So’nggi yangiliklar

11:40"Нефтчи" Анталияда "Шахтёр", "Динамо" Батуми ва "Қорабоғ" билан тўқнаш келади  0 11:22Мбаппе — 2025 йилнинг энг яхши пенальтичиси  3 10:45Раҳимжон Давронов: “Ажойиб муҳит бўлади. Шу томонлама менга қизиқ ва ёқимли бўляпти”  0 10:18"Манчестер Сити" АПЛнинг энг қиммат ҳимоячиларидан бирини сотиб олмоқчи  6 09:51"Локомотив" яна бир собиқ футболчисини ортга қайтаришга яқин  2 09:23"Сурхон" U-21 чемпионати тўпурари билан шартнома имзолади  4 08:57Виталий Левченконинг навбатдаги жамоаси деярли аниқ  6 08:30Расман. Гвардиол узоқ муддатга сафдан чиқди  10 08:04Алижоновнинг трансфери нима учун барбод бўлди?  10 07:45Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  36 02:17Африка Миллатлар Кубоги. Осимхендан дубль, Лукмандан "гол+пас": Нигерия Мозамбикни тор-мор этди  4 01:13"Андижон" Абдуманнопов билан шартномани узайтирди  3 01:06"Челси" янги устози номи маълум. У шанба куни жамоани майдонга бошлаб тушади  5 00:14Африка Миллатлар Кубоги. Салоҳ гол урди, Миср эса қўшимча таймларда Бенин тўсиғидан ўтди  0 23:42"Барселона" "Ал Ҳилол"дан Канселуни сотиб олишга яқин  1

Abdujamol Isroilov: “Neftchi”ning muvaffaqiyatlariga o'z hissamni qo'shmoqchiman” Yangiliklar

Abdujamol Isroilov: “Neftchi”ning muvaffaqiyatlariga o'z hissamni qo'shmoqchiman”

Yaqinda O'zbekiston yoshlar U-22 terma jamoasi safidan “Neftchi” ixtiyoriga etib kelgan Abdujamol Isroilov ayni paytda jamoa mashg'ulotlarida ishtirok etmoqda.

Kuni kecha futbolchi “Qo'qon-1912″ga (3:1) qarshi o'rtoqlik bellashuvida maydonga tushdi va mazkur o'yinda gol urishga ham erishdi. Bahsdan so'ng Isroilov bilan suhbatlashdik.

– Abdujamol, birinchi o'rinda terma jamoamiz bilan birgalikda Osiyo chempionatiga yo'llanma olganingiz bilan tabriklayman. Turnir tafsilotlari bilan o'rtoqlashsangiz?  

– Tabrik uchun rahmat. BAAda qiziqarli turnir bo'ldi. SHu bilan birgalikda qiyin va murakkab bellashuvlarda ishtirok etdik. Saralashda qatnashgan xar bir jamoa turnirga yuqori tayyorgarlik bilan kelgani bilinib turardi. Erishgan natijamizda murabbiylarimizning hissasi katta bo'ldi.  Ularning to'g'ri taktika tanlay olishi muhim ahamiyat kasb etdi. SHuningdek bir jamoa bo'lib xamjihatlikda harakat qildik.


– Yana Sizni “Neftchi”da ko'rib turganimizdan xursandmiz. Toshkent yig'in qanday kechmoqda ?

– Mashg'ulotlarga qo'shilganimga hali ko'p bo'lgani yo'q. Barchasi professioanal darajada yo'lga qo'yilgan. Hamma qatori tarkibdagi yangi futbolchilar ham qattiq ter to'kib mehnat qilishmoqda. Tajribali ijrochilar ekanligini ko'rinib turibdi.

– Ikkinchi davradan nimalar kutyapsiz ?

– Ikkinchi davrada “Neftchi”ni yuqori o'rinlar uchun kurashishida yordam bermoqchiman. Farg'onada futbolga bo'lgan mehr baribir boshqacha!  Muxlislar xar doim o'z sevimli klubidan g'alaba kutadi. Biz ham ikkinchi davradan yaxshi natijalar qayd etib, “Neftchi” muxlislarini xursand etmoqchimiz.


Hojiakbar Jabborov suhbatlashdi

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика