Abdumajid Toirov “Bunyodkor-2”da
05 apr 2015 19:00
Yangiliklar


Abdumajid Toirov “Bunyodkor-2”da
Yaqin o'tmishning mohir himoyachilaridan biri Abdumajid Toirov endilikda faoliyatini Toshkentning “Bunyodkor-2” jamoasida davom ettiradi.
Faqat bu safar u murabbiy sifatida. Bu yil 41 yoshni qarshi olgan Toirov aftidan butsalarini mixga ilgan ko'rinadi. Lekin bu borada tayinli gap aytish qiyin. Negaki, Abdumajid Toirov ilgari ham katta futbolni tark etib, keyinchalik yana maydonda ko'rinish bergandi.
Lekin hozir shunisi aniqki, Toirov endilikda birinchi liga ishtirokchisi “Bunyodkor-2” murabbiylar shtabida ishlamoqda.
Lekin hozir shunisi aniqki, Toirov endilikda birinchi liga ishtirokchisi “Bunyodkor-2” murabbiylar shtabida ishlamoqda.

Fikrlar