Abdixoliqov gol urgan o'yinda "Energetik-BGU" muhim ochkolarni boy berdi, ammo...
27 iyu 2022 23:13
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/707029_original.jpg)
![](/upload/storage/707029_220.jpg)
Abdixoliqov gol urgan o'yinda "Energetik-BGU" muhim ochkolarni boy berdi, ammo...
Belarus chempionatining 12-turida "Energetik-BGU" o'z maydonida autsayderlardan biri Mogilyovning "Dinamo" jamoasini qabul qildi.
Bahsda 1:1 hisobi qayd etildi. Uchrashuvning 22-daqiqasida Abduqodir Husanovning pasidan keyin Bobir Abdixoliqov raqib postini ishg'ol qildi. Ammo 67-daqiqada Roman Volkovning goli bahsda so'nggisi bo'ldi. Yakuniy hisob 1:1. SHunga qaramay "Energetik-BGU" turnir jadvalidagi peshqadamlikni saqlab qoldi. Bobir Abdixoliqov esa 12 gol bilan to'purarlar reytingida yaqqol peshqadamlik qilmoqda.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar