So’nggi yangiliklar

18:30Испания Кубоги 1/8 финалига қуръа ташланди  0 18:08U-23 Осиё Кубоги. Ўзбекистон U-23 - Ливан U-23. Таркиблар маълум  4 17:44"Хоразм" сербиялик дарвозабон билан шартнома имзолади  1 17:06"Пахтакор"нинг ироқлик легионерлари визасини янгилай олмаяпти  6 16:45Тони Пулис: "Агар имконият берилса, Флетчер МЮ учун энг яхши мураббий бўлиши мумкин"  2 16:17Абдуқодир Ҳусанов сайёранинг энг тезкор 10 нафар футболчиси қаторига кирадими?  2 15:05Тимур Кападзе: "Ўйлайманки, "Навбаҳор"да молиявий муаммолар бўлмайди"   16 14:45"Бунёдкор" хорватиялик легионер билан хайрлашди  1 14:20Забиҳилло Ўринбоев: "Ўтган йилги ички муаммоларни ҳозир айтиш нотўғри. Хатолардан хулоса чиқарамиз"  1 14:02МЮ вақтинчалик мураббий масаласида Сульшер ва Кэррик билан учрашув ўтказади  5 13:35Неймар ва "Сантос" шартномани 2026 йил якунига қадар узайтиришди  0 13:02Бугунги ўйинлар: Ўзбекистон U-23 — Ливан U-23, Ҳусанов “Сити” билан уйда ва бошқалар  3 12:56Месси ижтимоий тармоқлар ҳақида: "Гоҳида кимдандир "отписка" қилишни хоҳлайман, лекин бунинг оқибатларини биламан"  11 12:23U-23 Осиё Кубоги: юришимиз Ливандан бошланади. Рақиб ҳақида нималарни биламиз?   2 12:22"Ювентус"нинг мағлубиятсиз серияси 6 та ўйинга етди – 5 та ғалаба ва бир дуранг  2

Abdumalik Hakimov: "Qiyin bo'lgan marafonda g'olib bo'ldik" Yangiliklar

Abdumalik Hakimov: "Qiyin bo'lgan marafonda g'olib bo'ldik"

Kecha O'zbekiston chempionati birinchi liga 34-tur uchrashuvlari bo'lib o'tdi.

Ushbu turda Quvasoyning "Cementchi" jamoasi o'z uyida Termizning "Surxon" klubini qabul qildi va 2:0 hisobida g'alaba qozondi. Ushbu uchrashuvdan so'ng "Cementchi" jamoasi bosh murabbiyi Abdumalik Hakimov o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi. 

"Biz chempionat davomida juda ham qiyin bo'lgan marafonda g'olib bo'ldik, desam xato bo'lmaydi. Sababi bu yil oliy liga yo'llanmasini qo'lga kirataman degan jamoalar ko'p edi. "Cementchi", "Surxon", "Andijon", "Istiqlol" va "Norin" jamoalari elitaga chiqish uchun kurash olib borishdi. Avvalgi turda chempionlik va oliy liga yo'llanmasini naqd qilganimiz uchun bu safar futbolchilar yig'ib olish biroz qiyin bo'ldi. SHunday bo'lsada muxlislarimiz ko'z o'ngida g'alaba qozonishga erishdik. Birinchi liga chempioni bo'lish ham boshqa ekan. Ichimdagi xis-tuyg'ularni ifodalash juda ham qiyin. 

Futbolchilik faoliyatimda "Qo'qon-1912" jamoasi bilan birinchi ligadan oliy ligaga chiqqanman. Unda boshqacha edi. Futbolchi bo'lib oliy ligaga chiqish boshqa murabbiy sifatida chiqish boshqa. CHunki murabbiylik juda ham qiyin ish. Kelasi yili oliy ligada raqobatbardosh jamoa bo'lishga harakat qilamiz va 1, 2 yil ichida oliy o'rinlar uchun kurash olib boradigan jamoa bo'lamiz. Futbolchilarimiz mehnat qilishdan to'xtashmasin, bundan ham katta muvaffaqiyatlarga erishishsin. Bizni qo'llab-quvvatlab turgan muxlislarimizga ham katta rahmat aytaman", - deydi Abdumalik Hakimov 



Xojiakbar Jabborov suhbatlashdi

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика