So’nggi yangiliklar

02:55АПЛ. Кэррикнинг мағлубиятсиз серияси давом этади: "Манчестер Юнайтед" меҳмонда "Эвертон"ни мағлуб этди  7 00:17"Бу — шармандалик!" — Паулу Фонсека Трампга Тинчлик мукофоти берилгани ва ЖЧ-2026 АҚШда ўтишига қарши чиқди  3 00:00"Эвертон" — "Манчестер Юнайтед": Таркиблар маълум!  7 23:25"Милан" футболчиси жағ қисмидаги синиш сабаб узоқ муддатга сафдан чиқди  2 22:52Можаро авжида: Престианни Мбаппе ва Винисиусни судга бермоқчи!  12 22:19"72 йил давомида ҳакамлар бошлиғи "Реал" одамлари бўлган!" — Лапорта "Негрейра иши" бўйича баёнот берди  12 21:52"У 10 нафар футболчини алмаштирмоқчи эди" — Лапорта Хавининг истеъфоси ҳақидаги ҳақиқатларни очиқлади  9 21:20"Роналду ЖЧни ютмаса ҳам тарихдаги энг буюги бўлиб қолаверади" — Роберто Мартинес  8 20:47Моуринью яна "бойкот" эълон қилди: "Special One" Мадриддаги матбуот анжуманига кирмайди  8 20:32ФИФАдан янгилик: Энди жароҳат олган футболчилар майдон ташқарисида 1 дақиқа қолишга мажбур бўлади!  7 20:02Ўзбекистон U-17 терма жамоаси Ривожланиш Кубогида бронза медалига эга чиқди  5 19:49"Бунёдкор" "Шўртан" билан дуранг ўйнади  2 19:34Расман: Престианни дискриминацион хатти-ҳаракат сабаб "Реал"га қарши навбатдаги ўйинда иштирок этмайди  29 19:12"Ювентус" мартда Влахович билан учрашув ўтказади  1 18:43Мбаппе ПСЖга қарши судда ғалаба қозонди  7

Abduqodir Husanovning "Real"ga qarshi o'yini tahlili Yangiliklar

Abduqodir Husanovning "Real"ga qarshi o'yini tahlili

"Championat.Asia" sayti muxbiri Nikolay Egorichev "Real" - "Manchester Siti" uchrashuvini tahlil qilib ko'rdi.

Aniqrog'i, uchrashuvda Abduqodir Husanovning o'yinini.

Birinchidan, Husanov o'zining asl poziciyasida o'ynamaganini qayd etish kerak. 4-3-3 sxemasida u o'ng qanot himoyachisi rolini bajardi. Vaholanki, bungacha Manchesterda u faqatgina markaziy himoyachi (uchta markaziy himoyachilik sxemada eng markaziy himoyachi va o'ng / chap markaziy himoyachi) sifatida maydonga tashlanayotgandi.

Gvardiola tomonidan bunday qadamni nisbatan himoyaviy o'yinga qaratilgan etibor deb atash mumkin. Joriy mavsum "Man Siti" o'ng qanot himoyasida odatda Riko Lyuis yoki Mateush Nunesh harakat qilyapti. Ularning har ikkisining hamyurtimizga ko'ra, hujumga moyilligi yuqoriroq. Riko esa jamoa hujumga o'tganida bir yo'la tayanch zonasida paydo bo'ladi va sxema 4-3-3dan 3-2-2-3ga o'zgaradi. Qo'shimchasiga, balki Husanov Vinisiusga qarshi deyarli personal harakat qilish uchun ham qanotga tashlangandir.

Umuman olganda, Husanov braziliyalik Vinisiusni "zararsizlantirish" vazifasini sifatli bajara oldi. Junior o'yin davomida bor yo'g'i 3 marta zarba berdi (ulardan faqat bittasi darvoza sohasiga aniq bordi), ikkita uzatmani amalga oshirdi (birortasi ko'zlangan manzilga aniq etib bormadi), 7 bor dribling ishlatishga urinib ko'rdi (43% omadli). Ha, Vinisius bir necha bor jarima maydonchasiga yaqin hududda Husanovni aldamchi harakatlari bilan chalg'itishga erishdi, ammo gollar boshqa zonalar orqali yuzaga keldi. "Real" safida shu kuni hujumda nafaqat Vinisius, balki Mbappe va Rodrigo ham bor edi. Va boshqa tomondan qarasak, shu ikkovlon natijani hal qilishdi. "Shaharliklar" o'tkazib yuborgan 3 ta golning faqat 1 tasida (ikkinchi golda) Husanovning "ulushi" bor.

Keling, Abduqodirning "Real"ga qarshi o'yindagi statistik ko'rsatkichlariga nazar tashlaymiz ("WyScout" malumotlari):

  • 80 ta texnik-taktik harakatlar (67 tasi muvaffaqiyatli, 84%);
  • 1 zarba (1 ta aniq zarba, 100%);
  • Uzatmalar aniqligi 59 tadan 54 tasi (92%);
  • 2 uzatma (1 tasi aniq, 50%);
  • •  2 marta raqib aldashga urinish (1 tasi muvaffaqiyatli, 50%);
  • 17 marta to'p uchun kurash (11 tasida ustun keldi, 67%);
  • 1 ta havodagi kurash (Husanov unda ustun keldi, 100%);
  •  3 marta to'pni olib  qo'yish;
  •  11 to'pni jamoasiga qaytarib olib berish (uzatilgan to'pni ilib ketish);
  •  3 marta to'pni jaroma maydonchasidan uzoqlashtirish.

"SofaScore" Husanovning o'yinini 6,8 ballga loyiq ko'rdi. Bu borada Abduqodir jamoadoshlari Natan Ake, Yoshko Gvardiol, Omara Marmush va Savinoni ortda qoldirdi.

Bu Husanovning "Manchester Siti" tarkibidagi endigina 4 o'yini ekanligini (qo'shimchasiga ECHL pley-offi va birdaniga "Real"ga qarshi o'ynash), Shuningdek, u o'zinig qadrdon nuqtasida o'yamaganini inobatga olsak, Abduqodir muvaffaqiyatli bahs o'tkazdi, deya olamiz.

Reyting: +36   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика