Abdullah Abu Zema: "O'zbekiston JCHga chiqish uchun kerakli tayyorgarlikka ega"
10 noy 2016 19:09
Yangiliklar
Abdullah Abu Zema: "O'zbekiston JCHga chiqish uchun kerakli tayyorgarlikka ega"
Iordaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Abdullah Abu Zema O'zbekiston terma jamoasiga qarshi bo'lib o'tgan o'rtoqlik uchrashuvidan so'ng o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
"O'zbekistonni g'alaba bilan tabriklayman. Har ikkala terma jamoa o'yin taraflama bir-biridan farq qiladi. O'zbekiston terma jamoasi mundial yo'llanmasini qo'lga kiritish uchun raqobat qilmoqda. Ular Jahon chempionatiga chiqish uchun kerakli tayyorgarlikka ega.
Qo'l ostimdagi tarkibdan 11 nafari juda yosh futbolchilar hisoblanishadi. SHunga qaramay bugun raqibga etarli qarshilik ko'rsata oldik. Ayrim jihatlarda ulardan kuchliroq va xavfliroq ham o'ynadik.
Bu o'yin har ikkala jamoa foydasiga xizmat qiladi. Bu to'qnashuvdan kerakli tajriba to'pladik", - deydi murabbiy.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar