So’nggi yangiliklar

02:33ЛаЛига. "Атлетико" жанговар дурангга рози бўлди  0 02:30АПЛ. "Тоттенхэм" Чемпионшип ғолибини мағлуб қила олмади  2 01:58А Серия. "Ювентус" мавсумни йирик ғалаба билан бошлади  3 01:54Илёс Зейтуллаев: "Бу мавсум чемпионлик учун "Насаф", ОКМК, "Сўғдиёна" ва "Пахтакор" курашади"  2 01:13Сергей Лушчан матбуот анжуманида Сардор Рашидов қачон сафга қайтишини айтди  3 23:45Луи Саа: "Роналду МЮга қайтиши мумкин"  4 23:10"Челси" 24 ёшли португалиялик трансферини ҳал қилди  3 22:41"Навбаҳор" - "Бунёдкор" учрашуви охирида қўйилган пенальтида ҳакам тўғри қарор қабул қилдими?  25 22:30"Челси" чақириб олган Галлахер яна Мадридга учяпти. Трансфер амалга ошадими?  0 22:08Россия. Ашурматов ва Раҳмоналиев жамоаси Эсанов клубини таслим қилди, аммо...  1 21:59Аргентина терма жамоасининг асосий юлдузи қайдномага киритилмади  2 21:36Суперлига. "Навбаҳор" сўнгги сонияларда мағлубиятдан қутулиб қолди, "Бунёдкор" 20 дақиқа бир киши кам ўйнади  207 20:44Гвардиола Гюндоган ва "Барселона"га ёрдам бермоқчи  3 20:25Мората ажрашяпти. Альваро хиёнат қилдими?  4 19:49Анри Франция ёшлар терма жамоаси билан шартномасини бекор қилди  0

Abdumalik Hakimov “Cementchi”ning birinchi davradagi ishtiroki, tarkibdagi o'zgarishlar va boshqalar hususida Yangiliklar

Abdumalik Hakimov “Cementchi”ning birinchi davradagi ishtiroki, tarkibdagi o'zgarishlar va boshqalar hususida

Birinchi liga jamoalari ham ayni damda ikkinchi davraga tayyorgarlik ko'rmoqda. Quvasoyning “Cementchi” jamoasi tanaffusga 4-o'rinda chiqib ketdi.
Xo'sh, jamoa bosh murabbiyi bundan qanchalik qoniqish xosil qildi? Ikkinchi davra oldidan tarkibda qanday o'zgarishlar bo'ladi. SHu va boshqa savollarga javob olish maqsadida kuni-kecha Abdumalik Hakimov bilan suhbatlashdik.

- Poyoniga etgan birinchi davra xususida fikrlaringizni bilmoqchi edik. Jamoangizning ishtirokidan ko'nglingiz qanchalik to'ldi?
- Birinchi ligada bu yil kurash juda qizg'in o'tayotganini aytish lozim. SHaxsan biz uchun hech bir o'yin oson kechmayapti. “Cementchi” haqida gapiradigan bo'lsam, birinchi davraning ayrim o'yinlarida kutilmaganda qimmatli ochkolarni boy berdik. Futbolda xatolar bo'ladi. Faqat undan keyinchalik to'g'ri xulosa chiqarilsa bas. SHu bois biz ham o'zimizga yarasha xulosaga ega bo'ldik deya olaman. Hech bir murabbiy jamoa o'yinidan to'liq qoniqish xosil qilmasa kerak. Biz bundan-da, yuqori o'rinlarni olishimiz ham mumkin edi. Lekin aytib o'tganimdek, bazida omadimiz chopmadi. Yanada ko'proq mexnat qilishimiz kerakligi bilinib turibdi. Endi astoydil ishlab, kamchiliklarni bartaraf etib boramiz. Bizga ko'proq ruhiy bosim tasir o'tkazdi. Qolaversa yigitlar yangi tizimga o'tishga qiynalmoqda. Besh kunda ikkita o'yin bo'lmoqda. Jismonan toliqishni sezyapman. Ayniqsa birinchi davrani so'nggilarida bu yaqqol ko'zga tashlanib qoldi.  

- Birinchi davradan ko'nglingiz qanchalik to'ldi?
- To'g'risi, bu borada 50x50 degan bo'lardim. CHunki o'n oltita o'yin o'tkazib, o'n bittasida g'alabaga erishdik. Uchtasida mag'lub bo'lib, ikkitasi durang bilan yakun topdi. Beshta o'yinda qozona olmaganimiz, 11ta g'alaba qozonganimizni “bosyapti”.  

- Mag'lubiyatlardan qaysi biri ko'proq alamli bo'ldi?
- Albatta ,1:5 hisobida “Nasaf-2”ga boy berilgan o'yinni aytgan bo'lardim. Natija o'yinga mos bo'lmadi.  

-Darhaqiqat, jamoangizni ko'pchilik Qarshida “Nasaf-2” yirik (1:5) hisobda mag'lub bo'lishini kutmagandi. Mag'lubiyatni qanday izohlagan bo'lardingiz?
- To'g'ri aytasiz, bunday qarshilikka duch kelishimizni kutmagandim. Raqibni xurmat qilamiz. Lekin yigitlarim bu darajada qo'pol xatolarga yo'l qo'yadi deb sira o'ylamagandim. O'yin borasida raqibdan qolishmadik. To'p nazorati biz tomonda bo'ldi. Ammo “Nasaf-2”ning murabbiyiga qoil, ular to'g'ri taktika ishlab chiqqan ekan. SHu kuni raqib jamoa maydonni bizga butunlay berdi va ikkinchi raqamli bo'lib o'ynab ham imkoniyatlardan unumli foydalanib qoldi va g'alabani qo'lga kiritdi. Ular haqli ravishda uch ochkoni qo'lga kiritdi. Hisob ochilmagunga qadar bizda ham uchta qulay imkoniyat bo'lgandi. Sovtoldiev, Jumaboev va Matkarimovda. Ular yaqqol vaziyatni ko'kka sovurishgach, sen urmasang, senga urishadi degan ibora o'zini oqladi.  “Nasaf-2” asosan qarshi hujumda o'ynadi. Ikkinchi taymda o'z darvozamizdan uchinchi golni Eldor Isaboevning qo'pol xatosi evaziga o'tkazib yubordik. SHundan so'ng yigitlar ruhan tushkunlikka tushib qoldi.

- SHuningdek o'z maydoninglarda “UzDongJu” ham g'alabani ilib ketdi. Bu o'yin to'g'risida nima deysiz?
- ”UzDongJu” yomon jamoa emas. Ular bilan og'ir o'yin bo'lishi oldindan malum edi. Lekin raqib jamoa ko'p ham xavfli hujum uyushtirgani yo'q. Ular harakter ko'rsata oladigan jamoa. Bu tomondan menga yoqadi. Vaziyatni kutdi va undan aniq foydalanib, hisobni o'zida ushlab qoldi. Ko'rinib turibdiki, murabbiyning to'g'ri ko'rsatmasi va yigitlarning o'yinga tayyorgarligi va o'z ishiga jiddiy yondoshuvi.

- Davralar oralig'ida kimlar bilan xayrlashishga qaror qildinglar?
- Birinchi davra tugamasidanoq ikki nafar asosiy futbolchilarimiz bilan xayrlashishga qaor qildik. Bular – himoyachi Dilshod Eminov va yarim himoyachi Alisher Fayzullaevdir. Men sizga oldin ham aytib o'tgandim, jamoada tartib-intizom birinchi o'rinda turadi deb. Bu futbolchilar aynan shu xolat bo'yicha muammo yuzaga keldi. SHu bois garchi asosiy tarkib azolari bo'lsada, do'stona xayrlashib qo'ya qoldik. Bu qaror qolgan futbolchilarga ham o'ziga xos saboq bo'lsa ajab emas. Bundan tashqari Eldor Isaboev, SHukur Jumaboev, Aziz Matkarimov, Abdurazzoq Jo'raev, Nurlibek Talasboev kabi futbolchilar ham turli sabablarga ko'ra jamoamiz safini tark etgan. Ularning ayrimlari oliy liga klublarida ko'rikdan o'tmoqda. Yuqorida nomlari keltirib o'tilgan futbolchilarga hamkorlik uchun minnatdorchilik bildiramiz.  

- Birinchi davrada to'purarlik mahoratini ko'rsatgan markaziy yarim himoyachi Rahmatullo Meliboevga oliy liga klublaridan qiziqish bo'layotganini eshitdik. Bunga nima deysiz?
- Haqiqatdan ham Meliboev bu yilgi mavsumni ajoyib o'tkazmoqda. Rahmatullo jamoamizning haqiqiy etakchisi. Uning tajribasi asqotmoqda. Yaqinda u bilan gaplashib oldik va mavsum so'nggiga qadar “Cementchi”da qolib, jamoaga yordam beradi. Axir uni yil so'nggiga qadar tuzgan shartnomasi bor.


Islombek Rustambekov.
Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика