoqlik o'yinlari haqida klub futbolchisi Abduqaxxor Xojiakbarov fikr bildirdi.
“Mavsumga tayyorgarlikni asosan xorij mamlakatlarida o'tkazdik. U erda Ukraina, Gruziya mamlakatlari jamoalariga qarshi 5-6 ta nazorat uchrashuvini o'tkazdik. Ushbu jamoalarga qarshi nazorat o'yinlarida o'z kuchimizni sinab ko'rdik. Har bir murabbiyning o'ziga yarasha uslubi bor. SHunga yarasha, yangi murabbiyimiz qo'l ostida mavsumga jiddiy tayyorgarlik ko'rdik. Yaqin kunlarda “Metallurg” bilan so'nggi nazorat uchrashuvini o'tkazamiz”, - deydi Abduqaxxor Xojiakbarov.
Jahongir Sotvoldiev yozib oldi.
Fikrlar