Abdumalik Hakimov: “Turdan-turga jamoam o'yini yaxshilanayotganligidan xursandman”
04 may 2015 11:05
Yangiliklar

Abdumalik Hakimov: “Turdan-turga jamoam o'yini yaxshilanayotganligidan xursandman”
"Cementchi" - "Oq-tepa" (2:1) uchrashuvidan so'ng mezbonlar ustozi Abdumalik Hakimovning fikrlari bilan qiziqdik.
- Bugungi o'yin chiroyli bo'ldi. Barchangizga malumki “Oq-tepa” jamoasi o'z oldiga yuqori maqsadlarni yani oliy ligaga chiqish vazifasini qo'ygan jamoalardan hisoblanadi. Mavsum boshidagi yomon startdan keyin jamoa o'z o'yinini topib olishga erishgandi. Jamoani yana qanday kuchga ega ekanligini “Neftchi” jamoasini mag'lubiyatga uchratganligidan ham bilib olishimiz mumkin edi.
Turdan-turga jamoam o'yini yaxshilanib borayotganligidan xursandman. Bugungi bellashuvda g'alaba qozonishimizga yordam berganlar qatoriga jamoamizni ashaddiy muxlislarini va jamoa rahbarlarini qo'shishni istardim. Ular bizga har bir o'yinda katta ko'mak bermoqdalar. Ularga o'z minnatdorchiligimni bildirib qolaman, - deydi Abdumalik Hakimov.
“Cementchi” matbuot xizmati.

Fikrlar