So’nggi yangiliklar

21:05Инзагининг ўрнига "Интер"га ким бош мураббий бўлади?  0 20:41Инзаги "Интер"ни тарк этди, унинг янги клуби ҳам маълум  5 20:15"Челси" А Сериядаги дарвозабон бўйича ишни бошлади  1 19:39Пенальтидаги “иккинчи тегиниш” қоидасига ўзгартиш киритилди   9 19:10Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Францияда машғулотларни давом эттирмоқда  2 18:40Ўртоқлик учрашуви. Ўзбекистон аёллар терма жамоаси Ҳиндистонни мағлуб этди  0 18:20Хвича Кварацхелия орден олади  2 18:00БАА таркибида Франция, Сербия ва тунислик футболчилар Ўзбекистонга қарши дебют қилиши мумкин  38 17:35МЮ тез орада Мбемо трансфери бўйича музокараларни бошлайди  2 17:32Эшитдик-да! ОФК Ўзбекистон терма жамоаси меҳмонхонасига офицер юборди  47 17:04Аббос Файзуллаев: "БАА аэропортларида мухлислар ва журналистлар ушлаб қолинаётгани — ёқимсиз ҳолат"  13 16:43Аббосбек Файзуллаев БААга етиб келди!  9 16:10Беллингемнинг укаси "Боруссия"га ўтади. Унинг нархи ҳам маълум  1 15:45Англия премьер-лигасида янги давр бошланмоқда: Хайр, Nike. Салом, Puma  4 15:20Модрич "Милан"га текинга ўтмоқда  4

Abdumavlon Abdujalilov: "Omadning tagida katta mehnat yotibdi" Yangiliklar

Abdumavlon Abdujalilov: "Omadning tagida katta mehnat yotibdi"

Kechadan etiboran O'zbekiston Kubogining guruh bosqichi uchrashuvlariga start berildi.

Bir necha kun Superliga doirasida "Buxoro" bilan kuch sinashgan "Bunyodkor" kecha kubok uchrashuvida ham o'zaro to'qnash keldi. O'yindan so'ng "qaldirg'ochlar" darvozasini qo'riqlagan Abdumavlon Abdujalilovning fikrlarini tingladik. 

- Bu g'alabani omadga qiyoslash to'g'rimi?

- Bir tomondan omadga ham bog'liq. Lekin buning tagida katta mehnat yotibdi. Bir kishi kam bo'la turib 45 daqiqa himoyalandik. Sabr qilib, murabbiyimizning ko'rsatmalarini bajarganimiz uchun oxirgi daqiqada g'alaba qozondik desam ham bo'ladi. Birinchi bo'lim oxirida bir kishi kam bo'lib qoldik. Bu ham yaxshilikka ekan yakunda o'zimiz istagan natijaga erishdik deya olaman. 

- "Bunyodkor" orqada kamroq xato qilib oldinda vaziyatlardan maksimal foydalanyapti. Bu jamoaning falsafasiga aylandimi?

- O'tgan yilga nisbatan o'yin uslubimiz o'zgargan. To'pni ko'proq nazorat qilishga harakat qilyapmiz. Bunga mos futbolchilar jamoamizda ko'p. Zamonaviy futbolda himoyalanishni ham, hujum qilishni ham bilish kerak. Tarozining ikki pallasi kabi balans zarur. Oldinda bundanda qiyin o'yinlar bor. Xudo xohlasa o'zimizning kuchimizni ko'rsatishga intilamiz.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика