So’nggi yangiliklar

17:53"Ноттингем Форест" — "Ливерпуль". Таркиблар маълум  0 17:31CA сафарда. Ўзбекистон аёллар терма жамоаси Осиё кубогига қандай тайёргарлик кўрди?  0 17:01"Сабаҳ" — "Капаз". Таркиблар маълум  0 16:22Анчелотти терма жамоаларнинг энг кўп маош олувчи мураббийига айланади  1 15:50"Челси" мавсум якунлангач, Росеньорни истеъфога чиқариши мумкин  2 15:17Нуньес АПЛга қайтиши мумкин  1 14:41Андрей Шумара — Тошев, Гесс, “Андижон” ва “Бухоро”даги хотиралар, Жаҳон чемпионати ҳақида  0 14:15"Манчестер Юнайтед" "Ньюкасл"нинг икки футболчисига қизиқмоқда  1 13:46"Реал" Чемпионлар Лигасида "Бенфика"дан мағлубиятга учраса, Арбелоани истеъфога чиқариши мумкин  10 13:07Кейн "Барселона"нинг қизиқиши ҳақида: "Мен буни мақтов сифатида қабул қиламан"  1 12:22Мбаппе "Реал"ни "Бавария" ярим ҳимоячисини сотиб олишга чақирмоқда  5 11:58Роналду: "Саудия Арабистонида бахтлиман, шу ерда қолишни истайман"  5 11:20"Бавария" Бруну Фернандешнинг трансфери бўйича қарор қабул қилди  1 10:51Жаҳон чемпиони "Ал Насср"га ўтишни истамоқда  4 10:26"Манчестер Юнайтед" "Реал" футболчиси учун 75 миллион евро тўлашга тайёр  1

Abbosbek Fayzullaev: "Oldimizda faqat bitta yo'l bor - g'alaba qozonish" Yangiliklar

Abbosbek Fayzullaev: "Oldimizda faqat bitta yo'l bor - g'alaba qozonish"

O'zbekiston U-20 terma jamoasi yarim himoyachisi Abbosbek Fayzullaev Gvatemalaga qarshi o'yin oldidan o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

— Bo'lajak uchrashuvga tayyorgarlik qanday ketmoqda?

— Bizni qo'llab-quvvatlayotgan barcha o'zbek xalqiga minnatdorchilik bildiraman. Biz buni his qilib turibmiz. Tayyorgarlik avjida. Guruh bosqichining so'nggi o'yini qoldi. Oldimizda faqat bitta masuliyatli yo'l bor — g'alaba qozonish. Lekin bu hech qanday bosim yuklamaydi. Maydonga chiqishimiz va g'alaba qozonishimiz kerak. Bundan boshqa yo'limiz yo'q.

— Yangi Zelandiyaga qarshi o'yinda muhim gollardan birini urdingiz. O'shanda qanday hissiyotlarni boshdan kechirdingiz? Maydonda bevosita otangiz ham uchrashuvni kuzatib borayotgandi.

— Jahon chempionatida gol urish har bir futbolchining orzusi deb o'ylayman. Bundan tashqari, stadiondan turib dadam qo'llab-quvvatlab turgandi. Bu yanada o'zgacha hissiyot taqdim etadi. Gol urgach, ularga qaradim. Xursandchiligini ko'rib, boshqacha bo'lib ketdim. Lekin bu golimni rahmatli tog'amga bag'ishladim. 

— Yangi Zelandiyaga qarshi o'yin davomida sizni turli nuqtlarda paydo bo'lganingizni ko'rdik. Poziciyani almashtirgan holda harakat qilish murabbiy ko'rsatmasi edimi yoki o'z tashabbusingizmi?

— Ikkalasini ham to'g'ri desa bo'ladi. CHunki raqib himoyachilari juda zich o'ynashdi. SHu bois, poziciya almashtirib, bo'sh zonalarni topishga harakat qildik. 

— Osiyo kubogida Xoldorxonov bilan ajoyib tandem hosil qilgandingiz. Mazkur turnirda esa hujumchimiz unchalik ko'zga tashlanmayotgandek taassurot qoldirmoqda. Bunga qanday munosabatdasiz?

— Xoldorxonov jamoamizdagi eng kuchli hujumchi deb o'ylayman va hamisha uni qo'llab-quvvatlayman. Xudo xohlasa, keyingi o'yinda gol urib, o'zining yorqin o'yinini ko'rsatishni boshlaydi.

— Gvatemalaning qaysi jihatini yuqori baholaysiz?

— Raqib tartibli himoyalanadi va jangovar o'yin namoyish etadi. Biz ularni o'rganib chiqdik. Ertangi o'yinda ularga qarshi chora ko'ramiz.


Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика